Sotuv shaxobchalari – (filiallari) iste‘molchiga yaqin bo‘lgan joylarda
savdoni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi yirik korxona tomonidan
shakllantiriladi. Savdo shaxobchalarini asosiy foydasi iste‘molchilarga tez
tovarlarni yetkazb berish va bozor konyunkturasini o‘rganishdan iborat.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat
komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon
topshirig‘i bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o‘z nomidan bitishuvlarni amalga
oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
komissiya shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |