Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet4/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Raqobat nima?

Muzqaymoq savdosi, iqtisodiyotdagi ko‘pchilik bozorlarga o‘xshab, yuqori raqobat qobiliyatiga ega. Har bir xaridor bir necha sotuvchilar ichidan tanlash mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti boshqa sotuvchilaming mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi.

Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni birgina xaridor yoki sotuvchi bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir muzqaymoq narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlaming o‘zaro ta’siri bilan aniqlanadi.

Iqtisodchilar raqobatdosh bozor iborasini o‘zida ko‘plab sotuvchi va xaridorlami jamlagan bozomi tavsif etish uchun ishlatadilar. Har bir sotuvchinmg narx bilan nazorat qilishi cheklangan, chunki boshqa sotuvchilar ham shunga o‘xshash bo‘lgan mahsulot bilan savdo qilishadi. Sotuvchida narxni pasaytirishga asosli sabab yo‘q, ammo u kishi narxni birdan ko‘tarsa, xaridorlar mahsulotni boshqa joyda xarid qiladilar. Taqqoslab aytganda, biron-bir xaridor narxga o‘z ta’sirini ko‘rsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni xarid qiladi.

Bu bobda biz shartll ravishda barcha bozorlami raqobatdosh deb hisoblaymiz. Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga ega bo‘lishi kerak: 1) savdoga taklif qilingan mahsulotlar bir xil bo‘lishi shart; 2) sotuvchi va xaridorlami soni shunchalik ko‘p bo‘lishi kerakki, ular narxga hech qanday ta’sir ko‘rsatishlari kerak emas. Har bir sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor o‘matgan narxni qabul qilishga majbur bo‘lgani uchun, ular narxga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydigan, iqtisodiyot subyektlari deb ko‘riladi. Bozor narxiga xaridorlar xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan narsasini sotadllar.

Ba’zi bir bozorlami mutlaqo raqobatdosh deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bozorda minglab bug‘doy sotuvchilari va uning minglab xaridorlari mavjud. Ular jiddiy ravishda narxga o‘z ta’sirini ko'rsatmasligini hisobga olgan holda, bozoming har bir ishtirokchisi narxni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga majbur.

Ammo, barcha tovar va hizmatlar ham raqobatdosh bozor sharoitda sotilmaydi. Ba’zi bozorlarda faqat bitta sotuvchi mavjud va u narxni aniqlaydi. Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun, sizning mahalliy kabel telekompaniyasi monopolist boTishi mumkin. Sizning shahringizda istiqomat qiluvchilar shu hizmatni taqdim qiladigan faqat bitta kabel telekompaniyasi mavjud bo‘lgani uchun uni

tanlashlari mumkin. Lekm boshqa bozorlar mutlaqo raqobatdosh bozor va monopoliya orasida joylashgan.

Dunyo bozorlari ko‘p ko‘rinishga ega boMganiga qaramay, barcha bozorlami mutlaqo raqobatdosh bozor deb hisoblash qulay soddalashtirishdir. Mutlaqo raqobatdosh bozomi tahlil qilish osondir, chunki uning har bir ishtirokchisi bozor sharoitida narxni qanday shakllantirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib o‘tish lozimki, har hir bozomi qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa bo‘ladi, shu yo‘lda biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni o‘rganishdan kelib chiqqan xulosalami murakkabroq bozorlarga ham qo‘llashimiz mumkin.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish