24
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining ―Asosiy tushunchalar‖ deb
nomlangan 6-moddasida: ―
Byudjet tizimi
barcha darajadagi byudjetlar, davlat
maqsadli jamg‗armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari jamg‗armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish
prinsiplari, ular o‗rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‗zaro
munosabatlar yig‗indisini o‗zida ifodalaydi‖
1
, - deb ta‘rif berilgan.
Tor ma‟noda byudjet tizimi
mamlakat ma‘muniy-hududiy tuzilishiga mos
ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi
byudjetlar yig‗indisidan iborat.
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek,
byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi,
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan
―O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‗g‗risidagi‖ Qonuni va
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan
―O‗zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari
va davlat byudjeti parametrlari to‗g‗risida‖gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari
asosida amalga oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi byudjet
tizimi tuzilishining
asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat
2
:
1.
Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi
–byudjet hujjatlari va byudjet
hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‗lishi
hamda byudjet tizimi
byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet
hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.
2.
Byudjet
tizimining
O„zbekiston Respublikasi ma‟muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiqligi prinsipi
– byudjet tizimi O‗zbekiston Respublikasining
ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‗lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga
muvofiq, O‗zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi
(Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‗z byudjetiga ega bo‗lib,
u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo‗g‗inini tashkil
qiladi.
3.
Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o„zaro bog„liqligi prinsipi
–
byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning
daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig‗indisining hajmiga muvofiq
bo‗lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika
byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo‗lishini, shu bilan
birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan
nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi
lozimligini nazarda tutadi, ya‘ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda
ularning mablag‗lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta‘minlash uchun turli
darajadagi byudjetlar o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
1
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2-bob, 6-modda.
2
O‘zbekiston Respublikasi
Byudjet Kodeksi, I-bo‘lim, 2-bob, 7-17-moddalar.