Ko‘rsatkichlar
|
Satri
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+;-)
|
O‘sishi, %
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
230
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) (satr 220+/-230)
|
240
|
564 672 426
|
1 088 734 205
|
524 061 779
|
192.9
|
Foyda solig‘i
|
250
|
16 304 363
|
30 730 577
|
14 426 214
|
188.4
|
Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
|
260
|
40 674 456
|
83 965 344
|
43 290 888
|
206.4
|
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) (satr 240-250-260)
|
270
|
507 693 607
|
974 038 284
|
466 344 677
|
192.1
|
Korxonada joriy davrda va o‘tgan davrda ham favqulodda daromadlar va xarajatlar qayd etilmagan. Soliq to‘loviga qadar foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 524 061 779 ming so‘mga yoki 192.9 foizga ortgan. Foyda solig‘i bo‘yicha o‘zgarish 14 426 214 ming so‘mga o‘tgan yilga nisbatan ko‘p to‘langan. Foydadan boshqa soliqlar va to‘lovlar summasi ham o‘tgan yilga nisbatan 43 290 888 ming so‘mga ortgan.
9.11. Soliq to‘langunga qadar foyda tahlili
Korxona faoliyatining umumiy natijasi soliq to‘loviga qadar moliyaviy natijada jamlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda – foyda solig‘i va boshqa soliqlar to‘lovining obyekti bo‘lganligi sababli uning nomlanishida “soliq to‘loviga qadar” so‘ziga urg‘u berilgan. Soliq to‘loviga qadar foyda summasidan foyda solig‘i hamda foydadan boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Amaldagi, “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq ushbu jamlangan qatorni aniqlash uslubiyotini belgilash mumkin.
Soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF + FF – FZ
Bu yerda:
STF – soliq to‘langungacha olingan foyda;
FF – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar.
Yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS
Bu yerda:
SF – sof foyda;
DS – daromad solig‘i;
BS – boshqa soliqlar.
-jadval
Sof foyda va uning omilli tahlili
Asosiy faoliyat natijasi ko‘rsatkichlari
|
Satri
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum
|
010
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
1 818 575 790
|
154.0
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
020
|
2 474 622 038
|
3 191 287 162
|
716 665 124
|
128.9
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr 010-020)
|
030
|
887 603 512
|
1 989 514 178
|
1 131 910 666
|
224.2
|
Davr xarajatlari, jami (satr 050+060+070+080), shu jumladan:
|
040
|
568 302 199
|
752 744 444
|
184 442 245
|
132.3
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
070
|
135 306 333
|
178 630 359
|
43 324 026
|
132.0
|
Hisobot davrning soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
|
080
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
|
090
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) (satr 030-040+090)
|
100
|
454 607 646
|
1 415 400 093
|
960 792 447
|
3.12
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari:
|
110
|
|
|
|
|
Dividendlar shaklidagi daromadlar; foizlar shaklidagi daromadlar; moliyaviy ijaradan daromadlar; valyuta kursi farqidan daromadlar; moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari
|
120-160
|
269 112 080
|
506 789 162
|
237 677 082
|
188.1
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
|
170
|
|
|
|
|
Foizlar shaklidagi xarajatlar; moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar shaklidagi xarajatlar; valyuta kursi farqidan zararlar; moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar
|
180-210
|
159 047 300
|
833 455 050
|
674 407 750
|
523.9
|
Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija
|
220
|
564 672 426
|
1 088 734 205
|
524 061 779
|
192.9
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
230
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) (satr 220+/-230)
|
240
|
564 672 426
|
1 088 734 205
|
524 061 779
|
192.9
|
Foyda solig‘i
|
250
|
16 304 363
|
30 730 577
|
14 426 214
|
188.4
|
Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
|
260
|
40 674 456
|
83 965 344
|
43 290 888
|
206.4
|
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) (satr 240-250-260)
|
270
|
507 693 607
|
974 038 284
|
466 344 677
|
192.1
|
Korxonada o‘tgan yilga nisbatan barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgan.
Jumladan:
- sotishdan yalpi foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 131 910 666 ming so‘mga yoki 224.2 foizga ortgan;
- davr xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 184 442 245 ming so‘mga yoki 133.2 foizga o‘sgan;
- moliyaviy faoliyatdan daromadlar 237 677 082 ming so‘mga yoki 188.1 foizga oshgan;
- moliyaviy faoliyatdan xarajatlar 674 407 750 ming so‘mga yoki 523.9 foizga ortgan;
- umumjo‘jalik faoliyati natijasi 524 061 779 ming so‘mga yoki 192.9 foizga ortgan;
- foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 524 061 779 ming so‘mga yoki 192.9 foizga ortgan;
- sof foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 466 344 677 ming so‘mga yoki 192.1 foizga ortgan.
9.12. Byudjetga to‘lovlar va ajratmalarning tahlili
Byudjetga to‘lovlar va ajratmalar deganda korxonalarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlari tushuniladi. Ushbu majburiyatlar qisqa muddatli majburiyatlar hisoblanadi. Chunki qonunchilikka muvofiq ular joriy davrda qoplanishi zarur.
Soliqlar deganda – muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi64.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda – davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek‚ vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi65.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
10) benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:
- yagona ijtimoiy to‘lov;
- byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari;
- davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
2) davlat boji;
3) bojxona to‘lovlari;
4) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan soliqlarga:
- yagona soliq to‘lovi;
- yagona yer solig‘i;
- tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq.
Shuningdek, davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha korxonalarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi;
- qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;
- davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
- soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi;
- davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek‚ mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tahlili quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ishonchli va to‘liq axborot manbaini shakllantirish;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha korxona va soliq organidagi ma’lumotlarni taqqoslash;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘zgarish dinamikasini aniqlash;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisoblash;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tahlili yuzasidan yakuniy xulosalarni shakllantirish;
- ichki va tashqi imkoniyatlardan natijaviy omilga ta’sir etishini boshqarish yuzasidan qarorlarni tayyorlash va realizatsiya qilish.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tarkibi tahlili
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Satri
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
|
280
|
16 304 363
|
30 730 577
|
14 426 214
|
188.4
|
2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
|
290
|
191 645 223
|
258 722 106
|
67 076 883
|
135.1
|
shu jumladan: shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratmalar
|
291
|
|
|
|
|
3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i
|
300
|
40 674 456
|
83 965 344
|
43 290 888
|
206.4
|
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
|
310
|
271 325 645
|
417 841 490
|
146 515 845
|
153.8
|
5. Aksiz solig‘i
|
320
|
-
|
-
|
-
|
-
|
6. Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq
|
330
|
-
|
-
|
-
|
-
|
6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
|
340
|
2 256 400
|
3 942 012
|
1 685 612
|
174.7
|
7. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
|
350
|
213 121 506
|
313 560 412
|
82 438 906
|
146.9
|
8. Yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘i
|
360
|
125 642 301
|
138 625 410
|
12 983 109
|
110.4
|
Korxonada foydadan soliq to‘lovi o‘tgan yilga nisbatan 14 426 214 ming so‘mga yoki 188.4 foizga ortgan. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘tgan yilga nisbatan 67 076 883 ming so‘mga yoki 135.1 foizga, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i o‘tgan yilga nisbatan 43 290 888 ming so‘mga yoki 206.4 foizga, qo‘shilgan qiymati solig‘i 146 515 845 ming so‘mga yoki 153.8 foizga, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i 1 685 612 ming so‘mga yoki 174.7 foizga, mol-mulk solig‘i to‘lovi o‘tgan yilga nisbatan 82 438 906 ming so‘mga yoki 146.9 foizga ortgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |