Toshkent moliya instituti "menejmet" kafedrasi "menejment"



Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/750
Sana31.12.2021
Hajmi8,39 Mb.
#235710
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   750
Bog'liq
Menejment barcha fak. UMK 2020

Ichki guruxlar: 

menejerlar; direktorlar 

kengashi; xissadorlar; 

yollanma ishchilar. 

Maqsadni belgilash 

Biznesni aniqlash 

Bosh tizimlar 

Biznes falsafasi 

Tashqi guruhlar: 

iste‟molchilar; hukumat;        

kasaba uyushmalari; 

raqobatchilar; jamiyat. 

Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, 

strategiyani ifodalash 



118 

 

ehtiyojlari?) 



-iste‘molchilarning  ehtiyojlari  qanday  qondiriladi  (tajriba  yoki  farq  qiluvchi 

ustunliklar?) 

Diversiyalangan      kompaniya      uchun      «Bizning      biznesimiz      nimadan 

iborat?», degan savol ikki tabaqada ko‘rib chiqilishi kerak: 

-xo‘jalikning  o‘rta  bo‘g‘inlari  uchun  iste‘molchiga  yo‘naltirilgan  (birgina 

biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun ham); 

-korporatsiya miqyosidagi xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari portfeliga yo‘naltirilgan. 

Bu esa quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

-kompaniya portfelining maqsadlari; 

- xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari portfeli diversifikatsiyasi; 

- portfeldagi xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari o‘rtasidagi balans. 

Oldiga  maqsadlarni  qo‘yish  biznes  missiyasining  maxsus  maqsadlar 

qatoriga  aylanish  jarayonidir.  Ayni  paytda  tashkilotning  har  bir  bo‘linmasini  kerakli 

tomonga  yo‘naltirish  jarayoni  ham  ana  shunday  boshlanadi.  Maqsadlar  menejer 

muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb  hisoblagan  har  bir  muhim  natija  uchun 

zarurdir.  Maxsus  muhim  natijalar  odatda  tarmoqning  miqyosi  va  darajasi, 

ishning  rivojlanishi,  investitsiyalarning  qaytarilishi,  dividendlarning  o‘sishi, 

bozor 


o‘lchamlarini, 

sifatli 


mahsulot 

yoki 


texnologiya 

peshqadamlikning  obro‘-e‘tibori,  beqaror  iqtisodiyotda  ishlay  olish  qobiliyati, 

diversifikatsiya  darajasi,  moliyaviy  qudrat,  iste‘molchilarga  xizmat  ko‘rsatish, 

qiymat bo‘yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o‘z ichiga olishi mumkin. 

Mashhur  kompaniyalarning  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadlaridan  namunalar 

keltiramiz: 

- Federal      Express:      Dunyodagi      eng      katta      va      eng      yaxshi      transport 

kompaniyasi bo‘lish; 

- Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo‘lish; 

- General  Electric:  Dunyodagi  eng  qudratli  raqobatchi  bo‘lish,  kompaniya 

biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo‘yicha birinchi yoki ikkinchi o‘rinni 

egallash; 

- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o‘rtacha ishlab chiqaruvchi bo‘lish 

va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 untsiyaga etkazib, 1500000 untsiyaga 

teng oltin zahirasiga ega bo‘lish; 

- Black  and  Decker:  yangi  mahsulotlar  chiqarishni  va  biznesni  keng 

qamrovliligini  davom  etgirish.  Bu  erda  ham  uzoq  muddatli,  ham  qisqa  muddatli 

maqsadlar talab qilinadi. Uzoq muddatli maqsadlar ikki xil bo‘ladi. Birinchidan, ular 

uzoq  muddatli  maqsadlarga  erishish  uchun  bugun  nima  qilish  kerakligini  ko‘rsatadi, 

ikkinchidan,  bunday  maqsadlarning  mavjudligi  menejerni  bugungi  qarorlarni  qabul 

qilishda uzoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi. 

Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga 

zudlik  bilan  erishish  kerakligini  ko‘rsatib  beradi.  Ular  tashkilotga  tanlab  olingan 

yo‘ldan  borish  uchun  kerak  bo‘lgan  tezlikni  ham,  qilinishi  kerak  bo‘lgan 

ishlarning  talab  qilingan  darajasini  ham  (qachon  va  qanchalik  ko‘p  ish  qilish 

kerakligini) ko‘rsatadilar. 




119 

 

Tashkilotning  maqsad  va  vazifalari  ochiq-oydin  bo‘lishi  lozim.  Ba‘zi 



kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma‘lum bir maqsadni 

belgilaydilar  va  so‘ngra  uning  sari  qat‘iy  harakat  qiladilar.  Odatda  bunday 

menejerlar  umid,  iltimos  va  yaxshi  niyatlarga  tayanadigan  kompaniyalarga 

qaraganda  g‘oliblikka  yaxshiroq  nomzod  bo‘ladilar.  Bu  erda  «daromadni 

ko‘paytirish»,  «xarajatlarni  kamaytirish»,  «samaradorlikni  oshirish»,  «savdo  hajmini 

ko‘paytirish»  kabi iboralarni ishlatmaslik kerak. 

Strategik  fikrlash  uchun  maqsadlar  ierarxiyasini  rahbarlikning  barcha 

tabaqalari uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar     uchun 

vazifalarni  anikdashdan  tashqari,  ularni  bajarishning  muhimligini  ham  ta‘minlaydi 

(shu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi). 



Maqsadni belgilashda kompaniya paychilari manfaatlarini hisobga olish. 

Paychilar  kompaniyani  kapital  bilan  ta‘minlaydilar  va  buning  evaziga  o‘z 

investitsiyalaridan munosib daromad olish ulushini qo‘lga kiritadilar.. Kompaniyaning 

hissadorlari  uning  qonuniy  mulk  egalari  hisoblanadi.  Binobarin,  ko‘pchilik 

korporatsiyalarning  maqsadi  xissadorlarning  daromadlarini  imkon  qadar 

ko‘paytirishdan iborat. Paychilar o‘z kapitallaridan ikki xil yo‘l bilan foyda olishadi: 

- dividendlardan; 

- bozor  ko‘lami  kengayganda  (aktsiyalarning  bozor  narxi  ortganda) 

kapitalning qiymati ortishidan. 

Kompaniya  uchun  aktsionerlar  daromadini  oshirishning  eng  yaxshi  yuli 

investitsiyalarning  qaytish  tezligini  oshirish  strategiyasidan  foydalanishdir.  Bu  esa 

kompaniya  samaradorligini  ko‘rsatuvchi  juda  yaxshi  indikator  sanaladi.  Ya‘ni 

uning samaradorligi qanchalik yuqori bo‘lca, dividend to‘lash qobiliyati shunchalik 

yuqori  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  investitsiyalarning  tez  qaytishi  kompaniya 

aktsiyalariga bo‘lgan talabning kuchayishiga ham olib keladi. 

Chizmadan  ko‘rinib  turibdiki,  strategiyani  tahlil  qilish  va  tanlash  bosqichi 

strategik  harkatni  ishlab  chiqish  jarayonida  markaziy  bug‘in  hisoblanadi.  Bu  erda 

korxona  rivojlanishining  istiqbolli  yo‘nalishlariga  mablag‘larni  qqyishi  bqyicha 

muhim  strategik  qarorlar  qabul  qilinadi  va  investitsiyalar  kamay-tiriluvchi  biznes-

sohalar ajratiladi. 

Strategiyalar  amalga  oshirilishini  baholash  va  nazorat  qilish  strategik 

boshqaruvda  bajariluvchi  mantiqiy  oxirgi  jarayon  hisoblanadi.  Mazkur  jarayon 

tashkilot  maqsadlari  qrtasidagi  barqaror  teskari  aloqani  ta‘minlaydi.  Nazoratning 

asosiy vazifalari bqlib quyidagilar hisoblanadi: 

a)  nimani va qanday ko‘rsatkichlar bqyicha tekshirishni aniqlash; 

b)  qabul  qilingan  standartlar,  me‘yorlar  yoki  boshqa  kqrsatkichlarga 

muvofiq nazorat qilinuvchi ob‘ekt holatini baholashni amalga oshirish; 

c)  o‘tkazilgan  baholash  natijasida  aniqlangan  chetga  chiqishlar  sabablarini 

aniqlash; 

d)  agar zarur va mumkin bo‘lsa tuzatishni amalga oshirish. 

Starategik nazorat strategiyani amalga oshirish qay darajada firma maqsadlariga 

erishishga  olib  kelishishni  aniqlashga  yqnaltirilgan.  Bu  strategik  nazoratni 

boshqaruv  yoki  operativ  nazoratdan  ajratib  turadi,  chunki  uni  strategik  rejani 



120 

 

bajarish  strategiyani  amalga  oshirish  yoki  alohida  ishlar,  funktsiyalar  va 



operatsiyalarni  bajarishning  tug‘riligi  qiziqtirmaydi.  Strategik  nazorat  kelgusida 

qabul  qilingan  strategiyalarni  realizatsiya  qilish  mumkinligiga  va  ularning  amalga 

oshirilish  qo‘yilgan  maqsadlarga  erishilishiga  olib  kelishiga  qaratiladi.  Strategik 

nazorat  natijalari  bo‘yicha  tuzatishlar  ham  strategiyalar, ham  maqsadlarga  tegishli 

bqlishi mumkin. 

Adabiyotda  nazoratning  dastlabki,  yqnaltirilgan  va  natijaviy  asosiy  usullari 

ajratiladi.  Dastlabki,  nazoratning  asosiy  maqsadi  strategiya  va  maqsadlarni 

shakllantirishning  tqg‘riligini  belgilashdan  iborat.  Strategik  boshqaruv 

kontseptsiyasiga  muvofiq  dastlabki  nazorat  bosqichidan  keyin  kutilmagan 

qzgarishlarni  hisobga  olgan  holda  strategiyani  amalga  oshirishni  boshqarish 

boshlanadi.  Bu  erda  yqnaltiruvchi  nazorat  usulidan  foydalaniladi.  Strategiya 

bajarildi  deb  hisoblanganda  olingan  natijalar  bqyicha  natijaviy  nazorat  amalga 

oshiriladi.  Nazoratning  bu  turi  qqyilgan  maqsad  va  vazifalarga  erishish 

samaradorligini  baholash  va  tahlil  qilishga  yqnaltirilgan.  Ushbu  tahlil  natijalariga 

bog‘lik  holda  strategik  boshqaruv  jarayoni  yoki  strategiyaga  tuzatishlarni  kiritish 

uchun  «vazifalarni  qo‘yish»  bosqichiga  qaytadi,  yoki  yangi  strategik  harakatni 

ishlab chiqish uchun rivojlanishning keyingi darajasiga utadi. 

Shu  bilan  strategik  harakatni  ishlab  chiqish  jarayoni  tugadi  deb  hisoblash 

mumkin  keyin  ishlab  chiqilgan  strategiyani  bajarish  bosqichi  keladi.  bu  borada 

G.Mintsberg «ongli» (rejalashtirilgan) va «vujudga keluvchi» (amalga oshiriluvchi) 

strategiyalarni ajratadi (18-chizma). 

 


Download 8,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   750




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish