Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/333
Sana21.06.2022
Hajmi13,85 Mb.
#689022
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   333
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
16.2. 
Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. 
Sog„liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat 
byudjetining ahamiyati
Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari.
Jahon 
tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir 
qancha manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, majburiy ijtimoiy 
(tibbiy) 
sug‗urta, 
xususiy 
tibbiy 
sug‗urta, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
to‗lovlar 
(iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari). 
1. Davlat byudjeti. 
Tarixan sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (to‗liq 
yoki qisman) davlat tomonidan amalga oshirilgan. Davlat tomonidan 
moliyalashtirish quyidagi 
tamoyillarga 
qurilgan: 

sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbai davlat 
mablag‗lari ekanligi; 

sog‗liqni saqlashga yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslarning turli darajadagi 
byudjetlarda to‗planishi; 

tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning ustunligi 
(tibbiyot muassasasi tomonidan ko‗rsatilayotgan alohida tibbiy xizmatlarning 
haqini to‗lash emas, balki uning xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi); 

tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi va davlat 
tomonidan o‗rnatilgan moliyaviy tartiblarga bo‗ysungan holda ijtimoiy 
buyurtmaning ijrochisi ekanligi; 

resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi; 

tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va boshqarilishi; 

tibbiyot xodimlariga haq to‗lashda tarif usulining qo‗llanilishi; 

xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to‗lash tartibining davlat 
tomonidan tartibga solinishi; 

tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma‘muriy usuli o‗rnatilganligi.
Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat sog‗liqni saqlash 
tizimi bir qator 
afzalliklarga
ega: 

davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni kafolatlash yo‗li 
bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyasi ta‘minlanadi; 

tibbiy xizmat ko‗rsatish shart-sharoitlari ustidan qat‘iy davlat nazorati 
o‗rnatiladi; 

o‗ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga (ayniqsa, 
favqulodda vaziyatlarda) ta‘sir ko‗rsatishning yuqori samaradorligi ta‘minlanadi. 


226 
Ammo bir qator afzalliklarga ega bo‗lgani holda, davlat sog‗liqni saqlash 
tizimi bozor sharoitlarida ayniqsa keskinlashgan quyidagi 
kamchiliklarga
ham ega: 

byudjetlarning nobarqaror holatlarida hamda ajratilayotgan moddiy va 
moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanishi sharoitida sog‗liqni saqlash 
tizimiga yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslar taqchilligining yuzaga kelganligi; 

tibbiyot xodimlari faoliyatida moddiy rag‗batlantirishning cheklanganligi, 
ular mehnat haqi umumiy darajasining pastligi; 

tibbiyot xodimlariga haq to‗lash va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish 
hajmlarining so‗nggi ish natijalarining hajmi va sifatiga sust darajada 
bog‗langanligi; 

mijoz tomonidan tibbiyot xodimi(vrach)ni va tibbiyot muassasasini tanlash 
imkoniyatining kamligi; 

ayrim (taqchil) tibbiy yordamni olish uchun ―sekin harakatlanadigan‖ 
navbatlarning mavjudligi; 

alohida ijtimoiy, hududiy va kasbiy fuqaro guruhlari uchun tibbiy xizmat 
darajasi va sifatidagi tengsizlikning yuzaga kelganligi (maxsus tibbiyot 
muassasalarining, yirik korxona va alohida tashkilotlar bo‗ysunuvidagi 
muassasalarning mavjudligi); 

kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika qilishning yangi usullarini 
joriy qilishning sustligi, ijodiy erkinlik uchun, tibbiy xizmatlarni tashkil qilishning 
umumiy modellarini mahalliy sharoitlar va ehtiyojlarga moslashtirish uchun 
sharoitlarning yetarli emasligi; 

moliyaviy resurslar katta qismining yaxshi jihozlanmagan, yuqori malakali 
kadrlarga ega bo‗lmagan, yetarlicha sifatli xizmat ko‗rsatmayotgan, ya‘ni 
samarasiz ishlayotgan muassasalarni saqlashga yo‗naltirilayotganligi; 

birlamchi tibbiy yordam va kasalliklarning oldini olish milliy tizimi 
rivojlanish darajasining pastligi, tibbiy xizmatlarni ko‗rsatishning ancha qimmat 
turuvchi statsionar turlarining ustuvorligi, qishloq va shahar o‗rtasida sog‗liqni 
saqlash borasidagi jiddiy tafovutlarning mavjudligi; 

tibbiyot xizmatlarini ko‗rsatishdagi monopolizmning hukmronligi, 
iste‘molchilarning sifatsiz tibbiy xizmatlardan himoyalanmaganligi; 

tibbiyot sohasiga kapital qo‗yilmalar qilish uchun moliyaviy resurslarning 
yetishmasligi, inqirozlar va moliyalashtirishdagi taqchilliklar davrida tibbiy xizmat 
ko‗rsatish sharoitlarining yomonlashuvi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish