Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi?



Download 1,19 Mb.
bet157/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi?

Kouz teoremasining mantiqiga qaramay, xususiy shaxslar ko‘pincha tashqi ta’sir muammolami hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi faqat manfaatdor tomonlar bitim tuzishi va amalga oshirishida hech qanday muammo bo‘lmaganda amal qiladi. Biroq real dunyoda, o‘zaro manfaatli shartnoma tuzish mumkm bo‘lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi.

Ba’zan manfaatdor tomonlar operatsion xarajatlar, ya’ni savdolashish jarayonida tomonlar rozi boMadigan xarajatlar, tufayli tashqi ta’sir muammosini hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bizning misolda, tasavvur qiling, Dik va Jeyn turli tillarda gapirishadi, shuning uchun, shartnomaga erishish uchun ular tarjimon yollashi kerak.

Agar huruvchi it muammosini hal qilish foydasi tarjimon xarajatidan kam bo‘lsa, Dik va Jeyn masalasini yechilmagan holatda tashlab qo‘yishi mumkin. Yanada real misollarda, operatsion xarajatlari tarjimon xarajati emas, balki shartnomalami tayyorlash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqshunos xarajatlari bo‘ladi.

Boshqa vaqtlarda, savdolashish shunchaki buziladi. Urushlar va mehnat to‘qnashuvlari sodir bo‘lishi kellshuvning qanchalik qiyin bo‘lishi mumkmligini ko‘rsatadi va kelishuvga erishish juda qimmatga tushishi mumkin. Muammo shundaki, har bir tomon odatda o‘zi uchun yaxshiroq shartnoma uchun harakat qiladi. Misol uchun, Dik itdan 500 so‘mlik foyda oladi va Jeyn it hurishidan 800 so‘mlik xarajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Jeynning itdan qutilish uchun Dikga to‘lashi samarali bo‘lsa-da, bu natijaga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab narxlar bor. Dik 750 so‘m talab qilishi mumkin, va Jeyn faqat 550 so‘m taklif qilishi mumkin. Ular narxi ustida savdolashaversa, huradigan it bilan samarasiz natija davom etaveradi.

Manfaatdor tomonlar soni ko‘p bo‘lganda samarali savdolashishga erishish, ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, yaqin ko‘l suvini

ifloslantiradigan bir zavodni olaylik. Ifloslanish mahalliy baliqchilarga salbiy tashqi ta’sir ko‘rsatmoqda. Kouz teoremasiga ko‘ra, ifloslanish samarasiz bo‘lsa, unda baliqchilar ifloslantirmaslik uhchun zavodga haq to‘lashi orqali zavod va baliqchilar savdolashishga erishishi mumkin. Biroq, agarda baliqchilar ko‘p bo‘lsa, zavod bilan savdolashishga ulaming barchasini muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz boiishi mumkin.

Xususiy savdolashish ishlamaganda, ba’zan hukumat rol o‘ynashi mumkin. Hukumat ommaviy harakatlar uchun mo‘ljallangan muassasa hisoblanadi. Bu misolda, baliqchilar o‘zlari uchun harakat qilishi ilojsiz

bo‘lsa ham, davlat baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.

Nazorat savollari



  1. Salbiy tashqi ta’sir va ijobiy tashqi ta’sirga misol keltiring.

  2. Firma ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keladigan salbiy tashqi ta’simi tushuntirish uchun talab va taklif rasmini chizing.

  3. Qanday qilib patent tizimi jamiyatga tashqi ta’sir muammosini hal qilishda yordam beradi?

  4. Tuzatuvchi soliqlar nima? Nega iqtisodchilar atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishda ulardan foydalanishni afzal ko‘radi?

  5. Tashqi ta’sir natijasida kelib chiqqan muammolami hukumat aralashuvisiz hal qilish mumkin bo‘lgan yo‘llar ro‘yxatini tuzing.

  6. Tasavvur qiling, siz chekmaysiz, lekin chekadigan kishi bilan bir xonadaturibsiz. Kouz teoremasiga ko‘ra, xonadoshingiz xonada chekish yo chekmasligini nima belgilaydi? Bu natija samaralimi? Siz va xonadoshingiz bu muammoga qanday yechim topasiz?


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish