Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova



Download 35,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/388
Sana22.07.2022
Hajmi35,35 Mb.
#836241
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   388
Bog'liq
Рахимов М Й Каландарова Н Н Молиявий тахлил 2019

Konan-Golder modeli
KG=-0,16Y1+0,222Y2+0,87Y3+0,10Y4-0,24Y5
Y1 = Pul m ablagiari va debitorlik majburiyatlari
/Balans jami
Iqtisodiy nochorlik 
holati KG indeksi 
bo‘yicha belgilanadi:
- (+0,048) - 90%;
- (-0,026) - 70%;
- (-0,068) - 50%; 
-(-0 ,1 0 7 )-3 0 % ; 
-(-0 ,1 6 4 )- 10%.
Y2 ~ Xususiy kapital va uo4ovmuddatli 
majburiyatlar / Balans jami
Y3 =Kredit va qarz foizlari summasi / Sotishdan
sof tushum
Y4 = Xodimlarga xarajatlar / soliq toiovidan
keyingi kocshilgan qiymat
Y 5- Soliqlar va foizlar toiangunga qadaor foyda/
qarz kapitali
Biver modeli
Kb. = (Sof foyda + Amortizatsiya) / Qarz kapitali
Kb >0,35 - normal; 
0,17nobarqaror;
0,15krizis
Kt.l. = Aylanma aktivlar / Joriy majburiyatlar
Kt.l.>2 - normal; 
lnobarqaror; Kt.l.krizis
Ke.r. = Sof foyda / Balans jami
6-8% va undan yuqori 
- normal; 2-5% - 
nobarqaror; (-22%) 
dan 1 gacha - krizis
Kf.l. = Qarz kapitali / Balans jami
Kf.l.<35% - normal; 
40%nobarqaror; Kf.L>80% 
- krizis
Kp. = (Xususiy kapital - Oborotdan tashqari
aktivlar) / Balans jami
Kp.>0,4 - normal; 
0,3nobarqaror; Kp.<0,l -
krizis
643


12.6. Bankrotlik taomillari: kuzatuv, tashqi boshqaruv, sanatsiya,
tugatishning o‘ziga xos xususiyatlari
Huquqiy shaxsning bankrotligi to'g'risidagi ish ko'rilayotganda 
quyidagi taomillar qo'llaniladi:
Kuzatuv -
sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning 
mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdoming moliyaviy, ahvoli 
tahlilini o'tkazish maqsadida qarzdomi bankrot deb topish to'g'risidagi 
ariza qabul qilingan paytdan e ’tiboran keyingi taomilga qadar 
qo'llaniladigan taomili;
Sudgacha sanatsiya qilish
- qarzdor yuridik shaxsning muassislari 
(ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa 
shaxslar tomonidan qarzdoming to'lov qobiliyatini tiklash hamda 
bankrotligining oldini olish maqsadida ko'riladigan chora-tadbirlar;
Sudgacha sanatsiya qilish bankrotlik alomatlari yuzaga kelgan 
taqdirda, qarzdoming rahbari bu haqda qarzdoming muassislariga 
(ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdoming mol-mulki 
egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
Sud sanatsiyasi
- sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan 
uning to'lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish 
maqsadida qarzdoming ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya 
qiluvchi boshqaruvchiga o'tkazmagan holda qo'llaniladigan taomil;
Sud sanatsiyasi ko'pi bilan yigirma to'rt oylik muddatga joriy 
etiladi, bu muddat majburiyatlami bajarish ta’minotini bergan shaxslar 
kreditorlarning talablarini qondirishi uchun sud tomonidan ko'pi bilan 
olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Kelishuv bitimi
- taraflarning sud nizosini o'zaro yon berish asosida 
tugatish to'g'risidagi bitimi.
Tashqi boshqaruv -
sud tomonidan bankrotlik to'g'risidagi ishni 
ko'rib chiqish chog'ida tayinlanadigan hamda qarzdoming mol-mulkini 
boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o'tkazgan holda 
qarzdoming to'lov qobiliyatini tiklash maqsadida qo'llaniladigan 
bankrotlik taomilidir. Sodda qilib aytiladigan bo'lsa, nochor ahvolga
644


tushgan qarzdoming rahbari o ‘miga shu sohani yaxshi biladigan, 
iqtisodni, boshqaruv sirlarini chuqur o‘zlashtirgan boshqa kishi muayyan 
muddatga sud tomonidan rahbar qilib (tashqi boshqaruvchi) tayinlanadi.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan boshlab, qarzdoming rahbari 
o‘z 
vazifasidan 
chetlashtiriladi 
va 
uning 
vakolatlari 
tashqi 
boshqaruvchiga 
o4adi. 
Qarzdoming 
majburiyatlari 
bo'yicha 
kreditorlarning talablariga, shuningdek penyalarga nisbatan ham 
moratoriy joriy etiladi (muzlatiladi).
Tashqi boshqaruvchining nomzodini sudga kreditor, qarzdor, 
mulkdor, vakolatli davlat organi taklif etishi mumkin. Ammo bu 
nomzodlami kreditorlar yig6ilishi ko6rib chiqadi va kocp ovoz olgan 
nomzodni (bir nechta bo'lsa) ma’qullashib, so'ngra ushbu nomzodni 
tayinlash uchun sudga berishadi.
Tashqi boshqaruvchining nomzodi kreditor, qarzdor, mulkdor, 
vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilmasa, sud Iqtisodiy nochor 
korxonalar ishlari qo‘mitasi taklif etgan nomzodni tayinlaydi. Tashqi 
boshqaruvchi sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir 
paytda tayinlanadi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Tashqi boshqaruv, o‘n ikki oydan yigirma to ‘rt oygacha muddatga 
joriy etiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkoming bankrotligi 
to‘g‘risidagi 
ish 
ko'rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi:
- kelishuv bitimi;
- tugatishga doir ish yuritish.
Amalda bankrot deb e’lon qilingan korxonalarga nisbatan bir nechta 
tadbirlar rejasi belgilanadi;
- sanatsiyalash (moliyaviy yordam ko‘rsatish);
- faoliyat yo‘nalishini o^gartirish;
- diversifikatsiya (bir emas bir necha nomenklaturada mahsulot 
ishlab chiqarishga o4ish);
- ixtiyoriy tugatish;
- majburiy tugatish.
645


Ataylab qilingan va soxta bankrotlik holatlarida bankrotlik 
to ‘g ‘risidagi Qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
rahbarlari noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortiladilar.
Bunday g ‘ayri qonuniy harakatlarga qarzdor mol-mulkining yoki 
majburiyatlarining bir qismini yoki hammasini yashirish, qarzdorning 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan b o g iiq hujjatlami yashirish yoki yo‘q 
qilish, ulami soxtalashtirish, mansabdor shaxslaming yoki qarzdor 
mulkdorining shaxsiy manfaatlarini, yoxud uchinchi shaxslaming 
manfaatlarini ko‘zlab qarzdorning to io v g a qobiliyatsizligini oshirish, 
kreditorga zarar yetkazish maqsadini ko‘zlagan holda boshqa har qanday 
usul bilan qasddan bankrotlikka olib kelish va hokazo.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 180 va 181- 
moddalariga ko4ra, soxta bankrotlik hamda bankrotlikni yashirganlik 
uchun jinoiy javobgarliklami ko‘zda tutiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to4g‘risida»gi Qonuniga 
muvofiq kreditorlaming pul m ablagiari bo‘yicha talablarini t o i a
hajmda qondirishga, shu jumladan soliqlar, yigim lar, byudjetga va 
byudjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy toiovlam i toiashga 
qodir boim agan korxonalar bankrot (iqtisodiy jihatdan nochor) deb 
hisoblanadi. Bunda bankrotlikni sud e ’tirof etgan va qarzdorning o ‘zi 
ixtiyoriy ravishda o ‘zini tugatish ch ogida e io n qilgan boiishi kerak.
Sud qarzdor, kreditor va prokuror taqdim etgan bankrotlik to‘g ‘risidagi
/
ishlarni ko‘rib chiqadi. Sud bankrotlikni e ’tirof etgandan keyin ishonchli 
(vakolatli) shaxs tugatish komissiyasining kuzatuvi ostida korxonani 
tugatish, shu jumladan, qarzlami uzish bo‘yicha zarur harakatlami 
amalga oshiradi.

Download 35,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish