14.2. Aktivlar, kapital va majburiyatlarni bashoratlash
Moliyaviy holatni bashoratlashda eng muhim obyekt bu buxgalteriya balansidir. Uning muhim elementlariga aktivlar, kapital va majburiyatlar kiradi. Buxgalteriya balansini bashoratlash orqali korxonaning joriy davrdagi holatining kelgusidagi kutilishlari rejalashtiriladi. Bashoratlash modelini tuzib chiqish yuzasidan quyidagi tartibdagi amallar bajariladi.
Buxgalteriya balansining tuzilishi:
A = K + M
Bu yerda: A – Aktivlar;
K – Kapital;
M – Majburiyatlar;
Buxgalteriya balansining likvidlik va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha kengaytirilgan tarkibi
Do'stlaringiz bilan baham: |