Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  pul-kredit  siyosatini



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/65
Sana03.04.2021
Hajmi1,26 Mb.
#62655
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari (1)

 

3.2.  O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  pul-kredit  siyosatini 

samarali tashkil etish va ularni takomillashtirish masalalari 

 

Bugungi  kunda  ham  respublika  bank-moliya  tizimini  isloh  qilishni  yanada 



chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun bank 

tizimini  baholashga  nisbatan  yondashuv  va  uslublarni  tubdan  o'zgartirish,  uning 

umum  qabul  qilingan  xalqaro  printsiplar,  standartlar  va  me'yorlarga  hamohang 

tarzda  rivojlantirishni  ta'minlash  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolmoqda. 

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26noyabrdagi  «2011-2015 

yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini 

oshirish  hamda  yuqori  xalqaro  reyting  ko'rsatkichlariga  erishishning  ustuvor 

yo'nalishlari  to'g'risida»gi  PQ-1438-sonli  Qarori  ushbu  vazifalarning  ijrosini 

ta'minlash borasida qabul qilingan dasturiy me'yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. 

Bugungi  kunda  moliya  bozorining  eng  asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  tijorat 

banklari  faoliyatini  yanada  rivojlantirish  va  uning  mustahkamligini  oshirish, 

markaziy  bankning  mazkur  institutlarga,  xususan  milliy  moliya  bozoriga  ta'sirini 

oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib 

qolmoqda. Xususan, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.  

  Bazel  qo'mitasi  tomonidan  belgilangan  xalqaro  andozalar  talablariga 



asosan  tijorat  banklariniig  yanada  kapitallashuvi,  ushbu  sohaga  xususiy  kapitalni 

jalb  qilish,  resurs  bazalarini  oshirish,  aktivlar  sifatini  yaxshilash,  bank  ishini 

takomillashtirish  hisobiga  banklarning  moliyaviy  barqarorligini  va  likvidligini 

oshirish; 




60 

 



  omonatchilar  uchun  kafolatlarni  kuchaytirish  hamda  aholi  va  xorijiy 

investorlarning  bank  tizimiga  bo'lgan  ishonchini  yanada  mustahkamlash,  yangi 

jozibador  omonat  va  depozitlar  turlarini  joriy  qilgan  holda  aholi  va  xo'jalik 

sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo'yicha 

tizimli  chora-tadbirlarni  qabul  qilish,  ko'rsatilayotgan  bank  xizmatlari  ko'lamini 

kengaytirish; 

  etakchi  xalqaro  reyting  kompaniyalari  tomonidan  qo'llaniladigan  va 



alohida  banklar  hamda  butun  bank  tiziminingbutun  dunyoda  qabul  qilingan 

baholash  ko'rsatkichlari  bo'yicha  yanada  yuqori  darajaga  ko'tarilishini  ob'ektiv 

baholash  imkonini  beruvchi  xalqaro  normalar,  standartlar  va  mezonlar  asosida 

alohida  banklar  va  butun  bank  tizimi  faoliyatini  tahlil  qilish  va  baholashning 

zamonaviy tizimini joriy qilish; 

  moliya-bank 



faoliyatining 

me'yoriy-huquqiy 

bazalariniyanada 

takomillashtirish,  davr  talablari  va  xalqaro  me'yorlarhamda  andozalarga  muvofiq 

amaldagi qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, yangi qonunlar 

va normativ hujjatlarni qabul qilish; 

  tijorat  banklarining  investitsiyaviy  faolligini  kuchaytirish  va  ularning 



investitsiyaviy  loyihalarni  moliyalashtirishdagi  ishtirokini  yanada  kengaytirish, 

tavakkalchiliklarni 

baholash 

va 


loyihalarni 

ekspertiza 

qilish 

tizimini 

takomillashtirish  orqali  kredit  portfeli  sifatini  yaxshilash  va  doimiy  o'sishini 

ta'minlash,  kreditlar  bo'yicha  muammoli  qarzdorlikning  shakllanishiga  yo'l 

qo'ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko'rish; 

  nobank  moliya  tashkilotlari,  kredit  uyushmalari,  lizing,  sug'urta  va 



auditorlik kompaniyalari tarmogini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro 

me'yorlar  va  andozalarga  muvofiq,  ularning  barqarorligini  va  samaradorligini 

ta'minlash,  ular  tomonidan  ko'rsatilayotgan  xizmatlar  ko'lamini  kengaytirish  va 

moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash;   

  tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya uslublarini 



yangicha  yondashuvlarini  shakllantirish  va  joriy  etish,  moliya-bank  axborotlari 


61 

 

sifat  darajasini  oshirish,  etakchi  xalqaro  reyting  tashkilotlari  talablariga  muvofiq 



undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish; 

  respublika  tijorat  banklari  va  moliya  institutlarini  butun  jahonda  qabul 



qilingan  andozalar,  uslublar  va  baholash  ko'rsatkichlari  tizimida  ishlay  oladigan, 

mukammal  tayyorlangan  yuqori  malakali  mutaxassislar  bilan  mustahkamlash, 

moliya-bank  faoliyati  sohasida  kadrlarni  tayyorlash  va  qaytatayyorlash  tizimini 

yanada  takomillashtirish  masalalari  respublika  bank-moliya  tizimini  yanada  isloh 

qilish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.  

Istiqlolimizning  dastlabki  yillaridanoq  mamlakatimizda  yangi  bank  tizimini 

tashkil  qilish  va  rivojlantirishda  davlatimiz  rahbari  tomonidan  ishlab  chiqilganva 

amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlarning «o'zbek modeli» tamoyillariga 

asoslandi. 

Sohadagi  islohotlar  boshlangan  davrda,  hattoki  xalq  xo'jaligidagi  to'lovlarni 

o'tkazishni samarali tashkil qilishga qodir bo'lmagan bank tizimi qisqa vaqt ichida 

eng  zamonaviy  talablarga  javob  beradigan,  eng  zamonaviy  kompyuter  va  axborot 

texnologiyalari  bilan  jihozlangan,  turli  moliyaviy  va  iqtisodiy  inqirozlarga 

bardoshli bo'lgan, barqaror, mustahkam va tom  ma'nodagi mustaqil bank tizimiga 

aylanib ulgurdi. 

Prezidentimiz  ta'kidlaganlaridek,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  davrida 

mamlakatimiz  moliya-bank  tizimi  o'zining  barqaror  va  ishonchli  ekanligini 

isbotladi. 

Izchil yuqori o'sish sur'atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining 

barqaror  va  ishonchli  faoliyat  yuritishi,  iqtisodiyotda  amalga  oshirilayotgan 

yangilanish  va  o'zgarishlar,  umuman,  mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish 

yo'lidagi  dadil  qadamlarimiz  dunyo  jamoatchiligi  tomonidankeng  e'tirof  etildi. 

Xususan,  2009  yilning  iyun  oyida  Xalqaro  valyuta  fondiningBosh  direktori 

tomonidan  respublika  rahbariyati  bilan  o'tkazgan  uchrashuvi  davomida 

«O'zbekiston  Respublikasitomonidan  olib  borilayotgan  islohotlar  boshqa 

mamlakatlarnikiga  nisbatan  farq  qilib,  o'zining  afzalliklarini  namoyon  qildi»,  deb 

bildirgan bahosi e'tiborga sazovordir. 



62 

 

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasiga Xalqaro valyuta fondi missiyasining 



navbatdagi  2010  yildagi  tashrifi  natijasi  bo'yicha  qilgan  bayonotida,  O'zbekiston 

global  moliyaviy  inqiroz  sharoitida  ham  barqarorligini  saqlab,  o'z  manbalarini 

sezilarli  darajaga  o'sishini  ta'minlashiga  Hukumatning  ehtiyotkorona  iqtisodiy 

siyosati sabab bo'lganligini qayd etib o'tdi. 

Bugungi  kunda  mamlakatimiz  moliya  bozorini  barqror  rivojlanishini 

ta'minlashda Markaziy bank o'zining pul-kredit siyosati orqali katta rol o'ynaydi va 

mazkur  vazifani  amalga  oshirishda  quyidagi  masalalarni  hal  qilishga  asosiy 

e'tiborni qaratish lozim.  

  mamlakatni  modernizatsiya  qilish  va  yangilash  chora-tadbirlarini  amalga 



oshirishning  muhim  sharti  va  manbai  sifatida  faol  investitsiya  siyosatini  amalga 

oshirish  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish,  zarur  ishbilarmonlik  muhitini 

yaratish; 

  ichki  bozorda  iste'mol  tovarlari  narxlarining  shakllanishiga  ta'sir  qiluvchi 



omillarni,  jahon  bozoridagi  narxlar  dinamikasini,  shuningdek,  ichki  talabni 

rag'balantirish  bo'yicha  amalga  oshiriladigan  chora-tadbirlarni  inobatga  olgan 

holda, 2013 yil uchun inflyatsiya darajasi 7-9 foiz miqdoridabo'lishini ta'minlash; 

  asosiy  makroiqtisodiy  ko'rsatkichlar  prognozi  doirasida,  2013 yilda  yalpi 



ichki  mahsulotning  8,0 foizga  o'sishining  pulga  bo'lgan  real  talablarini  va  aholi 

daromadlari  o'sib  borayotganligidan  kelib  chiqib,  pulning  jamg'arish  omilini 

inobatgan olgan holda, o'rtacha yillik pul massasi yalpi ichki mahsulotga nisbatini 

1,0 foiz puntga oshishiga erishish;. 

  inflyatsiya darajasi va pul massasini maqsadli parametrlar doirasida ushlab 



turish  maqsadida  2013  yilda  Markaziy  bank  qat'iy  pul-kredit  siyosatini  amalga 

oshirishni  davom  ettirishi  va  ushbu  maqsadda  monetar  siyosatning  bozor 

instrumentlaridan  faol  foydalanishi,  jumladan,  to'lov  balansining  prognoz 

parametrini  hisobga  olib,  bank  tizimida  vujudga  kelishi  mumkin  bo'lgan  ortiqcha 

likvidlikning  inflyatsion  bosimini  oldini  olish  maqsadida,  Markaziy  bank 

tomonidan 

amalga 

oshiriladigan 

sterilizatsiya 

operatsiyalari 

hajmini 

1,3 martagacha oshirish maqsadga muvofiqligi aniqlandi. 




63 

 

Foiz siyosatida asosiy e'tibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari 



jozibadorligini  ta'minlashga,  jumladan,  aholi  omonatlari  bo'yicha  real  foiz 

stavkalarining  ijobiyligini  saqlab  qolish  hamda  tijorat  banklari  depozitlar 

portfelidagi 

uzoq 


muddatli 

depozitlar 

ulushini 

oshirishga, 

shuningdek 

iqtisodiyotning  real  sektoriga  ajratiladigan  kreditlar  bo'yicha  foiz  stavkalarining 

maqbulligini ta'minlashga qaratish zarur. 

Pul  massasining  yillik  o'sish  ko'rsatkichlari  prognozi  va  inflyatsiyaning  7-9 

foizli maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda hamda iqtisodiyotni kreditlash 

hajmini yanada kengaytirish va tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini 

ta'minlash  maqsadida  qayta  moliyalash  stavkasini  2013 yil  davomida  12 foiz 

darajada saqlab turish ayni vaqtda moliya bozorini barqarorligini oshishiga xizmat 

qiladi.  

Valyuta  almashuv  kursini  eksportni  rag'batlantiruvchi  va  inflyatsiyaning 

oldini  olishga  qaratilgan  mexanizm  sifatida  qo'llash  maqsadga  muvoq.  Ushbu 

maqsadda  o'zgarib  boruvchi  boshqariladigan  almashuv  kursi  strategiyasi  qo'llash 

lozim  va  almashuv  kursi  maqsadli  koridor  doirasida  ushlab  turish  kerak.  Bunda 

asosiy e'tibor so'mning real effektiv almashuv kursining barqarorligini ta'minlashga 

qaratiladi. 

Markaziy bank, ichki va tashqi moliya bozorlaridagi holatlardan kelib chiqib, 

monetar  siyosatning  tegishli  bozor  instrumentlarini  qo'llagan  xolda  pul-kredit 

siyosati  yuritishni  davom  ettiradi.  Shu  bilan  birga,  monetar  siyosat 

instrumentlarining  samaradorligini  yanada  oshirish  va  ko'rilayotgan  chora-

tadbirlarning  pul  bozorining  holatiga  ta'sirini  kuchaytirish  bo'yicha  aniq  maqsadli 

ishlar amalga oshirish kerak. 

Markaziy bank tomonidan bank tizimi likvidligini domiy ravishda monitoring 

qilib  borish  doirasida  tijorat  banklarining  vakillik  hisobvarag'idagi  va  boshqa 

yuqori  likvidli  aktivlarining  harakati  tahlil  qilib  qilib  boriladi  va  ularning  eng 

maqbul  darajada  bo'lishini  ta'minlash  uchun  Markaziy  bank  tomonidan  aniq 

maqsadli  chora-tadbirlar  amalga  oshirilishi  ayni  vaqtdagi  muhim  masalalardan 

hisoblanadi. 



64 

 

Majburiy  rezervlar  normasi  bank  tizimining  likvidlik  darajasi,  pul 



massasining  va  tijorat  banklari  kredit  qo'yilmalarining  o'sish  sur'atlaridan  kelib 

chiqqan holda belgilab, zarur hollarda uni o'zgartirib borish lozim. 

Shuningdek,  bank  tizimida  vujudga  kelishi  mumkin  bo'lgan  ortiqcha 

likvidlikning  inflyatsion  bosimining  oldini  olish  hamda  pul  massasini  tartibga 

solish  maqsadida,  tijorat  banklarining  mablag'larini  Markaziy  bankdagi  turli 

muddatli depozitlarga  jalb qilish orqali sterilizatsiya  operatsiyalari  o'tkazib borish 

mamlakatimiz moliya bozorining barqaror rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. 

Bank  tizimida  vaqtinchalik  likvidlik  muammosi  yuzaga  kelganda  Markaziy 

bank tomonidan likvidlik bilan ta'minlash instrumentlaridan, xususan: 

Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridan xorijiy valyutani (AQSh dollari, 

evro,  yapon  ienasi  va  funt  sterling),  belgilangan  muddat  va  almashinuv  kursida 

qayta  sotish  sharti  bilan,  sotib  olish  operatsiyalari  -  valyutaviy  SVOP 

operatsiyalaridan zamonaviy sharoitdan kelib chiqib foydalanishi kerak. 

Shuningdek,  ichki  valyuta  bozoridagi  barqarorlikni  va  so'mning  almashuv 

kursining belgilangan koridor doirasida bo'lishini ta'minlash maqsadida, Markaziy 

bank  banklararo  valyuta  bozorida  oldi-sotdi  operatsiyalarini  amalga  oshirishi 

lozim. 

Markaziy  bank,  zarur  hollarda,  pul  bozorida  so'nggi  instantsiyadagi  kreditor 

sifatida, tijorat banklariga ularning likvidligini saqlash maqsadida, qisqa muddatli 

kreditlar ajratish faoliyatini davomiyligini ta'minlashi kerak. 

Bank  tizimi  likvidligini  tartibga  solish  tizimini  bozor  tamoyillari  asosida 

yanada takomillashtirish foiz siyosatining samaradorligini oshirish va pul bozorida 

foiz xatarlarini pasaytirish imkonini beradi. 

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davridayoq yillarida 

biz  mustahkam  poydevorga  ega  bo'lgan  bank  tizimini  shakllantirdik  va 

rivojlantirdik.  Bizning  bank  tizimimiz  mamlakatimizni  har  tomonlama  taraqqiy 

ettirish,  xalq  farovonligini  oshirish  maqsadida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 

islohotlarni  muvaffaqiyatli  davom  ettirish  ishiga  bundan  buyon  ham  o'zining 

salmoqli hissasini qo'shib boradi. 



65 

 

 



Ayni  paytda  MDH  davlatlarida,  jumladan  O’zbekistonda  ham  monetar 

siyosatning  ochiq  bozordagi  operatsiyalar,  valyuta  siyosati,  majburiy  zahira 

talablari,  foiz  siyosati,  depozit  operatsiyalari  kabi  bir  qator  bilvosita  vositalaridan 

samarali foydalanilmoqda. 

Shuningdek,  tijorat  banklarining  bo’sh  pul  mablag’larini  mahsus  depozitlarga  va 

Markaziy  bankning  qimmatli  qog’ozlariga  jalb  qilish  bo’yicha  operatsiyalar  ham 

muntazam  ravishda  o’tkazilmoqda.  Ushbu  operatsiyalar  bir  kunlik,  bir  haftalik, 

ikki  haftalik  depozit  auksionlari  ko’rinishida  amalga  oshirilmoqda.  Ushbu 

vositalar, o’z navbatida, Markaziy bankka monetar siyosat samaradorligini oshirish 

imkonini bermoqda. 

 

Monetar  siyosatning  bilvosita  vositalarini  qo’llash  xususida  mamlakat 



prezidenti  I.A.Karimov,  jumladan,  shunday  deydilar:  ”Kassa  rejalarini  nazorat 

qilish  singari  eskirgan  usullardan  voz  kechib,  yalpi  pul  massasini  boshqarishning 

foiz  stavkalari  kabi  bozor  iqtisodiyoti  tamoyillariga  asoslangan,  zamonaviy,  tez 

moslashuvchan uslublari joriy etilgani bu boradagi muhim qadam bo’ldi” 

43

.                  



 

Monetar  siyosat  zamonaviy  vositalarining  keng  qo’llanillishi  va  amalga 

oshirilgan qat’iy choralar natijasida so’ngi yillarda mamlakatimizda inflyatsiya va 

foiz  stavkalari  sezilarli  darajada  pasaydi,  valyuta  kursi  barqarorlashdi  va  8,2 

foizdan yuqori  iqtisodiy o’sishga erishildi. Bunday natijalarga erishishda  quyidagi 

chora-tadbirlar ahamiyatga ega bo’ldi. 

 

So’nggi  yillarda  mamlakatimizda  monetar  siyosat  sohasida  qator  ijobiy 



natijalarga erishildi.Ularning asosiylari quyidagilar: 

-  Investitsiya  loyihalari  va  davlat  byudjeti  taqchilligini  O’zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  kreditlari  hisobidan  moliyalashtirish 

amaliyotiga  chek  qo’yildi.  Bu  esa,  monetar  siyosatni  yuritishda  Markaziy 

bank mustaqilligini yanada oshirish imkonini berdi; 

-  Bank  tizimida  yagona  vakillik  hisobraqamiga  va  yagona  balans  dasturiga 

o’tilishi, o’z navbatida, bank tizimining aktivlari, passivlari va likvidliligini 


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish