Xususiy kapital va uning o‘zgarishi tahlili
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Ustav
kapitali
|
Qo‘shilgan
kapital
|
Rezerv
kapitali
|
Taqsimlanmagan
foyda
(qoplanmagan
zarar)
|
Sotib olingan
xususiy
aksiyalar
|
Maqsadli
tushumlar va
boshqalar
|
Jami
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Yil boshidagi qoldiq
|
614 384
|
-
|
5 737 851
|
507 694
|
-
|
885 865
|
7 745 794
|
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
|
213 818
|
-
|
x
|
x
|
x
|
x
|
213 818
|
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash
|
x
|
x
|
2 383 571
|
x
|
x
|
x
|
2 383 571
|
Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqlari
|
x
|
-
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-
|
Rezerv kapitaliga ajratmalar
|
x
|
x
|
-
|
-
|
x
|
x
|
-
|
Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)
|
x
|
x
|
x
|
-
|
x
|
x
|
-
|
Tekinga olingan mol-mulk
|
x
|
x
|
|
x
|
x
|
x
|
-
|
Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-
|
-
|
Hisoblangan dividendlar
|
x
|
x
|
x
|
284 293
|
x
|
x
|
-284 293
|
Xususiy kapital shakllanishining boshqa manbalari
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
65 341
|
65 341
|
Yil oxiridagi qoldiq
|
828 203
|
-
|
8 121 423
|
223 400
|
-
|
951 207
|
10 124 233
|
Xususiy kapitalining ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)
|
+213 818
|
-
|
+2 383 571
|
-284 293
|
-
|
+65 341
|
+2 378 439
|
Aksionerlik jamiyatida xususiy kapitalning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 439 mln so‘mni tashkil etgan. Uning tarkibiy o‘zgarishlari ustav kapitalining oshirilishi (213 818 mln so‘m), rezerv kapitali hisobiga (2 383 571 mln so‘m) hamda maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga (65 341 mln so‘m) ro‘y bergan. Jamiyatning xususiy kapitali tarkibida eng yuqori ko‘rsatkich rezerv kapitali hisobiga to‘g‘ri keladi va uning qiymati davr boshida 5 737 851 mln so‘mni davr oxirida 8 121 423 mln so‘mni tashkil etgan. Rezerv kapitalining xususiy kapital tarkibidagi salmog‘i mos ravishda 74.1 %, 80.2 % ni tashkil etgan hamda davr boshiga nisbatan 6.1 % ga ortgan.
11.4. Xususiy kapitalning dinamik tahlili
Xususiy kapitalning dinamik tahlilida xususiy kapitalning yaqin va uzoq davriylikdagi mutlaq, nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.
Dinamik tahlilda xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi, holati va samaradorligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimi yillar kesimida baholanadi. Tarkib bo‘yicha ustav, qo‘shilgan, rezerv kapitali va taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishlari, tuzilishi bo‘yicha tarkib birliklarining salmoq bo‘yicha o‘zgarishlari; samaradorlik (daromadlik va rentabellik) ko‘rsatkichlarining o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi.
O‘zbekiston temir yo‘llari AJ da xususiy kapital tahlili
Xususiy kapital
|
2017-2018yy.
|
01.01.2017y.
|
01.04.2017y.
|
01.07.2017y.
|
01.10.2017y.
|
01.01.2018y.
|
1.O‘z mablag‘lari manbasi
|
7 745 794 466
|
8 567 616 791
|
8 644 944 914
|
8 963 743 430
|
10 124 233 076
|
O‘zgarishi (+,-)
|
+2378438610
|
+1556616285
|
+1479288162
|
+1160489646
|
|
|
|
|
|
|
|
Ustav kapitali
|
614 384 306
|
614 384 306
|
614 384 306
|
614 384 306
|
828 202 670
|
O‘zgarishi (+,-)
|
+213 818 364
|
+213 818 364
|
+213 818 364
|
+213 818 364
|
|
|
|
|
|
|
|
Rezerv kapitali
|
5 737 851 427
|
6 360 555 463
|
6 480 827 061
|
6 590 488 428
|
8 121 422 920
|
O‘zgarishi (+,-)
|
+2 383 571 493
|
+7 485 367 457
|
+1 640 595 859
|
+1 530 934 492
|
|
|
|
|
|
|
|
Taqsimlanmagan foyda
|
507 693 607
|
416 753 023
|
344 928 794
|
160 996 840
|
223 400 675
|
O‘zgarishi (+,-)
|
-284 292 935
|
-193 352 348
|
-121 528 119
|
+62 403 835
|
|
|
|
|
|
|
|
Boshqa manbalar
|
885 865 126
|
1 175 923 999
|
1 204 804 753
|
1 597 873 856
|
951 206 811
|
O‘zgarishi (+,-)
|
+65 341 685
|
-224 717 188
|
-253 597 942
|
-646 667 045
|
|
|
|
|
|
|
|
Aksionerlik jamiyatida o‘z mablag‘lari manbasi 2017-yil choraklari bo‘yicha tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, subyektning xususiy kapitali hajmi davr boshiga nisbatan 1 160 489 646 ming so‘mga ortgan. Uni yilning choraklari bo‘yicha o‘zgarishlari mos ravishda birinchi chorakka nisbatan 1 556 616 285 ming so‘mga, ikkinchi chorakka nisbatan 1 479 288 162 ming so‘mga teng bo‘lgan. Xususiy kapitalning tarkibiy o‘zgarishlari davr boshiga nisbatan quyidagicha bo‘lgan:
- Ustav kapitali bo‘yicha jami o‘zgarish 213 818 364 ming so‘mga;
- Rezerv kapitali bo‘yicha o‘zgarish davr boshiga nisbatan 2 383 571 493 ming so‘mga;
- Taqsimlanmagan foyda bo‘yicha o‘zgarish -284 292 935 ming so‘mga:
- maqsadli tushumlar va boshqa manbalar hisobiga o‘zgarish 65 341 685 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Sof aktivlar. Bu tushuncha bilan aksionerlik tashkilotlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan hamkorlikda ishlayotgan buxgalter va auditorlar tez-tez to‘qnash kelishadi.
Sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi79.
Oddiy qilib aytganda:
Sof aktivlar = Aktivlar – Majburiyatlar
Demak:
Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga qaratilgan mol-mulki = Sof aktivlar – Ustav kapitali (fondi) – Zaxira kapitali
Bugungi kunda korxonalarning aksariyat qismi mulkchilikning eng keng shakli, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tashkil etilmoqda. Ushbu jamiyatlarda ustav kapitali 3 xil tartibda ko‘paytirilishi mumkin:
a) jamiyatning mol-mulki hisobiga;
b) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga;
v) jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
Yuqoridagilardan kelib chiqsak, jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralardan sotib olingan xususiy ulushlarni (aksiyalarni) ayirib tashlagan holdagi natijaga amalga oshirish kerakligi belgilangan.
Qo‘shilgan kapital, maqsadli tushumlar va kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zaxiralar hisobiga ustav kapitalini ko‘paytirishning umuman iloji yo‘q. Chunki, ushbu balans moddalari yoki buxgalteriya hisobi obyektlari foydalanish maqsadi aniq belgilangan.
Sof aktivlarni tahlil etish metodikasi ikkita bosqichda amalga oshiriladi:
1. Sof aktivlar dinamikasining tahlili. Buning uchun davr boshiga va oxiriga sof aktivlar qiymati va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichi aniqlanadi. Olingan natijada o‘tgan yillar bilan taqqoslanish o‘zgarishlari va o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
2. Sof aktivlardan samarali foydalanish tahlili. Bunda sof aktivlarning aylanuvchanligi, rentabelligi ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishlari omilli tahlil etiladi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligini aniqlash quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
Ssa = SF / SA * 100
Bu yerda:
Ssa – sof aktivlar samaradorligi;
SF – sof foyda;
SA – sof aktivlar summasi.
Sof aktivlar aylanuvchanligi sotishdan tushumni sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali topiladi.
Ksa = SST / SA
Aylanish davri quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
Kad = SA / SST * 360 yoki 360 / Kad
Bu yerda:
Ksa – sof aktivlar aylanuvchanlik koeffitsiyenti;
SST – sotishdan sof tushum.
Taqsimlanmagan foyda ta’sischilar o‘rtasida dividend sifatida taqsimlangandan keyin ta’sischilarning qo‘shimcha kiritgan hissalari sifatida ustav kapitalini ko‘paytirishi mumkin:
Sof aktivlar tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Balans qatori
|
Davr boshiga
|
Davr oxiriga
|
Farqi (+,–)
|
A
|
B
|
1
|
2
|
3
|
1. Jami aktivlar
|
400
|
13 198 104 658
|
24 276 893 065
|
+11 078 788 407
|
2. Majburiyatlar
|
770
|
5 452 310 192
|
14 152 659 989
|
+8 700 349 797
|
3. Ustav kapitali
|
410
|
614 384 306
|
828 202 670
|
+213 818 364
|
3. Sof aktivlar (1-2)
|
*
|
+7 745 794 466
|
+10 124 233 076
|
+2 378 438 610
|
4. Sof aktivlarning jami aktivlardagi salmog‘i
|
*
|
58,7
|
41,7
|
-17,0
|
5. Sof aktivlarning ustav kapitalidagi hissasi
|
*
|
12,6
|
12,2
|
-0,4
|
Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning summasi davr boshida 7 745 794 466 ming so‘mni, davr oxiriga kelib 10 124 233 076 ming so‘mni tashkil etgan. Sof aktivlarning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 438 610 ming so‘mni, o‘sish darajasi (10 124 233 076 / 7 745 794 466 *100) 30.7 % ni tashkil qilgan. Sof aktivlarning jami aktivlardagi salmog‘i davr boshiga nisbatan 17 %ga kam bo‘lgan. Bunga asosiy sabab sifatida majburiyatlarning davr boshiga nisbatan 8 700 349 797 ming so‘mga (yoki 2.6 baravarga) ortganligi bilan izohlash mumkin. Sof aktivlarning ustav kapitalidagi hissasi davr boshida 12.6 baravarga, davr oxirida 12.2 baravarga ortiq bo‘lganligini, davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 0.4 baravarga yoki 40 % ga kamayganligini kuzatish mumkin.
Tahlil yakunida albatta sof aktivlarning samaradorligi baholanadi va uning o‘zgarishlari omilli tahlil etiladi. Samaradorlikni baholashda sof aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sotishdan sof tushum, sof foyda ko‘rsatkichlari o‘rganiladi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Hisobot shakli
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
A
|
B
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m
|
1-shakl
|
7 745 794 466
|
10 124 233 076
|
+2 378 438 610
|
+130,7
|
2. Sotishdan sof tushum, ming so‘m
|
2-shakl
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
+1 818 575 790
|
+154,1
|
3. Sof foyda, ming so‘m
|
2-shakl
|
507 693 607
|
974 038 284
|
+466 344 677
|
+191,2
|
4. Sof aktivlarning aylanuvchanligi (2/1)
|
*
|
0,434
|
0,511
|
+0,077
|
117,7
|
5. Sof aktivlarning aylanish davri, kun (360/Ksa)
|
*
|
829,4
|
704,5
|
+124,9
|
84,9
|
6. Sof aktivlar rentabelligi, % (3/1*100)
|
*
|
6,5
|
9,6
|
+3,1
|
147,7
|
Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yaxshilangan. Jumladan sof aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sof tushum summasi 0.434 tiyindan, 0.511 tiyinga ortgan. Bu o‘zgarish asosan sof tushumning o‘tgan yilga nisbatan 1 818 575 790 ming so‘mga ortishi tufayli ro‘y bergan. Sof aktivlarning aylanish davri 829.4 kundan 704.5 kunga qisqargan. Aylanish davri 84.9 kunga tezlashgan. Bu yil taqvimi bo‘yicha bir chorakka tezlashish demakdir. Sof aktivlarning rentabelligi mos ravishda o‘tgan yilda 6.5 %ni, joriy yilda 9.6 %ni tashkil qilmoqda. Rentabellikning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi 3.1 %ga ortgan.
Sof aktivlar tahlili, ularning samaradorligi baholash amaliyoti xorij tajribasidan kirib kelgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxona to‘lovga qobilligini baholashning umumiy ifodasi ham hisoblanadi. U aktivlarning majburiyatlardan ortgan summasini aniqlash orqali sof kapitalni shakllantirish strategiyasini ham belgilab olish mumkin.
Zanjirli bog‘lanish usulida xususiy kapital samaradorligi, rentabelligini omilli tahlilini amalga oshirish mumkin va bu jarayon ichki imkoniyatlarni aniq va to‘g‘ri baholash imkonini beradi.
Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining omilli tahlili (zanjirli almashtirish usulida)
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m
|
7 745 794 466
|
10 124 233 076
|
+2 378 438 610
|
+130,7
|
2. Sotishdan sof tushum, ming so‘m
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
+1 818 575 790
|
+154,1
|
3. Sof foyda, ming so‘m
|
507 693 607
|
974 038 284
|
+466 344 677
|
+191,2
|
4. Sof aktivlarning aylanuvchanligi (2/1)
|
0,434
|
0,511
|
+0,077
|
117,7
|
O‘zgarish sabablari:
|
|
-sof tushumning o‘zgarishi hisobiga
|
5 180 801 340/7 745 794 466 -0.434
|
+0.2348
|
-
|
-sof aktivlar summasining o‘zgarishi hisobiga
|
0.511-5 180 801 340 / 7 745 794 466
|
-0.1578
|
-
|
5. Sof aktivlarning aylanish davri, kun (360 / Ksa)
|
829,4
|
704,5
|
+124,9
|
84,9
|
6. Sof aktivlar rentabelligi, % (3 / 1*100)
|
6,5
|
9,6
|
+3,1
|
147,7
|
O‘zgarish sabablari:
|
|
-sof aktivlar summasining o‘zgarishi hisobiga
|
974 038 284 / 7 745 794 466*100-6.5
|
+6.1
|
-
|
-sof foyda o‘zgarishi hisobiga
|
9.6 - 974 038 284 / 7 745 794 466*100
|
-3.0
|
-
|
Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning samaradorligini omilli tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, joriy yildagi sof aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘tgan yilga nisbatan 0.077 ga ortgan. Bu o‘zgarishga sof aktivlar qiymatining ortishi salbiy (-0.1578), sof tushumlar summasining ortishi ijobiy (+0.2348) ta’sir etgan. O‘z navbatida sof aktivlarning rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 3.1 %ga ortishiga quyidagi omillar ta’sir etgan: sof foyda summasining o‘tgan yilgan nisbatan 466 344 677 ming so‘mga o‘zgarishi rentabellikning 6.1 %ga ortishiga; sof aktivlar summasining 2 378 438 610 o‘zgarishi rentabellikning 3.0 %ga kamayishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |