10.2. Korxonaning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligi va ular oqimini tahlil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini keltirib chiqarish, shuningdek‚ keltirib chiqarilgan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlaridan maqsadli va samarali foydalanish juda qiyin jarayon. Ya’ni pulni topish qiyin uni ishlatish undanda qiyin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat seziladi. Negaki barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi. Barcha moliyaviy munosabatlar ham ushbu birlik orqali tartiblanadi.
Har bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt yetarli miqdorda pul va pul ekvivalentlari bilan ta’minlangan holdagina uning ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi. Agar ta’minotda uzilish bo‘ladigan yoki zaruriy likvid mablag‘larga yetishmovchiliklar kuzatiladigan bo‘lsa bunday subyektning nafaqat operatsion faoliyati‚ balki butun xo‘jalik faoliyatida tanglik yuzaga keladi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi va uni boshqarish yanada murakkablashadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromad keltiruvchi faoliyat turlari, shakllari qanchalik farqli bo‘lmasin, ularning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlariga bo‘lgan ehtiyojlari bir xil sabablardan kelib chiqadi. Bu uzluksiz va davomli faoliyatni amalga oshirish aktivlarni sotib olish va joylashtirish, o‘z majburiyatlarida amalga oshirish, investorlarga daromadlarini to‘lash yuzasidan zaruriy amallarning bir xilligidan kelib chiqadi.
Pul mablag‘larining manbalarida birinchi navbatda xususiy kapitalning shakllanishiga ahamiyat qaratish lozim. Xususiy kapital xo‘jalik yurituvchi subyektning boshlang‘ich kapitalidir. Ushbu kapital asosiy va aylanma kapital minimumini ta’minlab beradi.
Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul ekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‘g‘inning, korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihatdan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etilganligiga va ular ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yilganlik darajasiga bog‘liq. Biroq, ko‘plab korxonalarda pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini boshqarish va doimiy nazorat qilishdagi kamchiliklar tufayli moliyaviy natijaviylikdagi ijobiy holat, debitorlik majburiyatlarini oshirib yuborish, undirilmagan qarzdorlikning ko‘payishi hisobiga moliyaviy holat yomonlashganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘ri bu holat keyingi faoliyatlar uchun manba sifatida qaralishi mumkin, lekin ularning doimiy aylanishdan chetlanishlari tufayli korxona ish faolligi, likvidligi sustlashadi, moliyaviy ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli, pul mablag‘larini boshqarishda har bitta korxonaning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining faoliyat uzluksizligini ta’minlash, majburiyatlarning ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan taktik boshqaruvini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish lozim bo‘ladi.
Pulni aylanish doiraviy aylanishlarini tarmoq va faoliyat turlari bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ham aniq ko‘rish mumkin70.
Do'stlaringiz bilan baham: |