Toshkent moliya instituti «moliya» kafedrasi «moliya» fanidan



Download 19,03 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi19,03 Kb.
#242782
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moliyaviy siyosat

Moliya siyosati— davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.

Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta’minlab va davlat daromadlari manbaini ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalami berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir.

Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: • moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; • barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: • oxirgi maqsadga bog'liqlik; • xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi; • jamiyat a’zolarining manfaatlariga muvofiqligi; • haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) quyidagilardan iborat: • byudjet siyosati; • soliq siyosati; • pul siyosati; • kredit siyosati; • baho siyosati; • investitsion siyosat; • ijtimoiy-moliyaviy siyosat; • boj siyosati.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihatidan katta ish bo'lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak


Download 19,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish