Talab va taklif birgalikda
Talab va taklif alohida tahlil qilingach, biz endi ulami bozorda sotiladigan tovar narxi va miqdoriga ta’sirini aniqlash maqsadida birgalikda ko‘ramiz.
Muvozanat
rasmda bozor taklifi egri chizigi va bozor talabi egri chiziqlari birgalikda tasvirlangan. Talab va taklif egri chiziqlari bir nuqtada kesishganiga e’tibor berish lozim. Bu nuqta bozor muvozanati deb ataladi. Bu kesishish nuqtasidagi narx muvozanatli narx, miqdor esa muvozanatli miqdor deyiladi. Bu yerda muvozanatli narx $2 va muvozanatli miqdor 7 ta muzqaymoq.
R
Muvozanat Muzqaymoq
miqdor miqdori
asm 8
Tabh va taklif mu\чг.ппяй
Muvozanat nuqta talab va taklif egri chiziqlari kesishadigan nuqta hisoblanadi. Muvozanat narxda talab miqdori va taklif miqdori tenglashadi Bu yerda muvozanat narx $2: bu narxda 7 dona muzqaymoq taklif qilinadi va 7 dona muzqaymoqqa talab mavjud.
Lug‘at muvozanat so‘zini turli xil kuchlaming tenglik holati sifatida ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, xaridorlar sotib olishga tayyor va qodir bo‘lgan tovarlar miqdori, sotuvchilar yetkazib berishga tayyor va qodir bo‘lgan tovarlar miqdoriga teng boladi. Muvozanatli narx ba’zan bozomi tozalovchi narx deyiladi,
32
chunki, bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar.
Xaridor va sotuvchilar harakati bozomi tabiiy ravishda talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor narxi muvozanatli narxga teng bo‘lmagan holatda nima bo‘lishini ko‘rib chiqishi lozim.
Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9- shakl (a). Narx $2.50 bo‘lganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 dona muzqaymoq) mahsulotga bo‘lgan talab miqdoridan (4 dona muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi: sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar. Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq sotuvchilari muzlatkichlari ular sotishni xohlaydigan ammo sota olmaydigan muzqaymoqlar bilan to‘ladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga mahsulot narxini pasaytirish orqall javob qaytaradi. Narxlaming tushishi mahsulotga bo‘lgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom etadi.
Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 rasm (b). Bu holatda bir dona muzqaymoq uchun narx $1.50 va mahsulotga bo‘lgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu holatda tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar.
Muzqaymoq bozorida taqchillik sodir bo‘lganda, xaridorlar oz miqdordagi muzqaymoqlardan birini xarid qilish uchun uzoq navbatda turishlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘p xaridorlar oz mahsulot ortidan quvishi, taqchillikka sotuvchilar savdo hajmini yo‘qotmagan holda narxni ko‘tarish orqali javob qaytaradi. Narx o‘sishi tufayli talab miqdori tushadi, taklif miqdori oshadi va bozor yana qayta muvozanat nuqtaga qarab harakatlanadi.
(
9 Rasm
jMuv-
bo'
Takiif ortiqchaligi
Talab
hajmi
Takiif Muzqaymoq hajmi miqdori
a) qismda ortaqchaiilik tasvirlangm. Bozor bahosi ($2.50) muvozanat narxdan yuqori bo‘lganligi sababli mahsulot taklifi miqdori ( 10 ta muzqaymoq) mahsulotga boigan talab miqdoridan (4 ta muzqaymoq) oshadi. Mot yetkazib beruvchilar muzqaymoq narxini qisqslinsh orqali soti^i hajmini oshirishga harakat qiladi va bu narxni muvozanat nuqta tom on harakatiantiradi. (b) qismda yetishroovchilik tasvirlangan, Bozor narxi muvozanat narxdaa quyida bo'iganligi sababli mahsulotga bo'lgan talab miqdori (10 ta muzqaymoq) mahsuiot takiifi (4 ta muzqaymoq) miqdoridai oshadi. Ko‘p xaridor oz miqdordagi mahsulotga talab bildirisbidan sotuvchilar narxni oshirish orqali manfaat ko'radi. Shuuday qilib, ikkala btoiatda h&n narx o'zgarishi bozomi talab va takiif muvozanati tonion harakatiantiradi.
Talab ortiqchaligi
Takiif
hajmi
Talab Muzqaymoq hajmi miqdori
Shunday qilib sotuvchilar va xaridorlar harakati bozor narxini avtomatik tarzda muvozanatli narx tomon suradi. Bozor muvozanatli narxga erishishi bilanoq, barcha sotuvchi va xaridorlar qoniqadi va narxda yuqoriga va pastga bosim mavjud bo‘lmaydi. Qanchalik tez muvozanatga erishish va qanchalik tez narx o‘zgarishiga qarab, bozordan bozor farq qiladi. Ko‘plab erkm bozorlarda mahsulot ortiqchaligi vaqtinchalik holat hisoblanib, narxlar muvozanatli darajasiga qarab harakatlanadi. Chindan, bu hodisa keng tarqalgan bo‘Hb, talab va takiif qonuni deb ataladi. Istalgan bir mahsulot narxi shu mahsulotga bo‘lgan talab va takiif miqdorini muvozanatga keltirish maqsadida o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |