Iste’moldagi raqobat?
Ha Yo‘q
|
Xususiy mulk
|
Tabiiy monopoliyalar
|
|
• Muzqaymoq konusi
|
• yong‘indan himoya
|
Ha
|
• kiyimlar
|
• Kabel TV
|
|
• tirband yoMlardan
|
• tirband bo‘lmagan yo'llar
|
|
foydalanish uchun to‘lov
|
uchun to‘lov
|
Mustasnomi
|
|
|
|
Umumiy resurslar
|
davlat mahsulotlari
|
|
• dengizdagi baliq
|
« Milliy mudofaa
|
Yo'q
|
• Atrof-muhit
|
• Tirband bo'lmagan yo‘llar
|
|
• bepul yo‘llardan ketyapsi2
|
uchun to‘lov
|
Umumiy resurslar. Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan mahrum qilinishi mumkin hoMmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin boMgan baliqlar soni kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan mahrum qilinishi mumkin boMgan mahsulot emas. Sabahi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak, baliq tutuvchilami baliq tutishdan to‘xtatish o‘ta mushkul vazifadir.
Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega boMish bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega boMmasa, u holda mazkur mahsulot tabiiy monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol boMa oladi. Masalan, kichik shaharchada yongMnga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik. Biror kishini bu mahsulotni (hizmatni) iste’mol qilishdan mahrum etish juda oson: yongMnga qarshi kurashish boMimi shunchaki o‘sha kishining uyini yonib bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (hizmat) cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shahaming yongMnga qarshi kurashish boMimi xarajatlari toManganda, kichik bir uyni yong‘mdan himoya qilish xarajatlari hech narsa emas (15-bobda tabiiy monopoliyalar mavzusi chuqurroq o‘rganiladi va unga kengroq
ta’rif beriladi).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan 16.1-rasm mahsulotlami aniq 4 guruhga bo‘lishni ko‘zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o‘rtasidagi chegara ko‘p hollarda aniq bo‘lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki iste’molda cheklanganmi ko‘p holatlarda aniq bir darajaga bog‘liq bo‘lib qoladi. Okeandagi baliq iste’moldan mahram qilinish xususiyatiga ega bo‘lmaydi, sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga qo‘riqlanadigan qirg‘oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo‘lgani bilan baliq ovlovchilar soniga ko‘ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko'rib o‘tish mumkin (shimoliy- amerikalik baliq tutvchilami u yerlarga yevropalik ko‘chmanchilami ko‘chib kelgungacha bo‘lgan holatini eslang). Bu fikr bizning tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to‘rt guruh mahsulotlari uchun ham foydali bo‘ladi.
Mazkur bobda biz iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo‘lmagan mahsulotlami ko'rib chiqamiz: ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar va umumiy resurslar. Sababi kishilar bu mahsulotlami iste’molidan mahrum etilishlari yoki voz kechishlari mumkin emas, ular hamma uchun mavjud. Ommaviy mahsulotlar va umumiy resurslami o‘rganish tashqi faktorlami o‘rganish bilan chambarchas bog'liq. Ushbu har ikkala mahsulot uchun ham tashqi faktorlar yuzaga keladi, chunki ba’zi bir tabiiy ne’matlar (boyliklar) narxga ega bo'lmaydi. Agar biror bir kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotdan iste’mol qilishi (foydalanishi) kerak bo‘lsa, aytaylik tornado ovozidan, boshqa bir kishi esa undan ko‘ra yaxshiroq ko'rinishda (vaziyatda) ham foydalanishi mumkin. Ulaming
har ikkisi mahsulot uchun haq to‘lamasdan foyda olishadi - bu ijobiy tashqi ta’sir. Xuddi shunday, biror kishi ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotni iste’mol qilayotganda, aytaylik okeandagi baliqni, boshqa kishilarda undan foydalanish imkoniyati pasayib ketadi, chunki tutilishi mumkin bo‘lgan baliqlar soni kamayadi. Ular yuzaga kelgan yo‘qotishdan ma’lum ma’noda zarar ko‘rishadi, biroq hech kim buni qoplab berish majburiyatini olmaydi - bu esa salbiy tashqi ta’sir. Ushbu kabi tashqi ta’sirlar tufayli, iste’mol qilish va ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ko‘pchilik qarorlar resurslami samarasiz taqsimlanishiga olib keladi. Ushbu holatlarda davlatning aralashuvigina iqtisodiy farovonlikka va resurslar barqarorligiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |