Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Foiz stavkalari uy xo ‘jaliklari jamg ‘armasiga qanday ta ’sir



Download 1,19 Mb.
bet69/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Foiz stavkalari uy xo ‘jaliklari jamg ‘armasiga qanday ta ’sir ко ‘rsatadi?

Har bir kishi hugun qancha iste’mol qilishi va kelajak uchun qancha jamg‘arishi kerakligi to‘g‘risidagi muhim qarorga duch keladi. Biz odamlar bu qaromi qanday qabul qilishlari va jamg‘arma miqdori oladigan foiz stavkasiga bogiiqligm iste’molchi tanlovi nazariyasidan foydalanih tahlil qilishingiz mumkm.

Nafaqani rejalashtirayotgan Sem duch kelgan qaromi ko‘rib chiqaylik. Murakkablashtirmasdan Sem hayotini ikki davrga ajratamiz. Birinchi davrida, Sem yosh va ishlayapti. Ikkinchi davrda, u eski va nafaqaga chiqqan bo‘ladi. Yosh Sem $ 100,000 daromad oladi. U bu daromadini joriy iste’mol va jamg‘armaga ajratadi. U qariganda jamg‘armasini iste’mol qiladi foiz, shu jumladan, omonatdan olgan foizlami ham.

Foiz stavkasi 10 foizni tashkil etadi deylik. So‘ngra Sem jamg‘armasining har bir dollar uchun qariganda u $ 1.10 iste’mol qilishi mumkin. Biz “yoshlikdagi iste’mol” va “qarilikdagi iste’mol”ni tanlashi kerak bo‘lgan ikki Tovar sifatida ko‘rishimiz mumkm. Foiz stavkasi hu ikki tovaming narxini belgilaydi.

7.15-rasm Semning byudjet sig‘imini ko‘rsatadi. U hech narsa jamg‘armasa, u yoshligida $100,000 iste’mol qiladi va qariganda hech narsa iste’mol qilmaydi. U hammasini jamg‘arsa,yoshligida hech narsa va qariganda $ 110.000 iste’mol qiladi. Byudjet sig‘imi bu barcha oraliq imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

    1. r
      RASM 15

      Keksalikdagt

      iste'mol

      Endi foiz stavkasi 10 foizdan 20 foizga oshganda nima sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. 7.16-rasm ikki mumkin natijalarini ko‘rsatadi. Har ikki holatda ham byudjet sig‘imi tashqariga siljiydi va tik bo‘ladi. Yangi yuqori foiz stavkasida Sem yoshligida voz kechgan iste’mol har bir dollar uchun qariganida ko‘proq iste’mol oladi.


      Ikkala qism Semning turli afzalliklari bergan natijalarini ko‘rsatadi. Har ikki holatda ham, qariganda iste’mol oshadi. Hali foiz stavkasi o‘zgarishiga yoshlikdagi iste’molnmg javobi ikki holda farq qiladi. (a) qismda Sem yoshligida yuqori foiz stavkasiga javoban kam iste’mol qiladi. (b) qismda Sem yoshligida ko‘p iste’mol bilan javob beradi.


      Semning jamg‘armasi yoshlikdagi daromadi minus yoshlikdagi iste’mol miqdori orqali hisoblanadi. (a) qismda foiz stavkasi oshsa yoshlikdagi iste’mol tushadi, shuning uchun jamg‘arma ko‘tarilishi kerak. (b) qismda Sem yoshligida ko‘p iste’mol qiladi, shuning uchun jamg‘arma tushadi.

      asm ikki davrda befarqlik egri chizig‘idan foydalanib iste’molga Semning afzalliklarini ko‘rsatadi. Sem har ikki davrda ko‘proq iste’molni afzal ko‘rgani uchun u yuqori hefarqlik chiziqlaridagi

    2. nuqtalami afzal ko‘radi. Berilgan afzalliklaridan Sem iste’molning optimal kombinatsiyasini tanlab byudjet sig‘imi eng yuqori befarqlik egri chizigidagi nuqtani tanlaydi. Bu optimumda, Sem yoshligida $ 50,000 iste’mol qiladi va keksaligida 55000 $ iste’mol qiladi.

(b) qismda ko‘rsatilgan holda dastlab g‘alati tuyulishi mumkin: Sem jamg‘armadan keladigan daromadning oshishi hisobiga kam jamg‘aradi. Biroq, bu tuyulishi mumkin bo‘lganidek o‘zgacha holat emas. Biz buni yuqori foiz stavkasiga daromad va almashtirish ta’sirlari deb olgan holda uni tushunishimiz mumkin.

Birinchi bo‘lib almashtirish ta’sirini ko‘rib chiqaylik. Foiz stavkasi oshsa, yosh bo‘lgandagi iste’molga nisbatan qarigandagi iste’mol arzonroq bo‘ladi. Shuning uchun, almashtirish ta’siri Semni yoshlikda kamroq iste’mol qilib, qariganda ko‘proq iste’mol qilishga undaydi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, almashtirish ta’siri Semni ko‘proq jamg‘arishga undaydi.





RASM Ddcala rasmda bam qizkjishning ortishi byudjet chizig'ini oldinga siljitadi. (a)

panelda iste’molchi iste’mol yoshlikda kamayib, qariganda ortadi. Natijada yoshlikdagiga qaraganda jamg'arish ortadi. (b) panelda iste’mol ikkala davrda ham o‘sadi. Natijada yoshlik payti jamg‘arma kamayadi.


2... natijada yoshltkdagi iste'molni kamaytirib, ko‘pfoq jamg'aradj


2... natijada yoshlikdagi iste'moini oshirib, kamroq jamg‘afadi


tste mol




Endi daromad ta’sirini ko‘ramiz. Foiz stavkasi ko‘tariladigan bo‘lsa, Sem yuqoriroq befarqlik egri chizig‘ini tanlaydi. U oldingiga qaraganda endi yaxshiroqdir. Modomiki har ikki davrda ham iste’mol normal tovarlardan iborat bo‘lar ekan, uning farovonlikning bu ortishidan foydalanish istagi ikki davrda yuqoriroq iste’moldan bahramand etadi.

Boshqa so‘zlar hilan aytganda, daromad ta’siri kamroq jamg‘arishga undaydi.

Natija daromad va almashtirish ta’siriga bog‘liq. Agar yuqori foiz stavkasining almashtirish ta’siri daromad ta’siridan kattaroq bo‘lsa, Sem ko‘proq jamg‘aradi. Agar daromad ta’siri almashtirish ta’siridan kattaroq bo‘lsa, Sem kam jamg‘aradi. Shunday qilib, iste’molchi tanlovi nazariyasi foiz stavkasining o‘sishi jamg‘armani rag‘batlantiradi yoki qaytaradi deydi.

Bu noaniq natija iqtisodiy nazariya nuqtayi nazaridan qiziqarli ho‘lsa-da, u iqtisodiy siyosat nuqtayi nazaridan hafa bo‘ladigan hoi. Bu soliq siyosatidagi muhim masala jamg‘arma foiz stavkasiga javoban qanday ho‘lishidir. Ba’zi iqtisodchilar dividend va boshqa kapital daromadga soliqlami kamaytirishni qo‘llab-quvvatladilar, bunday siyosat o‘zgarishi soliqdan keyingi foiz stavkasini oshirishi va jamg‘aruvchilami jamg‘armaga rag‘batlantiradi degan fikmi ilgari surdi. Boshqa iqtisodchilar daromad va almashtirish ta’sirini siljitgani uchun, bunday soliq o‘zgarish jamg‘armani oshirmaydi va hatto uni kamaytiradi deb da‘vo qildilar. Afsuski, ilmiy-tadqiqot foiz stavkalari jamg‘armaga qanday ta’siri haqida bir to‘xtamga olib bormadi. Natijada, soliq siyosatida o‘zgarishlar, aslida, jamg‘armani rag‘batlantirish maqsadida mo‘ljallangan edimi yoki yo‘qmi degan iqtisodchilar o‘rtasida kelishmovchilikka olib bormoqda.

Nazorat savollari



  1. Iste’mol nazariyasida ne’mat tushunchasi.

  2. Iste’molchi tanloviga ta’sir qiluvchi omillar.

  3. Naflik tushunchasi.

  4. Iste’molchi ehtiyojini qondirish darajasi.

  5. Naflik funksiyasi.

  6. Umumiy naflik, chekli naflik, chekli naflikning kamayishi qonuni.

  7. Befarqlik chiziqlari kartasi va uning xususiyatlari.

  8. Chekli almashtirish normasi.

  9. Byudjet chegarasi va uning o‘zgarishi.

  10. Byudjet chizig‘i yotiqlik burchagi.

  11. Naflikni maksimallashtirish.

  12. Iste’molchi tanlovi masalasi yechilishini grafik usulda tahlil qilish.

  13. Iste’molchilaming muvozanat shartlari.


  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish