143
14-mavzu.Marketing tizimida axborot ta‟minoti
1. Marketingda axborotlarning ahamiyati
2. Marketing axborotlari turlari
3. Marketing axboroti manbalari
Tayanch so‟zlar: marketing, marketingda axborot, zamonaviy marketing,
ishlab chiqarish, mikro marketing, marketing kompaniyasi davri, iste‘molchi,
marketing bo‘limi davri, konsepsiya, marketing konsepsiyasi, ishlab chiqarish
konsepsiyasi, tovar konsepsiyasi.
1. Marketingda axborotlarning ahamiyati.
Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish
axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o‘rtasida va
ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot
almashishdan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan
tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning
texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi,
texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan
axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon
mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan
ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab
qilinadi. Axborotlar etishmasa, yoki ulardan to‘la foydalanilmasa, boshqarishda
xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab
chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma'lumotga ega bo‘lmaydi. Bozor imkoniyatlarini
yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har qanday tashkilot,
korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlarini,
raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma'lumotlarga ega
bo‘lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga
oshira olmaydilar.
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni
boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga
egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar
va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va ob'ekti bo‘lib qolmoqda. Shu
bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar ta'kidlaganidek, bozor to‘g‘risidagi
axborotlardan to‘liq qoniqqan korxonani topish juda mushkul. Ayrimlar aniq
ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari noaniq axborotning
ko‘pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik haqqoniyligini
aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham xaridor bozori
sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing axboroti tizimiga
ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko‘pchiligi marketing tadqiqot
bo‘limlariga ega emaslar, boshqalari o‘z tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil
144
qilish bilan shug‘ullanuvchi kichik bo‘limlarga egadirlar. Endi bizdagi ahvolga
kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to‘plash hali o‘z rivojining ilk
bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi,
marketingning
baynalminallashuvi,
raqobatning
keskinlashishi
samarali
axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunga yangi texnikalarning,
yangi kompьyuterlar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va
boshqalarning keng ko‘lamda ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: