PMdb + PMk - PMch = PMdo
Bu yerda:
PMdb, PMdo – pul mablag‘larining davr boshi va oxiriga qoldig‘i;
PMk – pul mablag‘lari kirimi;
PMch – pul mablag‘lari chiqimi.
-jadval
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qatorlari
Ko‘rsatkichlar
|
Kod
|
Pul mablag‘larining davr boshiga qoldig‘i
|
010
|
Asosiy (joriy) faoliyatdan pul mablag‘larining harakati
|
|
Xaridor va buyurtmachilardan olingan pul mablag‘lari
|
120
|
Boshqa kirimlar
|
130
|
Mahsulot (ish, xizmat)larni, xomashyo va boshqa aylanma aktivlarni olib kelishga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari
|
150
|
Ish haqiga
|
160
|
Dividendlar, foizlar to‘loviga
|
170
|
Soliqlar va turli yig‘imlarga
|
180
|
Boshqa xarajatlarga
|
190
|
Asosiy (joriy) faoliyatdan pul mablag‘larining sof kirimi
|
020
|
Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining kirimi
|
|
Asosiy vositalar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarni sotib olishdan tushumlar
|
210
|
Olingan foizlar
|
240
|
Asosiy vositalar olib kelishga, moddiy va nomoddiy aktivlarga daromadli qo‘yilmalar
|
290
|
Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy qo‘yilmalarni olish
|
300
|
Boshqa korxonalarga berilgan qarzlar
|
310
|
Investitsion faoliyatdan sof pul mablag‘larining harakati
|
340
|
Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larini harakati
|
|
Boshqa korxonalardan olingan qarz va kreditlar
|
420
|
Qarz va kreditlarni qoplash (foiz to‘lovisiz)
|
430
|
Moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati
|
040
|
Pul va pul ekvivalentlarining sof o‘sishi (kamayishi)
|
050
|
Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i
|
060
|
Pul oqimini asosiy faoliyat bo‘yicha ijobiy natijasi moliyaviy salohiyatning yaxshiligini ifoda etadi
Faoliyat turlari bo‘yicha pul oqimi
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yilning shu davrida
|
Hisobot davrida
|
O‘zgarishi (+,-)
|
O‘sish darajasi, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
1
|
Davr boshiga pul mablag‘lari qoldig‘i
|
124.5
|
-
|
171.9
|
-
|
|
|
|
2
|
Pul mablag‘larining jami kirimi:
|
4 828.0
|
100
|
6 280.0
|
100
|
1 452
|
-
|
130.0
|
|
Shu jumladan faoliyat turlari bo‘yicha:
-asosiy faoliyatdan
|
3 062.0
|
63.4
|
4 821.0
|
76.7
|
1 759.0
|
13.3
|
157.4
|
|
-investitsion
|
1 260.0
|
26.0
|
889.0
|
14.2
|
-370
|
-11.8
|
175.6
|
|
-moliyaviy
|
506.0
|
10.6
|
570
|
9.1
|
64
|
-1.6
|
112.6
|
3
|
Pul mablag‘larining jami chiqimi
|
4 780.7
|
100
|
5 983.0
|
100
|
-
|
-
|
125.1
|
|
Shu jumladan faoliyat turlari bo‘yicha:
-asosiy faoliyatdan
|
2 180.4
|
45.6
|
3 168.0
|
52.9
|
987.6
|
9.2
|
145.3
|
|
-investitsion
|
1 767.2
|
37.0
|
2 256.0
|
37.7
|
488.8
|
-2.3
|
127.6
|
|
-moliyaviy
|
833.1
|
17.4
|
559.0
|
9.4
|
274.1
|
-8.9
|
67.1
|
4
|
Davr oxiriga pul mablag‘lari qoldig‘i
|
171.9
|
-
|
468.9
|
-
|
297.0
|
|
273.6
|
Korxonada pul oqimini tahlilidan shuni qayd etish lozimki, joriy davrda pul oqimining davr boshiga qoldigi 171.6 ming so‘mni, pul mablag‘lari kirimi (operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyatdan) 6 280 ming so‘mni, pul mablag‘lari chiqimi 5 983.3 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i 468.9 ming so‘mni tashkil etgan. Pul mablag‘lari kirimi va chiqimida asosiy ulushni asosiy faoliyatdan daromad va xarajatlar, investitsion faoliyatdan xarajatlar tashkil etgan.
To‘g‘ri usulda tahlil etishning imkoniyatlari. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlar asosida pul mablag‘larining kirimi va chiqimini hisoblashni nazarda tutadi. Ya’ni, joriy manbasi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasidagi axborotlar hisoblanadi. Pul mablag‘lari schyotidagi debet va kredit aylanmalari hajmi tahlilning zaruriy manbasi hisoblanadi.
Barcha schyotlar bo‘yicha debet va kredit aylanmalari hajmi faoliyat turlari bo‘yicha qayta tarkiblanadi.
To‘g‘ri usulda pul mablag‘larini tahlil etish quyidagi savollarga aniq javob topish imkonini beradi73:
- joriy faoliyatdan keladigan pul mablag‘larini faoliyat uzluksizligini va rejalashtirilgan investitsion faoliyatni ta’minlashga yetarlimi yoki yetishmasligini baholash;
- moliyaviy faoliyatdan keladigan pul mablag‘larining balanslangan sifatiga erishish uchun qancha mablag‘;
- asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan xarajatlar va ularning kelish manbalarini korxona bo‘yicha jamlangan holda baholash;
- pul mablag‘lari kirimi va chiqimining ularning davr oxiriga qoldiq summalariga qay darajada ta’sir etishini baholash;
- faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari tarkibiga, har bitta faoliyat turi bo‘yicha sof pul mablag‘lari sof kirimi (chiqimi)ni baholashga imkon beradi.
Joriy faoliyatdan sof pul mablag‘lari kirimi (chiqimi) ijobiy va salbiy holatlari kuzatiladi.
Ijobiy holat – korxona faoliyatining va kelgusidagi rivojlanish strategiyasining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Investitsion faoliyatdan pul mablag‘larining salbiy holati uzoq muddatli aktivlarga investitsiya kiritish holatlarida kuzatiladi. Bu holat samaradorligi va natijaviyligida strategik qarorlar to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, joriy davr bo‘yicha xarajatlarni ko‘paytiradi va kelgusi davrlar bo‘yicha pul tushumlarining oshishiga olib keluvchi holat sifatida baholanadi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘larining sof harakatida ijobiy holat korxonaning kengaytirilgan faoliyatini tashqi manbalar hisobiga moliyalashtirilayotganligini bildiradi. Yuqoridagilarning aksi salbiy holatni ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |