Savdo sindikatlari –bunday tashkiliy firmalar bir turdagi mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi korxonalar tarmoqlarida (yoqilg‘i, sement, metall, o‘g‘itlar) va qattiq
raqobat sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchi korxona marketing
tadqiqotlari asosida mumkin bo‘lgan tarqatish kanallarini strukturasini aniqlaydi va
mavjud resurslar orqali va o‘z shaxsiy ta‘minotchilari bilan sotuv faoliyatini amalga
oshiradi. Ishlab chiqaruvchi firmalar uchun mustaqil ravishda tovar va xizmatlarni
tarqatish samarasiz bo‘lsa, ular boshqa samaraliroq tarqatish kanallaridan
foydalanib ish ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |