Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,69 Mb.
bet97/314
Sana18.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#391661
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   314
Bog'liq
Moliyaviy tahlil kitob

Faoliyat sikli

Naqdlik

Tovarlarni sotib olish qiymati

Tovarni qayta sotish qiymati

Foyda

1-davra

Naqd pul mablag‘lari

50 mln sum



Tovarlarni sotib olish

50 mln sum



Naqd pullar kirimi

75 mln sum



+25 mln sum

2- davra

Naqd pul mablag‘lari

75 mln sum



Tovarlarni sotib olish

75 mln sum



Naqd pullar kirimi

105 mln sum



+30 mln sum

3- davra

Naqd pul mablag‘lari

105 mln sum



Tovarlarni sotib olish

105 mln sum



Naqd pullar kirimi

130 mln sum



+25 mln sum

4-davra

Naqd pul mablag‘lari

130 mln sum



.....

......

.......

5-davra

...

.....

......

.......

.....

...

.....

......

.......

Chakana savdoda tovarlar naqd pulga sotib olinadi. Shu sababli ham ularda debitorlik majburiyatlarining jami aktivlar tarikibidagi salmog‘i unchalik yuqori bo‘lmaydi. Ulgurji savdoda tovarlarni kreditga sotish hisobiga jami aktivlar tarkibida majburiyatlar summasi biroz yuqori summani tashkil etadi. Shu sababli ham analitiklar birinchi navbatda etiborni majburiyatlarning sifatiga va muddatiga qaratmog‘i lozim. Shuningdek, savdo korxonalarida ish hajmiga ta’sir etuvchi muhim faktorlardan biri sifatida mavsumning o‘zgarishiga tahlilda alohida ahamiyat qaratmoq lozim.



Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar. Xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki‚ ularda yangidan qiymat (mahsulot) yaratilmaydi. Xizmatlar omborda saqlanmaydi, zaxiralarning jami aktivlar tarikibidagi salmog‘i uncha yuqori bo‘lmaydi. Kompaniyalarda asosiy rolni intellektual kapital egallaydi. Bunday kompaniyalar tahlilida asosiy e’tibor, aylanma aktivlarning samaradorligiga qaratiladi.

Ishlab chiqarish korxonalari. Ishlab chiqarish korxonalari tarmoqning eng faol, yuqori potensialli, ko‘p mehnat va xarajat talab qiladigan tarmoq bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularga xos bo‘lgan eng muhim jihatlar asosiy vositalar, tovar moddiy zaxiralar va tugallanmagan ishlab chiqarish aktivlari qiymatining juda yuqoriligi bilan xarakterlanadi.

Kommunal xizmatlar. Mazkur korxonalarda tahlilda eng muhim e’tibor an’anaviy hisoblangan to‘lovga qobillik, likvidlik, aktivlar va xususiy kapital rentabelligi ko‘rsatkichlarini baholash bilan farqlanadi. Kommunal xo‘jalik korxonalari uchun eng muhim ta’sir birligi sifatida uzoq muddatli majburiyatlarning qoplanuvchanlik darajasi baholanadi. Kommunal xo‘jalik korxonalari xarajatlarining qoplanishiga alohida urg‘u beriladi. Ularning moliyalashtirishdagi mavjud holat (o‘z-o‘zini moliyalashtirish, mahalliy va respublika byudjetidan, turli jamg‘armalardan, fondlardan mablag‘ ajratish hisobiga) baholanadi. Debitorlik majburiyatlarining sifatliligi tahliliga alohida urg‘u beriladi.

Gaz va neftni qayta ishlash korxonalari. Gaz va neftni qayta ishlash korxonalari moliyaviy hisobotlarida muhim element sifatida gaz va neft zaxiralarini qidirib topish va qazib chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish usullariga ahamiyat qaratiladi. Gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida asosiy kapitalning miqdori jami aktivlar qatorida eng yuqori salmoqni tashkil etadi. Majburiyatlar summasi ham boshqa tarmoq kompaniyalariga nisbatan juda yuqori. Investitsion kapitalning samaradorligi va natijaviyligi muhim ko‘rsatkich sifatida baholanadi.

Transport korxonalari. Transport tashkilotlari barcha bo‘g‘inlarda o‘z ahamiyati va muhimligi bilan alohida o‘rin tutadi. Transport tashkilotlarida muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida bir kilometr, bitta yo‘lovchi, tonna yukga qilingan xarajatlar darajasi baholanadi.

Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari aktivlari tarkibida eng muhim element bu yer hisoblanadi. Boshqa aktivlardan farqli ravishda yer amortizatsiya qilinmaydigan aktiv hisoblanadi. Shuningdek‚ aktivlar qatorida biologik aktivlar salmog‘i ham yuqori ulushni tashkil etadi. Faoliyat samaradorligi va natijaviyligidagi dinamik o‘zgarishlar (o‘sish) qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.

Moliyaviy soha. Moliyaviy kompaniyalarda aktivlar tarkibida asosiy ulushni qimmatli qog‘ozlarga, ko‘chmas mulkka va boshqa instrumentlarga yo‘naltirilgan qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar hajmi tashkil etadi. Shu sababli birinchi navbatda ushbu investitsiyalarning sifatini baholashga.

Passivlar tarkibida eng yuqori ulushni albatta qarz mablag‘lari tashkil etadi. Masalan banklar ushbu majburiyatlarning jami passivlar tarkibidagi salmog‘i 90-95 foizga yetadi. Shu sababli‚ jalb qilingan qarz mablag‘larining qiymatiga, ularning qoplanishiga muhim ahamiyat beriladi.

Banklarning moliyaviy hisobotlari va ularning yuritilishi boshqa tarmoq korxonalaridan tubdan farq qiladi. Axborotlarni olinishi va ularda ma’lumotlarning ochib berilishi yuzasidan albatta farqli jihatlarni tarkiblash mumkin.

Banklar uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida aktivlar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi ko‘rsatkichlari baholanadi.




Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish