ketma-ketligini, harakat va usullar majmuasini istemolchining tanlash va ularni jalb
qilish, shartnoma shartlariga ko‘ra yetkazib berishning ratsional yo‘llarini tanlash,
tovarlarni saqlash va taxlash kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab
chiqaruvchidan to iste‘molchiga tovar va xizmatlarni yetkazib berish, bu borada
Savdo (o‘tkazish, sotish) siyosati tovarlarning harakatlanishi bo‘yicha qarorlar
Tovarlar harakatlanishi (marketing logistikasi) – iste‘molchilar ehtiyojlarini
qondirishuchun foyda ko‘rish maqsadida materiallarni va tayyor mahsulotlarni
ishlab chiqarilganjoylaridan iste‘mol joyiga yetkazish faoliyatini rejalashtirish,
hayotga tatbiq etish va jismoniy joylashtirilish ustidan nazorat qilish faoliyatidir.
222
tovarlarni zarur joyga yetkazib berish hisoblanadi.
Tovarlarni harakatlantirishning asosiy chiqimlaritovarlarni transportlarga
yuklash – tushirish, omborlarga joylashtirish, tovar – moddiy zahiralarni saqlash,
tovarlarniolish, tushirish, qadoqlash, ma‘muriy xarajatlar va buyurtmachilar bilan
ishlash bo‘yicha xarajatlardan yig‘iladi.
Tovarlar harakati – bu nafaqat xarajatlar manbasi, shuningdek, talabni
yaratishning
potensial
ko‘rinish
ham.
Tovarlar
harakati
tizimini
mukammallashtirish hisobiga qo‘shimcha mijozlarni jalb etish, yaxshi xizmat
ko‘rsatish va narxlarni tushirishni taklif qilish mumkin.
Tovarlar harakati tizimlaridan birortasi ham bir vaqtning o‘zida mijozlar
uchun maksimal servis bilan bir vaqtda tovarlarni taqsimlash sarfini minimumga
tushirishga qodir emas. Mijozlar uchun maksimal servis katta tovar moddiy
zahiralarini saqlashni, nuqsonsiz transportirovka xizmatiniva ko‘plab omborlar
bo‘lishini ko‘zda tutadi, bu esa xarajatlar ortishiga olib keladi.
Tovarlarni harakatlantirish xarajatlari ko‘pincha o‘zi bilan teskari
mutanosiblik bo‘yicha bog‘langan. Masalan, xarajatlarni minimumga keltirish
uchun yuklarni tushirish bo‘limi arzon konteynerlardan foydalanadi. Bu esa
tovarlarniyo‘lda ko‘plab zararlanishiga olib keladi va iste‘molchilarning
noroziligini keltirib chiqaradi. Shu bois tovarlar harakatini tashkil etish bo‘yicha
qarorlar qabul qilishga tizimli yondashuv zarur. Tovarlarni harakatlantirish tizimini
asosiy nuqtasi – iste‘molchilar talablarini va raqobatchilar takliflarinio‘rganish.
Iste‘molchilarni quyidagilar qiziqtiradi:
1) tovarni o‘z vaqtida yetkazilishi;
2) yetkazib beruvchining mijozning shoshilinch ehtiyojini qondirishga
tayyorligi;
3) tovarlar bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish;
4) yetkazib beruvchining kamchiligi mavjud bo‘lgan tovarni qaytarib olish va
uni zudlik bilan almashtirishga shayligi;
5) yetkazib beruvchining mijoz uchun tovar – moddiy zahiralarni saqlab
turishga shayligi.
Firma mijozlar ko‘z oldida xizmatlarning bu turlarini solishtirma qiymatini
o‘rganishlari lozim. Masalan, nusxa ko‘chirish uskunalarini sotib oluvchilar uchun
servis ta‘mir muddatlarikatta ahamiyatga ega, kredit oluvchi bank mijozlari uchun
iloji boricha tezroq javob olishlari muhim. Shuning uchun Amerika banklaridan biri
quyidagicha reklama shiori ostida ishlaydi: Agar bizning bankimizga
murojaatqilsangiz, oradan ikki soat o‘tib, bankimiz sizga reklama berishga
tayyorligi haqidagi javobni olasiz. Xususiy standartlarni ishlab chiqishda
raqobatchilar standartlarini ham, albatta, hisobga olish kerak.
Tovarlar harakati tizimi quyidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishni
ko‘zda tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: