Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar
Qog‘oz zavodi va po‘lat zavodi misoliga qaytadigan bo‘lsak, keling tasavvur qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA
tartibga solishni joriy qiladi va har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya qilgan paytda, ikkala firma EPAga takhf bilan murojaat qiladi. Po‘lat zavod 100 tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog‘oz zavodi po‘lat zavodi unga so‘m5 million toMasa, o‘sha miqdorda o‘z chiqindi chiqarishini kamaytirishga rozi bo‘ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi?
Iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo‘layotgani bois, shartnoma ikkala zavod egalariga foydali boiishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi ta’sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, qog‘oz zavodining po‘lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kehb chiqadi.
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har qanday ixtiyoriy o‘tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday shartnomalar qilish imkonini beradigan boMsa, u, o‘z mohiyatiga ko‘ra, yangi noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo‘ldi. Bu ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo boMadi va bu bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan boMadi. Ko‘rinmas qoM bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. Ya’ni, toMashga o‘z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak baholaydigan firma qoMga kiritadi.
Firmaning to‘lash uchun xohishi, o‘z navbatida, ifloslanishni kamaytirish xarajatiga bog‘liq bo‘ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko‘p xarajatli bo‘Isa, ruxsatnoma uchun to‘lashga shunchalik ko‘p tayyor bo‘ladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo‘l qo‘yish afzalligi shundaki, firmalar o‘rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang‘ich taqsimoti iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat ifloslanishni arzon xarajatlar hilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalami sotadi va yuqori xarajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o‘zlariga kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor bo‘lgani tufayli, boshlang‘ich taqsimotdan qat’iy nazar so‘nggi taqsimot samarali bo‘ladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi soliqlardan farqli ko‘rinsa-da, ikki siyosat ko‘p umumiy
jihatlarga ega. Har ikki holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to‘laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to‘lashi kerak. Ifloslantirish ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to‘lashi kerak. (Hatto allaqachon o‘z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun toTashi shart: ular ochiq bozorda o‘z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor ifloslantirish imkoniyati xarajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni xarajatli qilish orqali tashqi ta’simi o‘zlashtiradi.
Ikki siyosat o‘xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish mumkm. 15.4-rasmdagi ikkala rasmlar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig‘ini ko‘rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo‘lsa, firmalar ifloslantirishni shunchalik ko‘proq tanlashini ko‘rsatadi. (a) rasmda EPA ifloslantirish uchun narx belgilash
uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun takiif egri chizig‘i mukammal elastik (chunki firma soliq to‘lash orqali ular istaganicha ko‘p ifloslantirishi mumkm) va talab chizig‘i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) rasmda, EPK ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun takiif egri chizig'i mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig‘i vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdomi o‘matish orqali berilgan talab egri chizig‘ining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Rasm Tuzatuvchi soliq va ifloslantirish ruxsatlarming ekvrvalentligi.
Rasmda EPA tuzatuvchi soliq joriy qilib ifloslanish narxini belgilaydi va talab chizig'i ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) rasmda EPA ifloslantirish mxsatlari sonini cheklash orqali ifloslanish miqdorini cheklaydi, va talab chizigi ifloslanish narxini belgilaydi. Ikkala holatda ifloslanish narxi va miqdori bir xil
Ifloslanish
narxi
Do'stlaringiz bilan baham: |