28
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, mahalliy byudjetlar
daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar.
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma‘lumki,
mamlakatlarda
ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish
darajadasining turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab
chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda
emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o‗z fuqarolari farovonligining
barqaror o‗sishini ta‘minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil
sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini
byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Byudjet
kodeksining
―Byudjetlararo
munosabatlar‖ deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning
huquqiy asoslari o‗z aksini topgan.
Davlat byudjetining mablag‗lari turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida
byudjet
transfertlari shakllari
asosida qayta taqsimlanadi.
Byudjet transfertlarining
Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo‗llaniladi:
subvensiyalar -
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul
mablag‗lari;
o„tkazib beriladigan daromadlar -
tegishli ma‘muriy-hududiy birlikda
(masalan, biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori
turuvchi byudjetga o‗tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo‗lsa,
o‗sha ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib beriladigan daromadlar;
dotatsiyalar -
byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‗z
daromadlari
yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‗rtasidagi farqni qoplash uchun
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‗lari;
byudjet ssudalari -
qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi
turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlariga
ajratiladigan pul mablag‗lari;
Byudjetlararo munosabatlar
turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika
byudjeti bilan viloyat byudjeti) o‘rtasidagi, shuningdek, davlat byudjeti bilan
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi tegishli byudjetlarni
moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir.
29
o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar -
moliya yili mobaynida
byudjetlar parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida
yuzaga keladigan o‗zaro pul munosabatlari.
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet
subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida
belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‗liq:
hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‗z daromad
bazalarining mustahkamligiga;
hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va
boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‗lamiga;
hududlar bo‗yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;
hududlardagi aholi soniga;
ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‗
oluvchi
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‗lgan ehtiyojiga;
hududlar o‗rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun
hisobga olinadigan boshqa omillarga.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‗lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega.
Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‗ra, balanslashgan
daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning
haqiqatdagi taqchilligiga yo‗l qo‗yilmasligi lozim.
Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi
cheklovlar o‗rnatilgan, ya‘ni Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga
yo‗l qo‗yilmaydi:
mablag‗lar jalb qilishni amalga oshirish,
bundan yuqori turuvchi
byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno;
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan ortiq xarajatlarni amalga
oshirish;
tegishli byudjetlar mablag‗lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish;
yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish.
Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar - byudjet mexanizmining
muhim ajralmas elementi bo‗lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari
subyektlari o‗rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari,
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida
huquq va majburiyatlarni o‗zaro taqsimlab olish orqali
bajarish uchun davlat
byudjetida jamlangan pul mablag‗larining bir qismini ushbu subyektlar o‗rtasida
qayta taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi‖
1
.
1
А.Вахобов, Х.Жамолов. Согласование межбюджетных отношений. «Молия». Т.; 2002г.