Toshkent moliya instituti moliya fakulteti "davlatiy moliya" kafedrasi utanov asrorbek zokir o



Download 400,93 Kb.
bet11/28
Sana29.12.2021
Hajmi400,93 Kb.
#85809
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
Utanov DIPLOM ready 9.06.2020

Yo’nalishlar

1

Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan, davlat

investitsiya dasturlarini moliyalashtirish



2

Davlat byudjeti taqchilligini qoplash

3

Mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish

4

Tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan

ehtiyojlarni qoplash


Hozirgi kunda davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish ma’lum bir maqsadlarni amalga oshirish uchun amalga oshiriladi.

Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

-qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog’ozlari;

-kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli);

-O’zbekiston Respublikasining kafolatlari;

-byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar va boshqalar.

Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo’lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo’yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag’larini jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar emissiya qilinadi.

Investorlarni qo’shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi.

Davlat xalqaro obligatsiyalari boshqa mamlakatlarning valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo’lgan mamlakat investorlarining o’ziga xos bo’lgan manfaatlari hisobga olinadi.

Amaliyotda qarz ko’rinishidagi mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:

-qarz ko’rinishidagi qimmatli qog’ozlarni joylashtirish;

-ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.

Qarz ko’rinishidagi qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari deb e’tirof etiladi.

Davlat qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:

-byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish;

-Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o’tkazishni ta’minlash;

-tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish.

Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to’lanishi kerak.

Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarz ko’rinishidagi mablag’larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari hisob-kitobini yurgizadi.

O’zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning maqsad va vazifalarini Oliy Majlis belgilaydi. Hukumat strategiya ishlab chiqadi. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O’zbekiston Respublikasi hukumati – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklif kiritadi, Oliy Majlis Budjet qonuni bilan o’rnatadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi (O’zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilish hamda O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini berish bo’yicha yagona vakolatli organdir.



Download 400,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish