Bog'liq E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1
Umummilliy resurslar fojeasi
0‘rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko‘rib chiqamiz. Shaharchada mavjud ko‘pgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qo‘y yetishtirish edi. Shahardagi ko‘pgina oilalar qo‘ylami yetishtiruvchi xo‘jalikkka (fermalarga) ega edilar, ular qo‘ylaming yunglarini keyinchalik kiyim-kechak sifatida ishlatish uchun sotishar edi.
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda qo‘ylar ko‘pgina vaqtlarini
384
shahami qamrab olgan. Umumiy Maydon deb nomlanuvchi umumiy yerlarda (yaylovlarda) yotib o‘tkazishar edi. Shaharda hech bir oila o‘zining shaxsiy yer maydoniga ega emas edi. Buning o‘miga aholi kollektiv (jamoa) yer maydonlariga (yaylovlariga) ega bo‘lib, o‘z qo‘ylarini mazkur yerlarda boqishar edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki yerlar yaxshi ko‘rinishda saqlanadi. Kishilar o‘zlari uchun shaxsiy yer maydonlarini ajratib olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan xususiyatga ega edi va kishilami qo‘y yetishtirishlarida hech qanday to‘siqlar mavjud emas, bir so‘z bilan aytganda hamma baxtli edi.
Yillar o‘tishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda Umumiy Maydonda boqilayotgan qo‘ylar soni ham ortib borar edi. Yer maydonining o‘zgarmas hajmida qo‘ylar sonini ortib borishi yemi o‘zini o‘zi qayta tiklash qobillyatini kamaytirib borar edi. Oxir-oqibat yemi tarkibi shu darajada yomonlashib ketdiki, natijada u o‘zining hosildorlik darajasini butkul yo‘qotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qo‘ylami yetishtirish imkonsiz va qachonlardir rivoj topgan yung yetishtirish sanoati o‘z-o‘zidan yo‘qolib boradi. Ko‘pgina oilalar o‘zini o‘zi ta’minlash uchun daromad manbaalarini yo‘qotishadi. Xo‘sh, ushbu muammoni yuzaga kelish sabablari nima? Nega cho‘ponlar qo‘ylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha o‘sishiga yo‘l qo‘yishdi. Muammo shundaki, ommaviy va xususiy rag‘batlar (manfaatlar) tubdan farq qiladi.
Hosildor yerlar sifatini saqlab qolish cho‘ponlaming birgalikdagi jamoaviy harakatlariga bog‘liq. Agar cho‘ponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular qo‘ylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan darajada saqlab qolishlari mumkin edi. Biror bir oila uning qo‘ylari sonini kamaytirishdan manfaatdor emas, lekin har bir qo‘ylar guruhi
aslida umumiy muammoning alohida bir bo‘lagi hisoblanadi.
Aslini olganda, umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlami o‘rganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qo‘ylari umumiy maydonda boqilganda bu o‘z-o‘zidan ikkinchi bir oila qo‘y boqishi mumkm bo‘lgan yer maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar yaylovda qancha qo‘y boqish mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi tashqi masalalarga befarqlik bilan yondashishadi, natijada qo‘ylaming umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq ko‘rib chiqilganda shahar aholisi buning yechimini turli usullar bilan topgan bo‘llshar edi. Buni har bir oiladagi qo‘ylar sonini cheklash, ulaming ma’lum bir soni uchun soliq joriy etish yoki qo‘ylaming ma’lum bir sonini boqish huquqini auksion savdolarida sotish kabi usullar bilan tartibga solish mumkin edi. Ya’ni o‘rta asrlardagi shahar qo‘ylar sonini haddan ziyod ortib ketishi muammosini zamonaviy jamiyat atrof-muhitni ifloslanishiga qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga yer bilan bog‘liq holat uchun yana ham soddaroq usullar mavjud: shahar yer maydonini barcha ollalarga teng bo‘lib berishi mumkin edi. Har bir oila o‘z yer maydonini to‘siqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva sonining haddan ziyod ko‘p bo‘lishidan himoyalashi mumkin edi. Shunday qilib, yer umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka aylana boshlaydi. Bu narsa aslida 17-asrda Angliyada o‘rab olish vaqtida yuz berdi ham.