Ko‘rsat
kichlar
|
Hisobot yili
|
O‘tgan yil
|
Farqi (+;-)
|
Daromad
|
Xarajat
|
Daromad
|
Xarajat
|
Daromad
|
Xarajat
|
Mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum
|
5 180 801 340
|
x
|
3 362 225 550
|
x
|
1 818 575 790
|
x
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi
|
x
|
3 191 287 162
|
x
|
2 474 622 038
|
x
|
716 665 124
|
Sotishdan yalpi foyda
|
1 989 514 178
|
|
887 603 512
|
|
1 131 910 666
|
|
Sotilgan mahsulot o‘tgan yil bahosi va tannarxida
|
4 852 124 352
|
2 865 241 005
|
3 362 225 550
|
2 474 622 038
|
1 489 898 802
|
390 618 967
|
K1 = ∑ q1s0/∑q0 s0
K1*R0 -P0
∑ q1pk- ∑ q1 p1
Korxonada mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni tannarxi, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishini omilli tahlili yuzasidan amalga oshirilgan qayta hisoblashlarda sotishdan daromadlar o‘tgan yilga nisbatan qiyosiy bahoda 1 418 898 802 ming so‘mga, xarajatlar summasi esa 390 618 967 ming so‘mga ortganligini ko‘rish mumkin.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
- sotish hajmi;
- mahsulotlar tarkibining o‘zgarishi;
- mahsulotlarni sotish bahosining o‘zgarishi;
- xomashyolar, materiallar, yoqilg‘i sarflari ta’riflari o‘zgarishi;
- moddiy va mehnat sarflarining o‘zgarishi.
Omillar ta’sirini hisob-kitoblari quyidagi tartibda amalga oshiriladi
Ko‘rsatkichlar
|
Formulalar
|
Izohi
|
1. Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi
|
∆ R = R1 – R0
|
R1;R0 – joriy va o‘tgan davrdagi yalpi foyda summasi
|
1.1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
∆R1 = ∑ q1p1- ∑q1 p0
|
q1p1 – joriy davrda sotilgan mahsulot miqdori va bahosi
q1p0 – joriy davrda sotilgan mahsulot o‘tgan yil bahosida
|
1.2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
∑ q1pk- ∑q1 p1
|
pk – xom ashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi
|
1.3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga
|
K1 = ∑ q1s0/∑q0 s0,
K1*R0 -P0
|
K1 – sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi
|
1.4. Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
R0*K2
K2=(∑ q1p0/∑ q0po-∑ q1s0/∑ q0s0)
|
R0*K2 – sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
1.5. Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga
|
∑ q1s0-∑ q1sk
|
sk – shartli baholar o‘zgarishi hisobiga korrektirovka qilingan tannarx
|
1.6. Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga
|
∑ q0s0*K1-∑ q0s0
|
|
Omillar ta’sirini jamlash
Ko‘rsatkichlar
|
mln so‘m
|
Sotishdan yalpi foydaning umumiy o‘zgarishi
|
1 131 910 666
|
1.1. Sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
328 676 988
|
1.2. Xomashyo, materiallar, energiya sarflari ta’rif bahosining o‘zgarishi hisobiga
|
-488 289 775
|
1.3. Sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi hisobiga
|
178 891 297
|
1.4. Sotilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishini sotishdan tushumga ta’siri hisobiga
|
1 874 444 428
|
1.5. Bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga
|
-390 618 967
|
1.6. Sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri hisobiga
|
-371 193 305
|
Korxonada sotishdan olingan yalpi foyda va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirida sotilgan mahsulot bahosining o‘zgarishi (328 676 988 ming so‘m), sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishi (178 981 297 ming so‘m), sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishining sotishdan tushumga ta’siri (1 874 444 428 ming so‘m) ijobiy ta’sir etgan.
Xomashyo va materiallar, energiya safrining ta’rif baholarining o‘zgarishi hisobiga (488 289 775 ming so‘m), bir so‘mlik mahsulotga xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga (390 618 967 ming so‘m) hamda sotilgan mahsulot tarkibiy o‘zgarishlarining tannarxga ta’siri tufayli (371 193 305 ming so‘m) yalpi foyda kamayishi kuzatilgan.
Barcha omillar ta’sirida mahsulot sotishdan yalpi foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 131 910 666 ming so‘mga ortgan.
9.7. Moliyaviy natijalar tarkibiga kiruvchi xarajatlarning turlari va ularning tavsifi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xarajatlari funksiyalar bo‘yicha:
- mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari;
- sotish xarajatlari;
- ma’muriy xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar;
- moliyaviy xarajatlar;
- favqulodda xarajatlarga tarkiblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy xarajatlar va favqulodda xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xarajatlari ularning xususiyati (masalan, eskirish, xomashyolar xaridi, transport xarajatlari, xodimlarga haq to‘lash xarajatlari)ga qarab birlashtiriladi. Masalan:
- foydalanilgan xomashyolar va materiallar;
- xodimlarga haq to‘lash xarajatlari;
- eskirish va amortizatsiya xarajatlari;
- boshqa xarajatlarga tarkiblanadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
Davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
“Davr xarajatlari”ga quyidagi moddalar kiradi.
1. Sotish xarajatlari:
- tovarlarni temir yo‘l, havo, avtomobil, dengiz, daryo transportida va ot-ulovda tashish xarajatlari;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sotish bo‘yicha xarajatlari;
- sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
- yuqorida sanab o‘tilmagan sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar.
2. Ma’muriy xarajatlar
Ma’muriy xarajatlarga quyidagilar kiradi: boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; boshqaruv xodimlariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; xizmat yengil avtotransportini va xizmat mikroavtobusini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari; xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari; boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: mahalliy tarmoqlar abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov; kanallarni ijaraga berish; ko‘chma yo‘ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan internet uchun haq to‘lash; shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari uchun haq to‘lash; ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to‘lash; ma’muriy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek‚ eskirish (amortizatsiya) xarajatlari; boshqa ma’muruiy xarajatlar;
3. Boshqa operatsiya xarajatlari
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi: kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno; loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek‚ obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi; maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash; auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash; zararlar, jarimalar, penyalar; boshqa operatsion xarajatlar.
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar: banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar; mol-mulkni moliyaviy ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari; chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar; sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar; o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar; moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar
Favqulodda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” mezoniga javob bermaydi.
Xarajatlar va ular o‘zgarishining tahlili
Xarajat ko‘rsatkichlari
|
Satri
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
020
|
2 474 622 038
|
3 191 287 162
|
716 665 124
|
128.9
|
Davr xarajatlari, jami
|
040
|
568 302 199
|
752 744 444
|
184 442 245
|
132.3
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
070
|
135 306 333
|
178 630 359
|
43 324 026
|
132.0
|
Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
|
080
|
0
|
0
|
0
|
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar jami (satr 180+190+200+210), shu jumladan:
|
170
|
159 047 300
|
833 455 050
|
674 407 750
|
523.0
|
Favquloddagi zararlar
|
230
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Foyda solig‘i
|
250
|
16 304 363
|
30 730 577
|
14 426 214
|
188.4
|
Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
|
260
|
40 674 456
|
83 965 344
|
43 290 888
|
206.4
|
Jami xarajatlar
|
|
3 394 256 689
|
5 070 812 936
|
1 676 556 247
|
149.4
|
Korxonada jami xarajatlar o‘tgan yilda 3 394 256 689 ming so‘mni, joriy yilda 5 070 812 936 ming so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan yilga nisbatan mutlaq o‘zgarishi 1 676 556 247 ming so‘mni, o‘sish darajasi 149.4 foizni tashkil etgan.
Xarajatlar tarkibi bo‘yicha eng yuqori o‘zgarish moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga to‘g‘ri kelgan. Ushbu tarkib xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 5.23 baravarga ortgan. Shuningdek‚ soliqlar to‘lovi bo‘yicha xarajatlar ham 188.4 foizga, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar 2.06 baravarga ortgan.
Davr xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar o‘sishi 132 foizni, mahsulot tannarxini o‘sishi 128.9 foizni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |