Daromadlami differensiatsiyalashuvi (xilma-xil boMishi, tabaqalashuvi). Shaxsiy daromadlammg tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil bo‘lishi yotadi. Ish haqining har xil boMishi esa quyidagi omillarga bog‘liq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qog‘ozlammg notekis taqsimlanishi, ko‘chmas mulkning notekis taqsimlanishi, ya’ni jamg‘armaning notekis taqsimlanishi va hokazolar.
Bulardan tashqari daromadlaming notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega bo‘lish, tavakkalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma’lum rol o‘ynaydi. Ushbu omiHaming ta’siri har- xil, ba’zi hollarda ular daromadlami taqsimlashga qaratilgan bo‘lsa, ba’zi hollarda notekislikni kuchaytiradi.
Daromadlami notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorents egri chizig‘idan foydalaniladi.
Lorents egri chizig‘ini chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal o‘q bo‘yicha aholining yoki oilalaming foizlardagi ulushi ifodalanadi. Vertikal o‘q bo‘yicha - daromadlar foizi ifodalanadi (14.20-rasm).
14.20-rasm. Lorens egri chizig‘i.
Odatda aholini besh qismga bo‘ladi, ya’ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o‘qiga eng kam daromadga ega bo‘lgan qismidan boshlab to eng ko‘p daromad oladigan qismigacha bo‘lgan ketma- ketlikdajoylashtiriladi.
Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil ho‘lsa, ya’ni daromad tekis taqsimlangan ho‘lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to‘g‘ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to‘g‘ri keladi va hokazo.
Grafikdagi OF chizig1 i daromadlami absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizig1 i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi. Lorents egri chizig1 i 0ABCDF daromadlami real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi.
Amalda aholining eng kam ta’minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to'g'ri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi to'g'ri keladi. Shuning uchun ham Lorents egri chizig‘i daromadlami absolyut tekis va notekis taqsimlanishini ifodalovchi chiziqlar o‘rtasida joylashgan.
Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis bo‘lsa, Lorents egri chizig‘i shuncha E nuqtaga tomon botiq bo‘ladi. Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis bo‘lsa, Lorents egri chizig‘i to‘g‘rilanib OF chizig'iga shuncha yaqinlashadi.
Daromadlami notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsiyentini DJ deb belgilasak, u OABCDF yuzani (1-rasmda shtrixlangan yuza) OFE uchburchak yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi:
С
„ J ‘-’o ABCDF
L)J ' л •
^0 FE
Bu yerda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar, barcha transfert to‘lovlari (qaytarib olinmaydigan pul to‘lovlari). Lekin, bu yerda aholini o‘z tomorqasidan oladigan daromadi, uyidagi chorva mollaridan tushadigan daromad, davlat tomonidan ta’limga, meditsina hizmatiga sarflanadigan mablag‘lar, xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlami qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya’ni o‘sib bomvchi soliq tizimiga ko‘ra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq toMovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta’mmlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflanadi. Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug‘urtalash va kam ta’mmlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Ijtimoiy sug‘urtalash dasturiga ko‘ra nafaqaxo‘rlar, aholining ishga yaroqsiz bo‘lgan qismi, boquvchisini yo‘qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug‘urtalanadi.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo‘yicha ko‘p bolali oilalarga yordam heriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlami qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorens egri chizig‘i to‘g‘rilarrib OF chizig‘i tomonga siljiydi, ya’ni Lorens egri chizig'i оABCDF holatdan 0ABCDF holatga siljiydi (14.21-rasm).
14.21-rasm. Daromadlami qayta taqsimlanishi natijasida Lorents egri chizig‘ining siljishi.
Daromadlami qayta taqsimlash siyosati istiqbolda o‘zini samarasini beradi. Nima uchun deganda, kam ta’minlangan aholi o'qish, bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va ular kelajakda jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |