Bog'liq E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1
%tnx&?.%nntU mk|rtftnm»g sarrшпш Qi dagi muvozanat hajmidan kam miqdortarda xaridorlaming qiymati sotuvchilaming xarajatidan oshib ketadi. dagi muvozanat hajmidan yuqori miqdorlarda sotuvchilaming xarajatlari xaridorlarning qiymati dan oshib ketadi. Shuning uchun bozor muvozanati ishlab chiqaruvchi va iste’molchi ortiqchaliguning jamisini
maksimallashtiradi.
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklari yig‘indisi qanday katta bo‘lishi mumkmligidan iborat bo‘lishmi ko‘rsatadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, muvozanatli natija bu resurslami samarali taqsimlanishidir. Ko‘ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak, bozor natijasi adolatli bo‘lishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan tarjima qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Fransuzcha “aralashmaslik” iborasiga to‘g‘ri keladi.
Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan baxtlidir. Garchi bu foydali bo‘lsada hamma narsani yaxshi biladigan
kuchli nazariyaga ega diktator shunday qilsa, o‘sha shaxs uni yo‘qotishi shart emasligini tasavvur qiling. Bunday xususuyat bilan kirishish qiyin. Diktatorlar kamdan-kam ko‘ngilchanlik qiladilar va hattoki biz kimnidir o‘ta samimiy deb hisoblasak, ular yaxshi munosabatda bo‘lmaydilar.
Tasavvur qiling, bizning ijtimoiy rejalashtiruvchi bozor tazyiqlariga bo‘ysunmay o‘zicha resurslami samarali taqsimlashga harakat qildi. Bunday qilish uchun u bozordagi har bir imkoniyatli iste’molchining qimmatini va har bir ishlab chiqaruvchining xarajatini bilishi kerak. Bundan tashqari u nafaqat shu bozordagi, balki iqtisodiyotdagi boshqa minglab bozorlardagilarini ham bilishi lozim. Bu ish esa birmuncha qiyindir, chunki qandaydir sababga ko‘ra markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotlar hech qachon juda yaxshi ishlamaydilar.
Reja qiluvchining ishi oson, biroq u o‘ziga hamkor topishi kerak. Adam Smit bozoming ko‘rinmas qo‘li desak adashmaymiz. Bu qo‘l barcha ma’lumotlarini shu jumladan xaridor va sotuvchilar qiymatini oladi va har bir kishiga bozordagi iqtisodiy samaradorlik haqida yo‘1- yo‘riq ko‘rsatadi. Bu takrorlanmas darajadagi mahorat. Bu qandaydir sababga ko‘ra iqtisodchilar ko‘pincha erkin bozorlar iqtisodiy faollikni tashkil etishning eng yaxsi yo‘li ekanligining tarafdori hisoblanadilar.
Donorlik bozorlari bo ‘lishi kerakmi?
2001-yil aprelda “Boston Globe”ning bosh sahifasida “Onaning muhabbati qanday qilib ikki hayotni §aqlab qoldi” deb nomlangan sahifa chiqdi. Gazetada o‘gliga buyrak transplantatsiyasi kerak boTgan Susan Stefen haqida gap bordi. Doktor onaning buyragi to‘g‘ri kelmasligini bilib, u shu xulosaga keldi: Agar Stephen o‘zining bir buyragini begonaga bersa uning o‘g‘li ro‘yxatning old qatoriga yoziladi dedi. Ona qaromi qabul qildi va ikki bemor transplantatsiya qilindi. Doktoming ushbu xulosasi va noiloj onaning qarorini muhokama qilib bo‘lmaydi. Lekin hikoya bir savolni tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Agar ona buyrak uchun o‘z buyragini sotsa, kasalxona unga qimmat saraton kasalligi davosi uchun o‘z buyragini sotishga ruxsat berarmikin? U o‘z o‘g‘lini tibbiot maktabida bepul o‘qitishga ham o‘z buyragini sotarmikin?
Davlat siyosati sababli bizning jamiat insonlami o‘z a’zolarini sotishga sabab bo‘lmoqda. Tana a’zolar bozorida bizning jamiat o‘z a’zolarini noqonuniy sotishga yo‘l qo‘yib bermoqda. Stephenning tutgan yo‘lini taqiqlab bo‘lmaydi.
Bozor samaradorligi va bozor kamchiliklari
Biz bu talab va taklif kuchlari resurslami samarali taqsimlashini ko‘rsatib o‘tdik. Bu bozorda hamma band bo‘ladi, ular xaridorlar va sotuvchilammg umumiy foydasini maksimallashtiruvchi muvozanat ko‘rinmas qo‘l bilan birgalikda olib borlladi.
Biz bozomi qanday ishlashi xususida turli xil choralar ko‘ramiz. Bu choralar ish bermagan vaqtda, bizning bozor muvozanati samarali degan xulosamiz ozgina to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ushbu bobni yakunlashdan avval ikkita muhim taxminni ко‘rib chiqsak.
Birinchidan, bizning tahlillarimiz shuni ko‘rsatdiki, bozor haqiqatda raqobatbardosh. Dunyoda shunday bo‘lsa ham raqobat to‘kislikdan yiroq. Ba’zi bozorlarda yagona xaridor va sotuvchi bozor narxini nazorat qila oladi. Bu narxga ta’sir qiluvchi qobiliyat bozor kuchi deb ataladi. Bozor kuchi bozomi samarasiz bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkm, chunki u narx va miqdomi talab va taklif tengligidan farq qildiradi.
Ikkinchidan, bizning tahlillarimiz bozor masalalari faqatgina bozordagi xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi munosabat ekanligini isbotladi. Lekin dunyoda sotuvchi va xaridor orasidagi qaror bozorda ishtirok etmayotgan msonlarga ta’sir qilishi mumkin. Ifloslanish an’anaviy misol bo‘la oladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlatish faqatgina manifaktura egalariga va fermerlarga emas, balki tabiiy resurslardan foydalanayotganlarga ham tegishli. Bunday ta’sirlar tashqi omillar deb ataladi. Chunki bozordagi rivoj xaridor tomonidan qo‘yilgan qiymat va sotuvchi tomonidan qilingan xarajatga bog‘liq. Chunki, xaridor va sotuvchi qancha miqdorda mahsulotni ishlab ciqarish va uni iste’moli haqida munozara olib borganda, ushbu betaraflikni inobatga olmaydi, bozordagi muvozanat jamiyatni nuqtayi nazarida samarasiz bo‘lishi mumkin.
Umumiy hodisaga misol bo‘luvchi bozordagi ichki va tashqi kuchlar bozor muvaffaqiyatsizligi deb ataladi, ya’ni resurslami samarali joylashtirishdagi boshqarib bo‘lmaydigan bozoming kamchiliklaridir. Agarda bozor muvaffaqiyatsizlikka uchrasa davlat siyosati ushbu muammoni yechimini topadi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Mikroiqtisodchilar qachon bozor muvaffaqiyatsizlikkia uchrashi va uni to‘g‘irlash uchun qanday siyosatni olih bir xaridor va sotuvchi o‘zini farovonligi haqida o‘y bilan borish kerakligini o‘rganadilar.
Bozor muvaffaqiyatsizlik ehtimolidan tashqari, bozordagi ko‘zga ko‘rinmas kuchlar ham muhimdir. Ko‘pgina bozorda ushbu bobda biz tilga olgan taxminlar yaxshi ish berdi va bozor samaradorligi ustida olib borilgan xulosalar to‘g‘ri olib borildi. Shunday ekan, biz iqtisodiyotni rivojlantirish ustida olib borgan tahlillarimizni ishlata olamiz. Keyingi ikkita bobda ko‘rib chiqilgan ikkita muhim siyosiy masaladan soliqni rivojlantirishning sabablari va xalqaro savdoga murojaat etamiz.