Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

11.4. Xorijiy mamlakatlarda byudjet taqchilligi, taqchillikni boshqarish va 
tartibga solish tajribalari 
Davlat moliyasini sog‗lomlashtirish, uning daromadlari va xarajatlarining 
mutanosibligini ta‘minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan byudjet-soliq 
tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Hozirgi davrda davlat byudjeti taqchilligi muammosi nafaqat iqtisodchi 
olimlarning, balki dunyodagi qashshoq yoki rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir 
qatorda, iqtisodiyoti taraqqiy topgan mamlakatlar hukumatlarining ham asosiy 
diqqat-e‘tiboridagi umumiqtisodiy holat hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu muammo 
hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini 
bartaraf etishda jiddiy tus olmoqda. Ushbu holatga e‘tiborini qaratgan O‗zbekiston 


127 
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni alohida ta‘kidladi: 
―Inqiroz yillarida ko‗plab davlatlar o‗z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank 
sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‗larni 
yo‗naltirishga majbur bo‗ldi. Bu, o‗z navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, 
rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi davlat byudjeti 
taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy 
nomutanosiblikning yuzaga chiqishiga sabab bo‗ldi‖
1
. Har 
bir alohida olingan mamlakatda davlat byudjetini 
boshqarishda byudjet taqchilligi va uni boshqarish masalasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti taqchilligi 
davlat 
oldiga 
qo‗yilgan 
vazifalarni 
muvaffaqiyatli 
bajarishga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatadi. Ta‘kidlash 
lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat 
byudjeti taqchilligi har doim ham salbiy holatni bildirmaydi. 
J.M.Keynsning eng asosiy g‗oyasi shundan iboratki, u davlat xarajatlarini 
oshirish 
va 
ushbu 
mablag‗lar 
yetmagan taqdirda ―qarz yordamida 
moliyalashtirishni‖ taklif etdi. Uning g‗oyasining davomchilari ushbu nazariyani 
―taqchillik asosida moliyalashtirish‖ deb nomladilar. J.Keynsning fikricha, 
davlatning joriy xarajatlarini qarz hisobiga moliyalashtirish ―iste‘molga 
moyillikni‖ oshiradi va buning natijasida ―investitsiyalarga moyillik‖ ham ortadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, J.M. Keynsgacha davlat byudjeti daromadlari va 
xarajatlarining mutanosib bo‗lishi hamda byudjet taqchilligining faqat salbiy holat 
sifatida qabul qilinishiga asoslangan yondashuv mavjud edi. J.Keyns ushbu 
dunyoqarashlarga chek qo‗ydi. Uning fikricha, ssuda kapitali bozorida Markaziy 
bank yordamida ―samarali talab‖ga erishish mumkin va shu asosda, davlat byudjeti 
taqchilligi milliy iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi vositalaridan biriga aylanadi. 
Yuqoridagi nazariyadan farqli ravishda, monetaristlarning fikricha, pul-kredit 
siyosati yalpi ichki mahsulot miqdorini o‗zgartirishning g‗oyatda qudratli 
vositasidir. Byudjetdagi taqchillikni o‗ziga maqbul darajada saqlab turish uchun 
davlat o‗z xarajatlarini kelib tushayotgan daromadlariga muvofiq holga keltirish 
maqsadida ularni davlat foydasiga jilovlab turadigan siyosatni muntazam ravishda 
olib boradi. Monetarizm tarafdorlari byudjet-soliq siyosatini amalga oshirish xech 
qanday ijobiy samara bermaydi, deb hisoblashadi. Monetaristlarning fikricha, 
iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy e‘tiborni muomaladagi pul miqdorini 
o‗zgarishiga qaratish lozim, binobarin davlat byudjetidan makroiqtisodiyotni 
barqarorlashtirish uchun foydalanmaslik kerak.
Yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, jahon amaliyotida davlat byudjeti 
taqchilligi mamlakat milliy iqtisodiyotiga jiddiy xavf tug‗diradimi yoki buning 
aksi – taqchillik iqtisodiyotni rivojlantirishda foydalimi, degan savol hozirda ham 
dunyoning yetakchi iqtisodchi olimlari o‗rtasida baxs-munozaralarga sabab 
bo‗ladi. Yevropa Ittifoqiga a‘zo rivojlangan mamlakatlar o‗zlarining rivojlanish 

1
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 


xizmat qiladi. T.: O‘zbekiston, 2011. B - 4. 


128 
bosqichlarida davlat tashqi qarzi va davlat byudjeti taqchilligini boshqarishda 
o‗ziga xos tajribaga egadirlar. Aynan, yevrohudud mamlakatlarida Maastrixt 
shartnomasida Yevropa Ittifoqiga a‘zo mamlakatlar uchun ―yevrohudud‖da 
ishtirok etishlari uchun 1993 yil 2 maydan boshlab qat‘iy mezonlar o‗rnatilgan
1


davlat byudjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,0 foizdan 
ortmasligi lozim, agarda belgilangan ushbu normativ buzilsa, uni buzgan davlatga 
nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‗llaniladi; 

davlat tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60,0 foizdan 
ortmasligi lozim (yoki ushbu ko‗rsatkichga barqaror yaqinlashib borish mumkin).
Mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi muammosini o‗rganish bilan 
birga, iqtisodi taraqqiy topgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning davlat byudjeti 
taqchilligining yuzaga kelish sabablarini tahlil etish va ularda byudjet taqchilligini 
qisqartirish bo‗yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarni o‗rganish, bizga, ushbu 
sohada kelajakda yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xatolarning oldini olish 
imkoniyatini yaratadi.
Xalqaro amaliyotda yetakchi iqtisodchi olimlar o‗rtasida byudjet 
taqchilligini moliyalashtirishning usullari to‗g‗risida turli qarashlar mavjud. I.A. 
Pogosovning fikricha, ―davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning asosan 
ikki usuli mavjud
2
:

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish