Tushum – O‘X = MF – DX = Foyda
Bu yerda,
MF- marjinal foyda
O‘X- o‘zgaruvchan xarajatlar, ya’ni:
• ijara haqi;
• doimiy maoshlar;
• reklama xarajatlari;
• kommunal xizmat xarajatlari;
• sug‘urta xizmat xarajatlari;
• sug‘urta badallari;
• soliqlar;
•amortizatsiya ajratmalari.
DX- doimiy xarajatlar, ya’ni:
• xomashyo va materiallar;
• ishbay ish haqlari;
• texnik xizmat ko‘rsatish;
• mukofot summalari va h.k.
Har bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini tuzishda albatta kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini baholashga ahamiyat berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisob-kitobida turli tahlikalarni (risklarni) hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, mahsulotlar bahosi, soliqlar, to‘lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni tug‘iladi qachonki aniq ko‘rsatkichlar manbasiga ega bo‘linsa. Bu manba inflyatsiyani ta’sir darajasi, baholarning o‘zgarish holatlari, ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va resurslar bahosini o‘zgarishi hisobiga) bo‘lishi mumkin.
Kritik hajm darajasini aniqlashga quyidagi hollarda murojaat qilinadi:
korxona yangi tashkil etilganda;
ishlab chiqarish va marketing tadqiqotlari tahlilida;
yangi mahsulot turini ishlab chiqarish yoki eski mahsulot turini rad qilish qarorini tayyorlashda;
ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda;
mahsulotlarni tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirishda.
Kritik hajm tahlilida javob tayyorlanadigan yo‘nalishlar:
xarajatlarni kamaytirish mumkinmi?
sotish hajmi o‘sadimi yoki kamayadimi?
baho oshadimi yoki kamayadimi?
doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar qanday bo‘ladi?
Kritik hajm darajasi doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar summasi va mahsulotlarni sotish baholari orqali hisob-kitob qilinadi.
Sotishning tegishli hajmiga erishish uchun avvalo baho birligi belgilanishi lozim. Baho birligi belgilangandan keyin kritik hajm darajasi qaytadan hisob-kitob qilinadi. Agar olingan natija zararsizlik darajasini qanoatlantirmasa baho korrektirovka qilinadi va daraja hisob-kitobi qaytadan amalga oshiriladi. Marjinal foydaning ko‘zda tutilgan darajasiga erishilmasa, mahsulot tannarxini kamaytirish choralari ko‘riladi.
Tahlil yakunida yakuniy zararsizlik darajasi hisob-kitob qilinadi va davriy oraliqda korxonaning moliyaviy rejasi belgilab olinadi.
Kritik hajm darajasini tahlil etishning maqsadi – foyda olish imkoniyatini belgilashdan iborat. Agar korxonaning foydaga ishlash imkoniyatini aniq baholasak, ijobiy pul oqimlariga ega bo‘lish imkoniyatlari ham bilinadi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni qanday hisob-kitob qilish mumkin? Ushbu xarajatlar buxgalteriya hisobining mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlarini alohida, kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha o‘rganish orqali bilib olinadi.
Xalqaro amaliyotda kritik hajm darajasini aniqlashda analitik tadbirlarning quyidagi metodikasi belgilangan.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlar tarkiblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |