2.5. Moliyaviy tahlilning axborot manbalari (tahlil obyektlari haqidagi ma’lumotlar), ularning ochiqligi va oshkoraligi
Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning jadalligi zamonaviy buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning ham mazmunini tubdan yangi shakl va mazmunda yuritishni talab etmoqda. Hozirgi sharoitda moliyaviy hisobotlar tahlilining muhimligini shu bilan aniq izohlash mumkinki, ushbu predmet alohida fan sifatida shakllangan. Mulk egalari, sheriklar va hamkorlar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlar, qarz beruvchi va oluvchilar, nazorat va taftish organlari, kontragentlarning keng qamrovli tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni baholashning konseptual asoslari tubdan, yangidan tuzib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining alohida qabul qilingan Buxgalteriya hisobi, Audit to‘g‘risidagi Qonunlari, qator Kodekslar (byudjet, soliq, mehnat, investitsiya) normalari asosida tashkil etilayotgan hisob xizmatlarining mazmuni tubdan o‘zgarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |