i^hbf t, , i - > „
Jami ortiqchalik — ishlab chiqamvchi va iste’molchi ortkjchaligimng jami - talab va takiif egri chizig‘ining muvozanat maydongacha bo‘lgan may don.
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida bo‘lganda bozor narxi bozor faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlami aniqlaydi. Tovami uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar (talab egri chizig‘ida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovami uni narxidan past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga o‘xshash, xarajatlari narxdan kichik bo‘lgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovami ishlab chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta bo‘lgan sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni istamaydilar.
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi, ya’ni:
Erkin hozorlar taklif etilayotgan tovarlami ulami qolganlarga nishatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar o‘rtasida taqsimlaydilar, u ulaming to‘lashga tayyorligi bilan aniqlanadi.
Erkin bozorlar bu tovarlami kam xarajatlar hilan ishlab chiqaruvchi yetkazib beruvchilaming tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlah chiqarilgan va sotilgan tovarlarning hozor muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilaming istemolini yoki yetkazib beruvchilaming ishlab chiqarishlarini taqsimotini o‘zgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovaming miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish yordamida umumiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob - yo‘q, bu bozor natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir.
Erkm bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab chiqaradilar.
8-rasm yuqoridagi fikr nega to‘g‘ri ekanligiga isbot keltiradi. Bu rasmni izohlash uchun talab egri chizig‘i xaridorlar uchun tovar qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizig‘i sotuvchilaming xarajatlarini aks ettirishini esga oling. Muvozanatli darajadan pastdagi qandaydir miqdorda, misol uchun Qj da, chekli xaridoming qimmati chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq bo‘ladi. Natijada ishlab chiqarish va iste’mol miqdorining o‘sishi umumiy ortiqchalikni oshiradi.
Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar to‘g‘ri davom etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q2 da, chekli xaridoming qimmati chekli sotuvchinung xarajatlaridan kam bo‘ladi. Shunga ko‘ra, miqdor pasayishi umumiy ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan pasaygunga qadar to‘g‘ri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab egri chiziqlari kesishsa shu miqdomi tanlaydi.
R
Xaridortar qi>m»a uMuvc hits' клИ»
X*ridori»r qiyrmti soaivcbikr хапцаЫв! кюЬкпл
asm 8
Do'stlaringiz bilan baham: |