Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun toianadigan narx.
Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo‘ladi. Agar kapital pul shaklida bo‘lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo‘yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo‘lsa, u kapitalga ko‘ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyatsiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori, ya’ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad mavjud bo‘ladi.
Yashirin daromad ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi - pora olish (korruptsiya), giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi - patentsiz va litsenziyasiz sotish faoliyati bilan shug‘ullanishdan tushadigan daromad va soliq hizmatldan yashirilgan daromad.
Davlat o‘zining daromad siyosatini amalga oshirishda aholini turmush darajasini ifodalovchi agregat ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Ana shunday ko‘rsatkichlardan biri - yalpi ichki mahsulotdir (YalM).
YalMni aholi jon boshiga hisoblagandagi ko‘rsatkich aholini turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘hb, u har bir aholi jon boshiga jami ishlab chiqarilgan (bir yil davomida) mahsulotning qancha qismi to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Lekin, bunday taqsimlanish aholi daromadining differentsiallashganligini (har xil bo‘lishini) ifodalamaydi.
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq xo‘jaligidagi ishlovchilar, hizmatchilar, tadbirkorlar, o‘qituvchilar, meditsina hizmati xodimlari va hokazolar) iborat bo‘lgani uchun ushbu guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil bo‘ladi. Aholi daromadining taqsimlanish dinamikasi iste’mol byudjeti orqali o‘rganiladi. Iste’mol byudjeti ham turli xil bo‘lishi mumkin: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng yuqori umumiy daromad oladigan oilalami kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal byudjetli oilaga, oila a’zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy daromadlari minimal bo‘lgan oilalar kiritiladi.
Aholini turmush darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlardan biri bu yashash minimum. Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy takror tiklash uchun zarur bo‘lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal iste’mol korzinasi ham deb qaralishi mumkin. Yashash minimumi aholini qashshoqlik chizig‘i sifatida ham qarash mumkin. Yashash minimumidan past daromad oladigan aholining qismi qancha ko‘p bo‘lsa, aholining qashshoqlik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar iste’mol korzinasiga ko‘ra hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rtacha daromad iste’mol korzinasiga quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy, avtomobil, uyning zamonaviy jihozlari, audio va video texnika, sayohat qilish imkoniyati, bolalarini kiyintirish, o‘qitish, ilmiy asoslangan oziq-ovqat, kiyim- kechak, ma’lum darajadagi jamg‘arma.
Odatda minimal iste’mol korzinaga boshlang‘ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti).
Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi ko‘pmcha ushbu aholi tarkibidagi o‘rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi. 0‘rtacha sinfdagi aholining mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Bozor talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta’minlash o‘rta sinfga qarashli aholiga ko‘proq bog‘liq.
Rivojlangan davlatlarda o‘rta sinfga qarashli aholi umumiy aholining 50 foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi.
Yuqorida ham ta’kidlab o‘tdikki, bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zidan jamiyatdagi daromadlami tekis taqsimlashni ta’minlamaydi, shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o‘ta qashshoq, boy va o‘ta boy aholi guruhlari saqlanib qoladi. Tsivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi daromadlaridagi keskin ravishda katta bo‘Igan farqlami qisqartirishga, daromadlami ko‘proq adolatli qayta taqsimlashga qaratilgan. Har bir tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlami, nafaqaxo‘rlami, ko‘p bolali oilalami ijtimoiy himoya qilishni o‘z bo‘yniga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |