12.2. Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy
nochorlikni tartibga soiishning huquqiy normalari
Bankrotlik instituti - murakkab huquqiy muassasadir: huquqiy
muassasa tomonidan beligilanadigan protsessual me’yorlarni belgilash,
tartiblash amalga oshirishni o 'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasida bankrotlik instituti 1994-yilda tashkil
etilgan. O'tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va
muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga
soiishning puxta va mukammal qonunchilik bazasi shakllantirildi.
Dastlab 1994-yilda 5-mayda “Bankrotlik to'g'risida”gi Qonun qabul
qilindi. Ushbu qonun dastlab 35 moddadan iborat bo'lgan. Lekin qonun
amaliyoti bo'yicha mazkur davrda bironta ham bankrotlik holati
ko'rilmadi.
Qonun amalda bo'lgan davrda bankrotlik bo'yicha faqat ikkitagina
ariza qabul qilingan va ko'rib chiqilgan.
1995-yilda Qonun amaliyoti va bankrotlikni am&lga kiritish
bo'yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori chiqarildi va bu
boradagi ishlar biroz jadallashdi. Shu yilda 47 ta bankrotlik holati
bo'yicha ishlar ko'rib chiqildi.
1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to'g'risidagi qonunni amalda
qo'llash chora tadbirlari to'g'risida”gi Respublika Prezidentining
maxsus farmoni sohadagi ishlami yanada jadallashtirish imkonini berdi.
1998-yil 28-avgustda qonun yangi tahrirda qabul qilindi. U ko'plab
moddalar bilan boyitildi. Xususan, ayrim turdagi qarzdorlarning
bankrotligi to'g'risidagi qoidalar, yangi taomil - tashqi boshqaruv
qo'shildi va bu kreditorlaming huquqlarini kengaytirdi. Ushbu qonunda
619
yuridik va yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligi alomatlari alohida
ajratib ko‘rsatiIdi.
2003-yil 24-aprelda Qonun yana yangi tahrirda e’lon qilindi. U 192
moddadan iborat bo‘lib, bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli
bo‘lgan, to ‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini
tiklashni maqsad qilib qo‘ygan ko‘plab yangi qoidalarni o ‘zida
mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi
bankrotlik taomillarini o'zida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi,
shuningdek,
barcha
bankrotlik
taomillari
sud
boshqaruvchilari
tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud tomonidan
tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi.
X o‘jalik
yurituvchi
subyektlaming
bankrotligi
0 ‘zbekiston
Respublikasining “Bankrotlik to‘g ‘risida”gi qonuni va unga keyinchalik
kiritilgan qo‘shimcha,
0
‘zgartirishlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan
tartibga solinadi.
Amaldagi qonunchilikka kocra bankrotlik deganda sud tomonidan
e ’tirof etilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar
talablarini to ‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to ‘lovlar
bo‘yicha
o‘z
majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi
tushuniladi. Aytish joizki, qarzdomi bankrot deb topishda kreditorlar
talablarini va majburiy toMovlami to cla qondira olmasligi emas, balki
«Bankrotlik to 4g ‘risida»gi qonunning 5-moddasi ikkinchi qismida
<
belgilangan talablar hisobga olinadi. Ushbu moddada quyidagilar bayon
etiladi.
Bankrotlik to ‘g ‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib
chiqiladi. Bankrotlik to ^ ris id a g i ish bankrotlik alomatlari mavjud
boMgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng
kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan
bo'lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi
tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam
ish haqi miqdorining kamida o ‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa,
iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg4atilishi mumkin, ushbu Qonunda nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno”.
620
Shuningdek, kreditorlaming istalgan talablari bo‘yicha emas, balki
aniq belgilangan talablar bo‘yicha toiashga qodir emaslik bankrotlik
alomatlari
hisoblanadi.
Qonunchilikda
bankrotlik
alomatlarini
aniqlashda kreditor talabining quyidagi ikki turi: qarzdorning pul
majburiyatlari bo‘yicha hamda majburiy to io v lar bo‘yicha, ya’ni soliq,
yigim , bojlami to ia s h bo‘yicha talabi belgilangan. Qolgan boshqa
talablaming bajarilmasligi korxona yoki tadbirkoming bankrot deb
topilishiga asos boim aydi.
Qarzdorning
pul
majburiyatlari
tushunchasi
bankrotlik
qonunchiligida fuqarolik qonunchiligiga nisbatan tor m a’noda berilgan.
Bankrotlik
qonunchiligiga
asosan
pul
majburiyatlari
deganda
qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo4yicha hamda qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra kreditorga muayyan
pul
summasini
to ia s h
majburiyati
tushuniladi
(«Bankrotlik
to‘g ‘risida»gi qonunning 3-moddasi).
Pul maj buriy atining birinchi belgisi qarzdorning ish bajarishi,
xizmat ko4rsatishi yoki tovarni topshirishi emas, balki pul summasini
to iash majburiyati hisoblanadi.
Ikkinchi belgisi esa majburiyatlaming faqat Fuqarolik kodeksiga
asoslangan boiishidir. Korxonaning o 4z vaqtida ishchilariga ish haqini
to ia y olmasligi oqibatida korxona bankrot deb topilmaydi. Chunki
mehnat haqi bo‘yicha kelib chiqqan majburiyat Mehnat kodeksi bilan
tartibga solinadi. Shu sababli ushbu majburiyat pul majburiyati
hisoblanmaydi.
Bankrotlik
instituti
tadbirkorlar
o 4rtasidagi
shartnomaviy
munosabatlarni yaxshi y o ig a qo‘yish, o ‘zaro to io v intizomini
kuchaytirish, y ig ilib qolgan kreditorlik va debitorlik qarzlarini undirish,
oqibat natijada ishlab chiqarishni barqarorlashtirish borasida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Qarzdorlar bankrot deb e ’lon qilinadi qachonki, bankrotlik faktlarini
barchasi e ’tirof etilsa.
Bankrotlik tocg‘risidagi ish oliy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, “Bankrotlik to‘g ‘risidagi” Qonunning III bobiga ko‘ra,
621
xo'jalik subyektlari sudga murojaat qilmasdan turib ham o'zini o'zi
bankrot deb e ’lon qilish mumkin. Buning uchun korxonaning rahbari
ixtiyoriy tugatish haqida qaror chiqaradi, uni kreditorlar ma’qullaydi,
so'ngra bu qaror mulkdor (qarzdoming mol-mulkida davlat ulushi
bo'lsa, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi ham) tomonidan
tasdiqlanadi. qaror mulkdor tomonidan (qarzdoming mol-mulkida davlat
ulushi bo'lsa Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi tomonidan
ham) tasdiqlangan paytdan boshlab qarzdor bankrot bo'lgan deb
hisoblanadi. Agar kreditorlarning loaqal bittasi bu qaromi ma’qullamasa
yoki kreditorlarning barchasi m a’qullasa-yu, ammo mulkdor bu qarorga
norozi bo'lsa, qarzdor o'zini o'zi bankrot deb topa olmaydi. Bunday
holda u qonunda belgilangan tartibda sudga bankrotlik arizasi bilan
murojaat qilishi mumkin.
Qarzdor o'zini o'zi bankrot deb topgan taqdirda ham u «Bankrotlik
to'g'risida»gi Qonunda belgilangan tartibda tugatilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Xo'jalik protsessual kodeksining 30-
moddasiga ko'ra, tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to'g'risidagi
ishlar qarzdor turgan joydagi sudda ko'rib chiqiladi.
Ushbu Kodeksning 23-moddasiga ko'ra, yuridik shaxs maqomiga
ega bo'lgan tashkilotlar yoki tadbirkor jismoniy shaxslar sudda taraf
sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ya’ni, korxonaning yuridik shaxs
huquqiga ega bo'lmagan bo'linmalari bankrot deb topilishi mumkin
/
{
emas. Chunki ulaming qarz majburiyatlari bo'yicha yuqori tashkiloti
javob beradi.
Bankrotlik to'g'risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo'lgan
taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam
ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo'lsa,
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqi
miqdorining kamida o'ttiz karrasini tashkil etadigan bo'lsa, sud
tomonidan qo'zg'atilishi mumkin.
Majburiy
to'lovlar
majburiyatini
bajarmaganligi
natijasida
qarzdomi bankrot deb topish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojat
622
etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va
boshqa vakolatli organlar ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |