Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


 Byudjet tizimi byudjetlari o„rtasidagi o„zaro munosabatlar shakllari



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

3.3. Byudjet tizimi byudjetlari o„rtasidagi o„zaro munosabatlar shakllari 
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, pirovardida 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, barqaror o‗sish sur‘atlarini 
ta‘minlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‗lib, bu o‗z 
navbatida mamlakat hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita 
bog‗liqdir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida hududlar taraqqiyoti orqali yuqori 
ko‗rsatkichlarga 
erishilganligini 
xorijiy 
tajribalarni 
o‗rganish jarayonida 
ko‗rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmi, 
mahalliy byudjetlarning barqarorlik ko‗rsatkichlari ko‗p jihatdan shu hududning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bevosita bog‗liq. Barcha darajadagi 
byudjetlarning mustaqilligi byudjet tizimining asosiy tamoyili sifatida belgilangan 
bo‗lib, ushbu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o‗z 
vakolatlari doirasida byudjet jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish 
huquqlarini anglatadi. Har bir darajadagi byudjet daromadlarining o‗z manbalari, 
shuningdek, hududlardagi vakolatli hokimiyat organlarining soliq qonunchiligida 
belgilangan mahalliy soliqlar va yig‗imlar stavkalarini o‗zgartirish huquqi qonun 
asosida mustahkamlab qo‗yilgan. Daromadlar manbalarining belgilanishi va ular 
qonun asosida mahalliy byudjetlarga biriktirib qo‗yilishi mahalliy hokimiyat 
organlarining mustaqilligi va byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash-
dan manfaatdorligini oshiradi. Bunda mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan 
mablag‗larning tartibga soluvchi manbalari belgilangan bo‗lib, ularning jumlasiga 
belgilangan me‘yorlar bo‗yicha umumdavlat soliqlaridan ajratiladigan mablag‗lar 
kiradi. Barcha darajalardagi byudjetlar xarajatlarining yo‗nalishlari aniq taqsimlab 
qo‗yilganligi, shuningdek qo‗shimcha daromadlarni taqsimlashda mustaqillikka 
ega ekanliklari mahalliy hokimiyat organlarining byudjet mablag‗larini mintaqaviy 
rivojlanish dasturlariga muvofiq samarali sarflab borish imkoniyatini beradi. 


28 
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, mahalliy byudjetlar 
daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: 
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar; 
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar; 
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar. 
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma‘lumki, 
mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish 
darajadasining turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab 
chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda 
emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o‗z fuqarolari farovonligining 
barqaror o‗sishini ta‘minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil 
sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini 
byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Byudjet 
kodeksining 
―Byudjetlararo 
munosabatlar‖ deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning 
huquqiy asoslari o‗z aksini topgan.
Davlat byudjetining mablag‗lari turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida 
byudjet 
transfertlari shakllari
asosida qayta taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining 
Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo‗llaniladi: 
subvensiyalar - 
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi 
byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul 
mablag‗lari; 
o„tkazib beriladigan daromadlar -
tegishli ma‘muriy-hududiy birlikda 
(masalan, biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori 
turuvchi byudjetga o‗tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo‗lsa, 
o‗sha ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib beriladigan daromadlar; 
dotatsiyalar - 
byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‗z daromadlari 
yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‗rtasidagi farqni qoplash uchun 
qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‗lari; 
byudjet ssudalari - 
qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi 
turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlariga 
ajratiladigan pul mablag‗lari; 
Byudjetlararo munosabatlar
turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika 
byudjeti bilan viloyat byudjeti) o‘rtasidagi, shuningdek, davlat byudjeti bilan 
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi tegishli byudjetlarni 
moliyaviy resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir. 


29 
o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar -
moliya yili mobaynida 
byudjetlar parametrlari o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida 
yuzaga keladigan o‗zaro pul munosabatlari. 
Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet 
subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog‗liq: 

hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o‗z daromad 
bazalarining mustahkamligiga; 

hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va 
boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko‗lamiga; 

hududlar bo‗yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga; 

hududlardagi aholi soniga; 

ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag‗ oluvchi 
tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo‗lgan ehtiyojiga; 

hududlar o‗rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun 
hisobga olinadigan boshqa omillarga. 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy 
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‗lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. 
Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko‗ra, balanslashgan 
daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‗lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning 
haqiqatdagi taqchilligiga yo‗l qo‗yilmasligi lozim. 
Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi 
cheklovlar o‗rnatilgan, ya‘ni Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga 
yo‗l qo‗yilmaydi: 

mablag‗lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi 
byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno; 

tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‗lardan ortiq xarajatlarni amalga 
oshirish; 

tegishli byudjetlar mablag‗lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish; 

yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish. 
Shunday qilib, ―Byudjetlararo munosabatlar - byudjet mexanizmining 
muhim ajralmas elementi bo‗lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari 
subyektlari o‗rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni 
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan tashqari, 
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida 
huquq va majburiyatlarni o‗zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat 
byudjetida jamlangan pul mablag‗larining bir qismini ushbu subyektlar o‗rtasida 
qayta taqsimlanishini o‗z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi‖
1

1
А.Вахобов, Х.Жамолов. Согласование межбюджетных отношений. «Молия». Т.; 2002г. 




30 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish