Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


Zamonga mos bo ‘Imagan insonlar



Download 1,19 Mb.
bet89/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

Zamonga mos bo ‘Imagan insonlar

Bir nechta zerikarli vazifalami masalan, kirlaringizni yuvayotganmgizni, mashina yo‘lidagi qomi kurashni yoki daromad solig‘i anketasini to‘ldirishni ko‘z oldingizga keltiring. Quyidagi savollami ко‘rib chiqamiz.

  1. Siz bu vazifani hozir bajarish uchun 50 daqiqa sarflashni (A) tanlaysizmi yoki vazifani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) tanlaysizmi?

  2. Siz bu vazifani 90 kunda 50 daqiqa sarflab bajarishni (A) tanlaysizmi yoki 91 kunda 60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi?

Ko‘pchilik insonlar bunday savollar berilganda, 1-savol uchun В javobni, 2-savol uchun A javobni tanlashadi. 2-savoldagidek agar kelajakka nazar tashlasak, insonlar zerikarli vazifani bajarishga ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Lekin 1-savol kabi mashqni zudlik bilan qilishga to‘g‘ri kelsa, ular buni orqaga surishni tanlashadi. 0‘ylab ko‘rsak, bu harakat ajablanarli emas. Har kim vaqtni orqaga suradi. Lekm ratsional inson nazariyasidan kelib chiqsak, quyidagi jumboqni yuzaga keltiradi va o‘ylantirib qo‘yadi: masaian, 1-savoiga bir inson 90 kun ichida 50 mmut sarflashni tanladi desak, keyin 90-kun kelsa va unga o‘z fikrini o‘zgartirishga imkon bersak. Natijada u 1-savol bilan to‘qnashadi va u vazifani keyingi kunga qoldirishga qaror qiladi. Lekin nega vaqtning arzimagan o‘zgarishi uning qarorlariga ta’sir qilyapti?

Hayolining ko‘p qismida odamlar o‘zlari uchun rejalar tuzishadi, lekm keyin unga mos ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Sigareta chekuvchilar o‘zlariga chekishni tashahni va’da berishadi, lekm 0‘zlarimng oxirgi sigaretasini chakayotgan so‘nggi damlarda u yana chakishni xohlaydi va va’dasini buzadi. Ortiqcha vazndan qutilmoqchi bo‘lgan insonlar boshqa desert yemaslikka va’da berishadi lekin ofitsant desert aravachasini olib kelganida u va’dasi haqida unutadi. Ikkala holatda ham bir zumlik rohat bo‘Igan istak oldingi qarorlami unitishga sabab bo‘ladi.

Ba’zi iqtisodchilar iste’molni tejashni odamlaming davr bilan hamnafas emasliklarini namoyon etishdagi yaqqol misol ekanligiga ishonishadi. Jamg‘arish bu sigaretani yoki desertni tashlashga o‘xshaydi va uzoq kelajak mukofoti uchun hozirda qurbonlik qilish va ko‘pchilik chiquvchilar kabi chekishni tashlashni xohlashadi va ko‘pchilik ortiqcha vazn egalari kamroq ovqatlanishga harakat qilishadi, ko‘pchilik xaridorlar foydasini ko‘proq qismini tejashga harakat qilishadi. Bir tekshiruvga ko‘ra, 76% amerikahklar nafaqa uchun yetarlicha pul jamg‘armaganini aytishgan.

Sigareta chekuvchi sigaretani uloqtirib yuborish orqali chekishni tashlashi mumkin va diyetadagi inson muzlatkichga qulf osib qo‘yishi mumkin. Judayam kam tejaydigan inson nima qilishi mumkin? U pullarini ishlatishdan avval ulami qulflashni yo‘lini topishi lozim. Ba’zi 401(k) kabi pensiya schyotlarida aynan shunday qilinadi. Ishchi u hali ko‘rmagan to‘lov qog‘ozidan pul olishlariga rozi bo‘lishi mumkin. Hisob raqamiga qo‘yilgan mablag‘dan nafaqaga chiqishdan avval faqatgina jarima to‘lab foydalanish mumkin. Balkim bu nafaqa hisob fondi mashhurligining bir sababidir. Ular odamlami ulaming ikkilamchi ehtiyojlaridan himoya qiladi.

Nazorat savollari



  1. Axloqiy xavf nima? Ish beruvchi bu muammoning qattiqqo‘llikni kamaytira oladigan 3 ta narsani izohlang.

  2. Noqulay tanlov nima? Noqulay tanlov muammosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bozorga misol keltiring.

  3. Xabar berish va tahrirlashni tushuntiring va har biriga misollar keltiring.

  4. Condorcet paradoksini saylovining noodatiy xususiyati nima?

  5. Nega ko‘pchilik qoidalar o‘rtacha saylovchilardan ko‘ra saylovchilami xohishlarini hurmat qiladi?

Ultimatum o‘yinini tasvirlang. Bu o‘yin odatiy iqtisodiy nazariyadagi qaysi holatni tasvirlaydi? Tajribalar bu vaziyatlami tasdiqlaydimi? Izohlang.

  1. BOB ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI

  1. Ishlab chiqarish texnologiyasi.

So‘nggi uch hobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’­molchilaming afzal ko‘rishlari va xatti-harakatiga qaratdik.

Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilaming xatti- harakatini ko‘rib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymati o‘zgarishi bilan ishlab chiqarish sarflarining o‘zgarishini ko‘ramiz. Shuningdek, firmalar va iste’molchilar qo‘llayotgan optimal yechimlar o‘rtasida o‘xshashlik borligini ko‘ramiz, iste’molchi xatti-harakatini o‘rganish bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi.

Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar (sarflar) nazariyasi markaziy o‘rin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, «Jeneral motors» kompaniyasi muntazam duch keladigan muammolar bilan tanishib chiqamiz. Yig‘uv liniyalarinmg texnikaviy ta’mmlanganlik darajasi qanday bo‘lishi va uning yangi avtomobil zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar kompaniya ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqchi bo‘lsa, ishchilami ko‘proq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar qurish ham zarurmi? Nima maqsadga muvofiq: bitga avtomobil zavodi turli modellar ishlab chiqarganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? «Jeneral motors» o‘zining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda qanday rejalashtirmoqda va vaqti kelganda bu ishlab chiqarish sarflari qanday tarzda o‘zgaradi, ularga ishlab chiqarish hajmi qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qo‘llanib qolmasdan, balki tovarlar ishlab chiqaruvchi, hizmatlar ko‘rsatuvchi, hukumatga qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir.

Ushbu bobda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasirri o‘rgarrib chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar)ning birgalikda amal qilishi tayyor mahsulot (avtomobillar va televizorlar) ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Biz buni bir nechta bosqichda amalga oshiramiz. Birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish funksiyasi shaklida tasavvur etamiz. Keyin, ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanib firmada ishlab chiqarish omillari o‘zgarganda mahsulot ishlab chiqarish qanday o‘zgarayotganligini ko‘rsatamiz.

Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz.

Firma ishlab chiqarish hajmini uning ko‘lami oshgan sari ko‘paytiruvchi texnologik afzalliklar mavjudmi?

Shuningdek, biz ko‘p tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham o‘rganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini qanday joylashtirishini ko‘rishimiz mumkin.

Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risidagi empirik axborotni, jumladan, ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi natijasida mahsulot tannarxining pasayishi to‘g‘risidagi axborotni qanday olinishi va undan qanday foydalanilishmi ko‘ramiz.

Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab chiqarish omillarini qo‘llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari bo‘lmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob-uskunalarga qo‘yilgan kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlah chiqarishda foydalanadi.

Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga ajratishimiz mumkin, bulaming har biri kichikroq guruhlami o‘z ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat sig‘imi ko‘rsatkichi orqali ham malakali (duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo'jaligi ishchiiari)ni, shuningdek, firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi.

Po‘lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular firma sotib olib tayyor mahsulotiarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalanadi.

Ishlab chiqarish funksiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri alohida nisbatda qo‘llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko‘rsatadi.

Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va kapital К mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funksiyasini

Q = F(L,K) (6.1) tarzida yozishimiz mumkin.

Tenglamadan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omilining miqdoriga bog‘liq. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi bir yilda kattaligi ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig‘uv konveyerida band bo‘lgan muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqchash imkonini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganiik darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funksiyasi yordamida aniqpash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funksiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi.

Masalan, vinoni ko‘p mehnat talab qiluvchi qo‘lda tayyorlash usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko‘p kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini o‘zaro bog‘lanishning turli usullari to‘g‘risidagi muayyan bilimga ega boMgan holat uchun) qoMlash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qat’iy belgilangan tarkibda ko‘paytirishi mumkin.

Ishlab chiqarish funksiyasi nuqtayi nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab chiqarish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yoM qo‘ymaydi — ular firmalaming iqtisodiy samaradorllgini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish omillarining har qanday o‘zaro bogManishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funksiyalari ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ma’lum nisbatda boMishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bogMiq boMgani uchun, hech qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombmatsiyalar qoMlanllmaydi.

Ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarali deb o‘ylash hamma vaqt ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslami behuda sarflamaydi.

Ko‘pgina savollami ko‘rib chiqishda biz firmalar bitta aniq mahsulot turini ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz.

  1. Izokvantlar

Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab chiqariladi. 9.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha o‘zaro birikishida mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan.

  1. jadvalda ko‘rsatilgan har bir natija mahsulot ishlab chiqarishning maksimal hajmi bo‘lib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qo‘llash tufayli ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan foydalanish 85 birlik oziq-ovqat mahsuloti beradi).


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish