Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Q - bug'doy ishlab chiarish hajmi yer maydoni x



Download 1,19 Mb.
bet145/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Q - bug'doy ishlab chiarish hajmi yer maydoni x ga bog‘liq. Bir tsentner bug‘doyning narxi 20 so‘m. Agar fermemmg er maydoni 30 gektar bo‘lsa, u er egasiga qancha miqdorda renta to‘laydi? Agar foiz stavkasi bir yilda 10% bo‘Isa, bir gektar yer narxi necha so‘mga teng bo‘ladi?

Yechish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, yer) narxi uning pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni

dQ

= MP^ = 400-4- x.

Eming puldagi chekli mahsuloti:

MRP= 8000-80-x.

Yer maydoni 30 gektar bo‘lgani uchun

MRP-8000-80- X = 8000-80• 30 = 8000-2400 = 5600 SOlm.

Demak, fermer har bir gektary yer uchun 5600 so‘m renta to‘laydi.

Fermeming umumiy daromadi:

R = (400 ■ X -2 ■ X2 )■ 20 = 204000.

Yer narxi=ijara to‘lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so‘m bir gektari uchun.

Nazorat savollari

1.

Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya.

2.

Ish haqi stavkalari differensiatsiyasi.

3.

Iqtisodiy renta.

4.

Nominal va real daromadlar.

5.

Daromadlami differensiatsiyalashuvi.

6.

Daromadlami qayta taqsimlash siyosati.

7.

Djin koeffitsiyenti.

8.

Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada?

9.

Loyihalami baholashda mflyatsiyaning ta’siri qanday hisobga

olinadi?




10.

Yer bozorining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

11.

Yeming narxi qanday hisoblanadi?

12.

Yer rentasiga izoh bering.




XV BOB. TASHQI TA’SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI

  1. Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi

Ushbu bo‘limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganish uchun 7-bobdagi farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlami resurslami samarasiz taqsimlashiga olib kelishini aniq ko‘rsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qlladigan turli yo‘llami ko‘rib chiqamiz.

Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma

Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz. Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor - alyuminiy bozorini ko‘rib chiqamiz. 15.1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig‘ini ko‘rsatadi.

Agar 7-bobdan eslasangiz, talab va taklif chizig‘i xarajatlar va daromadlar haqida muhim ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig‘i iste’molchilar to‘lashga tayyor narxlarda oichanadigan alyuminiy miqdorini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizig‘i balandligi chekli xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan narxni ko‘rsatadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, u iste’molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko‘rsatadi. Xuddi shunday, taklif chizig‘i alyuminiy ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, taklif chizigM balandligi chekli sotuvchi xarajatlami ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan alyuminiy birligining xarajatlarini ko‘rsatadi.

Hukumat aralashuvi bo‘Imasa, narx alyuminiy uchun takiif va talab muvozanatini to‘g‘irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan alyuminiyning bozordagi miqdori 15.1-rasmdagi QbOZor sifatida ko‘rsatilgan bozor muvozanatida u ishlab chiqaruvchi va iste’molchilaming umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi ma’nosida samaralidlr. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslami shunday taqsimlaydiki, alyuminiyning iste’molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy xarajatlari ayrilgani (qiymat - xarajat) maksimal darajaga yetadi.

  1. Salbiy tashqi ta’sirlar

Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog‘lig‘i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

R asm 1



ЛК umimy iwiort

Talab chizig'i xaridorlar uchim qiymat va takiif chizig'i sotuvchilar uchun xarajatni aks ettiradi. Muvozanat miqdor, ya’ai Qbozor* xaridorlar uchun to‘liq qiymat ayrilgan sotuvchilar to‘liq xarajatini oshiradi, T ashqi ta’sirlar bo‘lmaganda, shuning uchun, bozor muvozanati samaralidir.

Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun xarajati alyuminiy ishlab chiqaruvchilar xarajatidan katta bo‘ladi. Ishlab

346

chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun ijtimoiy xarajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy xarajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko‘rgan kishilar xarajatini ham o‘z ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatini ko‘rsatadi. Ijtimoiy xarajat chizig‘i taklif chizig'idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi xarajatlami ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq o‘rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish xarajatini aks ettiradi.

Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba ko‘ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini ko‘rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish xarajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab chiqarish xarajati ifloslanish tashqi xarajatlarini ham o‘z ichiga olishini tushunadi.

Reja tuzuvchi talab chizig‘i bilan ijtimoiy xarajat chizig‘i kesishgan darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizigM balandligi bilan oMchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan (ijtimoiy xarajat chizigM balandligi bilan oMchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi hu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo‘shimcha alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy xarajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi.

E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori - Qbozor ijtimoiy maqbul miqdor - QmaqbUi dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy xarajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib

chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizig‘i ijtimoiy xarajat chizig‘idan past bo‘ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.

I
Ijtimoiy xarajat
(xususiy xarajat va tashqi xarajat)



jtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo‘li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo‘ladi. Soliq o‘zming miqdorida alyuminiy taklif chizig‘ini yuqoriga ko‘taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi xarajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig‘i ijtimoiy xarajat chizig‘i bilan bir to‘g‘ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.

Rasm



Alyuminiy ! bahosi :

\a
ijtimoiy тщЬи1 h«Iaf ;

Salbiy tashqi ta’sir, masalan ifloslanish, bo‘lganda, tovarlar ijtmoiy xarajati xususiy xarajatdan oshib ketadi. Shuning uchun, optimal miqdor Qmaqbul* muvozanat miqdor Qbozor dan past.

Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’simi o‘zlashtirish deb nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o‘z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaravchllar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish xarajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ulami tashqi

xarajatlarini ham toMashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab chiqaruvchilarga qo‘yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy iste’molchliari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat Iqtisodiyotning о 'nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlami qanday hal qilishini chuqurroq ko‘rib chiqamiz.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish