- jadval
Soliq to‘lovlari dinamikasi
Ko‘rsatkichlar
|
Yillar
|
O‘zgarishi (+;-)
|
2017 y.
|
2016 y.
|
2015 y.
|
2014 y.
|
2017 y. 2016 y.ga nisbatan
|
2017 y. 2015 y.ga nisbatan
|
2017 y. 2014 y.ga nisbatan
|
1. Foyda solig‘i
|
30 730 577
|
16 304 363
|
18 845 215
|
26 043 300
|
14 426 214
|
11 885 362
|
4 687 277
|
2. Foydadan boshqa soliq to‘lovlari va yig‘imlari
|
83 965 344
|
40 674 456
|
4 443 440
|
56 999 126
|
39 290 888
|
79 521 904
|
26 966 218
|
Korxonada foydadan soliq va boshqa soliqlar, to‘lovlar dinamikasidan shuni xulosa qilish mumkinki, o‘tgan davrlar bo‘yicha to‘lovlar summasi bir muncha ortgan. Asosiy soliq hisoblangan to‘langan foydadan soliq summasi o‘tgan yillarga nisbatan 2016-yilga nisbatan 14 426 214 ming so‘mga, 2015-yilga nisbatan 11 885 362 ming so‘mga, 2014-yilga nisbatan 4 687 277 ming so‘mga ortgan.
9.14. Korxonalarda soliq yukini hisoblash yo‘llari va tahlili
Soliq yuki mamlakat soliq tizimi ko‘rsatkichlarining majmuasini ifodalaydi.
Soliq yuki – soliq tushumlarining yalpi ichki mahsulot (YaIM) tarkibidagi ulushidir. Soliq yukini nafaqat mamlakat miqyosida, balki tarmoq, hudud yoki alohida olingan soliq to‘lovchilar, korxonalar uchun ham aniqlash mumkin.
Makroiqtisodiy darajada soliq yuki soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
Uning ko‘rinishi quyidagicha:
CYu = S + T / YaIM * 100
Bu yerda:
SYu – soliq yuki;
S – soliqlar;
T – to‘lovlar;
YaIM – mamlakatdagi yalpi ichki mahsulot.
Korxonalarda soliq yuki ular oladigan daromadlariga nisbatan aniqlanadi. Ya’ni, mahsulot (ish va xizmat)larni sotish hajmidan, yoki yangidan yaratilgan qiymatdan kelib chiqib hisoblanadi.
Korxonalarda soliq yukini mahsulot (ish va xizmat)larni sotish hajmiga hamda qo‘shilgan qiymatga nisbatan aniqlash formulalarini quyidagi mazmunda tuzib chiqish mumkin.
Sotishdan tushumga nisbatan:
a) SYu=S+T/ ST
Qo‘shilgan qiymatga nisbatan:
b) SYu=S+T/ QQ
Bu yerda:
F(D) – foyda (daromad);
ST – sotishdan tushum;
QQ – qo‘shilgan qiymat.
Qo‘shilgan qiymat deganda ma’lum tovar (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish jarayonida tovar (ish va xizmat)larga yangidan ishlov berish jarayonida qo‘shiladigan qiymat tushuniladi.
Qo‘shilgan qiymat tarkibiga amortizatsiya ajratmalari, mehnat haqi to‘lovlari, ijtimoiy ajratmalar, egri va boshqa soliqlar hamda foyda ham qo‘shiladi.
Soliq yukining tahlili
Yillar
|
Hisoblangan va to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi
|
Sotishdan tushum
|
Yangidan yaratilgan qiymat
|
Soliq yuki
|
Sotishdan tushumga nisbatan
|
Qo‘shilgan qiymatga nisbatan
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
2016 yil
|
860 969 894
|
3 362 225 550
|
2 474 622 038
|
25.5
|
34.7
|
2017 yil
|
1 247 387 351
|
5 180 801 340
|
3 191 287 162
|
24.07
|
39.1
|
Farqi (+,-)
|
386 417 457
|
1 818 575 790
|
716 665 124
|
-0.8
|
4.4
|
Korxonada soliq yuki sotishdan tushumga nisbatan 25.5 dan 24.07 ga kamaygan. Yangidan yaratilgan qiymatga nisbatan 34.7 foizdan 39.1 foizga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |