Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/65
Sana03.04.2021
Hajmi1,26 Mb.
#62655
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari (1)

                                           

43

 Karimov .I.A Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo’lidan izchil borish asosiy vazifamiz. T.: 



“O’zbekiston “, 2004. 7-bet.   


66 

 

tartibga  solish  samaradorligini  oshirishga  hamda  bank  tizimining  risklarini 



kamaytirishga olib keldi.  

-  Amaldagi  mavjud  almashuv  kurslari  birxillashtirilishi  natijasida,  milliy 

valyutaning  barqarorligi  ta’minlanmoqda.  Inflyatsiya  va  foiz  stavkalari 

sezilarli  darajada  pasaytirildi.  Bu  esa,  aholi  va  xo’jalik  yuriyuvchi 

sub’yektlarning  bank  tizimi  va  milliy  valyutaga  bo’lgan  ishonchining 

oshishiga,  aholining  banklardagi  omonatlari  miqdorining  sezilarli  darajada 

o’sishiga olib keladi. 

-  Xalqaro  bankchilik  tajribasidan  kelib  chiqqan  holda,  majburiy  zahiralarga 

deponetlanadigan mablag’larni hisoblash uslubiyotining takomillashtirilishi, 

bank  tizimining  likvidligi  va  pul  massasini  tartibga  solish  samaradorligini 

yanada osirish imkonini berdi.      

Uning miqdori tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lariga nisbatan foizda 

belgilanadi.  Ushbu  vosita  orqali  banklarning  minimal  likviqliligi  ta’minlanadi. 

Bank  tizimining  amaldagi  likvidlilik  darajasini  inobatga  olgan  holda,  ayni  paytda 

majburiy zahira talablari me’yori yuridik shaxslarning milliy va xorijiy valyutada 

1yilgacha  jalb  qilingan  mablag’lari  bo’yicha  15  foizni  tashkil  etmoqda. 

Shuningdek, 3 yilgacha jalb qilingan depozitlarga 12 foiz, 3 yildan yuqori bo’lgan 

muddatga jalb qilingan depozitlar uchun 10,5 foizni tashkil etmoqda. 

  Jismoniy  shaxslarning  depozitlari  va  yuridik  shaxslarning  xorijiy 

valyutadagi depozitlari, shuningdek qimmatli qog’ozlarga jalb qilingan mablag’lar  

majburiy  zahira  jamg’armasiga  deponentlashdan  ozod  qilingan  va  Markaziy 

bankda  mablag’larni  majburiy  zahiralarga  deponentlashning  o’rtacha  oylik 

uslubiga ko’ra hisoblash mehanizmi joriy qilingan. 

Mamlakatimiz  prezidentining  2005  yil  5  avgustdagi  ”Banklardagi  depozit 

hisobvaraqlardan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to’g’risida” 

PQ-147-sonli  qarori  asosida  banklardagi  depozit  hisobvaraqlaridan  naqd  pullarni 

olish  yuzasidan  barcha  cheklovlar  olib  tashlanib,  naqd  pul  mablag’larini 

mijozlarning  birinchi  talabi  bo’yicha  uzluksiz  berilishi  yo’lga  qo’yildi.  Bu  esa, 




67 

 

aholi  va  xo’jalik  sub’yektlarini    bank  tizimiga  bo’lgan  ishonchini  yanada 



oshirishini ta’minladi.   

  O’zbekistonda  monetar  siyosatni  asosiy  yo’nalishlarini  Markaziy  bankning 

Monetar  siyosat  departamenti  tomonidan  departament  va  mustaqil  boshqarmalar 

hamkorligida ishlab chiqiladi. 

  Xususan,  har  moliya  yili  boshlanishidan  oldin  Markaziy  bank  tomonidan 

mamlakat  iqtisodiyoti  rivojlanishining  9  oyi  yakunlari  tahlil  qilinib,  IV  choragi 

bashorat ko’rsatkichlari ishlab chiqiladi. 

  Hukumat  tomonidan  iqtisodiy  o’sish  sur’atlari  va  inflyatsiya  darajasi  kabi 

belgilangan maqsadli ko’rsatkichlar asosida Markaziy bank kelgusi yil uchun pul-

kredit  ko’rsatkichlari  bo’yicha  maqsadli  ko’rsatkichlarni  belgilaydi  va  moneatar 

siyosatning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi. 

  Moliya yili boshlanishidan 1 oy oldin Markaziy bank monetar siyosat asosiy 

yo’nalishlarini Oliy Majlisga taqdim etadi.         

Tegishli  taklif  va  tavsiyalardan  so’ng  monetar  siyosat  asosiy  yo’nalishlari 

Markaziy  bank  boshqaruvi  tomonidan  tasdiqlanadi  va  ijrosi  yil  davomida  amalga 

oshirib  boriladi.  Buning  uchun  Markaziy  bank  ixtiyoridagi  monetar  vositalardan 

foydalangan  holda,  bank  tizimi  va  pul  bozori  likvidligi  va  butun  iqtisodiyotni 

tartibga soladi.  

Pul  -  kredit  ta’limotlarining  asosiy  masalaridan  biri  monetar  siyosatning 

maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi. 

Jahon  iqtisodiy  amaliyotidan  ma’lumki,  monetar  siyosatning  asosiy 

yo’nalishlari muhokama qilinayotganda Markaziy bankning ma’sul mutaxassislari 

asosiy  e’tiborni  mamlakatda  iqtisodiy  o’sish,  narxlar,  foiz  stavkalari,  moliya  va 

valyuta  bozorlarining  barqarorligini  ta’minlash  hamda  mustahkamlash  kabi  bir 

qator masalalarga qaratadilar. 

Yuqorida  qayd  etilgan  maqsadlarga  erishishda  mamlakatda  amalga 

oshirilayotgan  makroiqtisodiy,  monetar  va  fiskal  siyosatning  muvofiqligini 

ta’minlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Aks  holda  qo’yilgan  maqsadlarga 

muvaffaqiyatli  darajada erishib bo’lmaydi. 



68 

 

Markaziy  bank  monetar  siyosatni  amalga  oshirish  va  uning  maqsadlariga 



erishishda  yetarli  darajada  samara  berishi  mumkin  bo’lgan  bir  yoki  bir  necha 

maqsadli  ko’rsatkichlarni  tanlab  olishi  muhim  ahamiyatga  egadir.  Odatda 

Markaziy  bank  monetar  siyosatining  oraliq  maqsadi  sifatida  pul  agregatlari, 

jumladan, pul massasi yoki pul bazasidan foydalanadi. 

Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirayotganda yakkayu  – yagona 

monetar  ko’rsatkichga  asoslanmasligi  kerak.  Chunki  har  bir  ko’rsatkich  ma’lum 

kamchiliklarga  ega  bo’lishi  bilan  birga,  ular  iqtisodiyotdagi  ma’lumotlarni  to’liq 

o’zida aks ettira olmaydi. Masalan, Markaziy bank monetar ko’rsatkichlardan biri- 

pul  massasi  orqali  iqtisodiyotda  pulga  bo’lgan  real  talab  va  taklifni  aniqlash, 

monetizatsiya darajasi, pulning aylanish tezligi yoki pul massasining inflyatsiyaga, 

almashuv  kursiga,  foiz  stavkalariga  va  umuman  iqtisodiyotga  qay  darajada  ta’sir 

etishi kabi ayrim masalalarni aniqlashi mumkin, xolos. 

Shuningdek,  iqtisodiy  konyunkturaning  o’zgarishi,  makroiqtisodiy  va 

moliyaviy  ma’lumotlar  hamda  bank  tizimining  monetar  siyosat  pirovard 

maqsadlariga ta’sir etish ko’lami kabi ma’lumotlarga ega bo’lish markaziy banklar 

uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

O’z  navbatida,  monetar  siyosatning  asosiy  yo’nalishlarida  makroiqtisodiy 

siyosatning  maqsadlari,  iqtisodiy  konyunkturaning  tahlili,  jumladan,  real  sektor, 

davlat  byudjeti,  investitsiya,  tashqi  savdo  aylanmasi,  to’lov  balansi,  asosiy 

makroiqtisodiy va monetar ko’rsatkichlar holati, bank tizimining rivojlanishi kabi 

bir qator ma’lumotlar mujassamlashgan bo’ladi. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish 

asosida  markaziy  bank  inflyatsiyaning  yoki  pul  massasining  maqsadli 

ko’rsatkichlarini  belgilab  oladi  va  unga  erishish  uchun  o’z  ixtiyoridagi  barcha 

vosita hamda usullardan samarali foydalanadi. 

2012  yilda  respublikamiz  bank  tizimidagi  islohotlar  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26  noyabrdagi  PQ-1438-sonli  Qarori  bilan 

tasdiqlangan  ”2011-2015  yillarda  perpublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh 

qilish  va  barqarorligini  oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga 

erishishning  ustuvor  yo’nalishlari  bo’yicha  kompleks  chora-tadbirlar  ”  Dasturi 



69 

 

hamda  respublika  moliya-bank  tizimini  rivojlantirishga  oid  boshqa  hujjatlarda 



belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi. Jumladan: 

- bank nazorat tizimini yanada takomillashtirish va Bazel talablari bo’yicha 

yangi tavsiyalarni tadbiq etish bilan bog’liq tadbirlarni davom ettirish; 

-  Mamlakat  bank  tizimi  va  tijorat  banklari  faoliyatini  yetakchi  xalqaro 

reyting  tashkilotlari  tomonidan  qo’llaniladigan  me’yor,  andoza  va  ko’rsatkichlar 

asosida baholash amaliyotini kengaytirish; 

- tijorat banklari resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi 

va  xo’jalik  yurituvchi  sub’yektlarning    bo’sh  pul  mablag’larini  depozitlarga  jalb 

qilish orqali yanada oshirish

-  tijorat  banklari  aktivlarini,  shu  jumladan,  ularning  investitsion  faolligini 

hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha loyihalarni 

kreditlash hajmlarini oshirish; 

- tijorat banklari balansiga olingan 168 ta iqtisodiy nochor korxonalar bank 

balansiga  qabul  qilinib,  ushbu  korxonalarda  ishlab  chiqarishni  tiklash  va 

modernizatsiya  qilish  maqsadida  banklar  tomonidan  388  mlrd.  So’mlik 

investitsiyalar  kiritildi  hamda  faoliyati  tiklangan  korxonalarning  120  tasi  yangi 

mulkdorlarga  919,3  mlrd  .so’mga  sotildi  va  bu  boradagi  strategik  investorlarga 

sotish ishlarini yanada faollashtirish

-  kichik  biznesni  moliyaviy  jihatdan  qo’llab  quvvatlash,  investitsiya 

maqsadlari,  boshlang’ich  kapitalni  shakllantirish  uchun  uzoq  muddatli  kredit 

ajratish hajmini kengaytirish; 

- xalqaro andozalar tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari 

rivojlanishining  hozirgi  real  holatidan  kelib  chiqqan  holda  moliya  –  bank 

sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Monetar  siyosat  makroiqtisodiy  siyosatning  tarkibiy  va  ajralmas  qismi 

sifatida iqtisodiyotni samarali tartibga solishning eng muhim vositasi hisoblanadi.                                       

 

  2013  yilda  monetar  siyosat  va  bank  tizimining  faoliyati  O’zbekiston 



Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  2012  yilda  mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish  yakunlari  hamda  2013  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng 




70 

 

muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan  Vazirlar  Mahkamasining  majlisida 



belgilab berilgan vazifalarni bajarishga qaratildi.Xususan: 

 

-iqtisodiy  o’sishning  barqaror  yuqori  sur’atlarini,  makroiqtisodiy 



barqarorlikni  saqlab  qolish  va  mamlakat  iqtisodiyotining  raqobatbardoshligini 

oshirish; 

 

-iqtisodiyotni  va  yetakchi  tarmoqlarini  modernizatziya  qilish,  texnik  va 



texnologik jihatidan  yangilashni jadallashtirish va ko’lamlarni kengaytirish, ishlab 

chiqarishni diversifikatsiyalash; 

 

-yo’l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish; 



 

-mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora- tadbirlarini amalga 

oshirishning  muhim  sharti  va  manbai  sifatida  faol  investitsiya  siyosatini  amalga 

oshirish  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish,  zarur  ishbilarmonlik  muhitini 

yaratish; 

 

-ish  o’rinlarini  tashkil  etish  va  mamlakat  aholisi  bandligini  ta’minlash 



hamda  aholining  hayot darajasi  va  sifati  izchil oshirilishini ta’minlash      borasida 

bank tizimida dasturiy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2013 yilgi pul- 

kredit  siyosatining  va  bank  tizimi  faoliyatining  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlari 

etib belgilab olindi.  

 

2013  yilga  tasdiqlangan  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetiga 



muvofiq,  uning  defitsitini  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  1  foizdan  oshirmaslik 

hamda uni to’liq noinflyatsion manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilangan. 

 

Ichki bozorda iste’mol tovarlari narxlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi 



omillarni,  jahon  bozoridagi  narxlar  dinamikasini,  shuningdek  ichki  talabni 

rag’batlantirish  bo’yicha  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlarni  inobatga  olgan 

holda, 2013 yil uchun inflyatsiya darajasi 7-9 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda. 

Pul-kredit  ko’rsatkichlarining  prognozi  hukumat  tomonidan  belgilab  berilgan 

yuqoridagi  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  prognoz  parametrlariga  muvofiq 

belgilandi. 

 

Ushbu asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi doirasida 2013 yilda 



yalpi  ichki  mahsulotning  8,0  foizga  o’sishining  pulga  bo’lgan  real  talablarini  va 


71 

 

aholi daromadlari o’sib borayotganligidan kelib chiqib, pulning jamg’arish omilini 



inobatga  olgan  holda,  o’rtacha  yillik  pul  massasi  yalpi  ichki  mahsulotga 

nisbatining 1,0 foiz bandga oshishi prognoz qilinmoqda

44



 



O’z navbatida, inflyatsiya darajasi va pul massasini maqsadli parametrlar 

doirasida  ushlab  turish  maqsadida  2013  yilda  Markaziy  bank  qat’iy  pul-kredit 

siyosatini  amalga  oshirishni  davom  ettiradi  va  ushbu  maqsadda  monetar 

siyosatning bozor instrumentlaridan faol foydalanadi.  




Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish