Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili



Download 6,69 Mb.
bet149/296
Sana02.03.2023
Hajmi6,69 Mb.
#915824
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

6.6. Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili


Balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanishi va moliyaviy barqarorligini dinamik baholashga alohida ahamiyat qaratiladi.


Dinamik baholash ko‘rsatkichlarni yillar kesimida davriy o‘rganishni xarakterlaydi. Korxonalarda investitsion loyihalarning samaradorligi va qoplanish davriyligini, korxonaning istiqboldagi rivojlanishida strategiyalarni belgilashda dinamik o‘zgarishlarni o‘rganish g‘oyatda muhimdir.


Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ifodalarini dinamik tahlili

Ko‘rsat
kichlar

Yillar

O‘zgarishi (+,-)

2014 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2017 y. 2014y.ga nisbatan

2017 y. 2015y.ga nisbatan

2017 y. 2016 y.ga nisbatan

Sof aktivlar

6 295344 335

6 467512 422

7 745 794 466

10 124 233 076

3 828 888 741

3 656 720 654

2 378 435 610

O‘z aylanma mablag‘lari naqdligi

1 104247 158

1 214671 838

2 201 552 667

9 835 046 265

8 730799 107

8 620 374 427

7 633 493 598

Zaxira va xarajatlarning jami mablag‘lar hisobiga manbalani
shi

-168 254 689

-122 854 241

-288 315 799

-11 957 467 080

12 125 721 769

12 080321 321

11 669 151 281

Zaxira va xarajatlar
ning o‘z mablag‘lari va uzoq muddatli qarz mablag‘lari hisobiga manbalani
shi

125 564 238

145 234 589

15 930987

3 465 498 069

3 339 933 831

3 320 63 480

3 449 567 082

5. Zaxira va xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobiga manbalani
shi

144 523 422

156 463 542

30 675203

355 424548

210 901 126

198 961 006

325 049345

Korxonaning oxirgi 4 yillik natijalari bo‘yicha zaxira va xarajatlarning o‘z mablag‘lari manbasi va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holatida bir xil holat kuzatilgan. O‘z aylanma mablag‘larini naqdligi va uni zaxira xarajatlarini moliyalashtirishdagi holatidan boshqa barcha shartlarda korxonaning moliyalashtirish manbalari ijobiyligiga erishilgan.


Moliyaviy barqarorlikning nisbiy ifodalarini dinamik tahlili



Moliyaviy barqaorlik ko‘rsatkichlari

Aniqlanishi

Yillar

O‘zgarishi (+,-)

2014

2015

2016

2017

2017 y. 2014y.ga nisbatan

2017 y. 2015 y.ga nisbatan

2017y. 2016y.ga nisbatan

1. Avtonomiya (moliyaviy mustaqillik) koeffitsiyenti (Ka)
Normal darajasi: 0,5 va undan yuqori (optimal darajasi: 0,6-0,7)

Xususiy kapital / Aktivlar

0,512

0,524

0.586

0.417

-0,95

-0,107

-0.169

2. Uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (Kummm)
Normal darajasi: 0,9
Kritik darajasi: 0,75

(O‘z mablag‘lari manbasi+Uzoq muddatli majburiyatlar) / Aktivlar

0,865

0,912

0,941

0,923

0,058

0,011

0,018

3. Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti (Kmq)
Optimal darajasi: 0,5

Majburiyatlar / Aktivlar

0,422

0,408

0,413

0,582

0,160

0,174

0,169

4. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Ko‘amn)
Normal darajasi: 0,1 va undan yuqori

(O‘z mablag‘lari manbasi – Uzoq muddatli aktivlar) / Joriy aktivlar

-

-

-

-

-

-

-

5. Kapitallashuv koeffitsiyenti (Kk)
1 dan yuqori bo‘lishi uning qarz kapitaliga qaramligini bildiradi.

Majburiyatlar / O‘z mablag‘lari manbasi

0,665

0,670

0.703

1.397

0,732

0,670

0.694

6. Moliyalashtirish koeffitsiyenti (Km).
Qancha kichik bo‘lsa qaramlik kuchayadi

O‘z mablag‘lari manbasi / Qarz kapitali

1,31

1,45

1,65

10,82

9,51

9,37

9,17

Korxonada avtonomiya koeffitsiyentining yillar kesimida 2014-2016-yillarda o‘sishi, 2017-yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik darajasida barcha yillar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti majburiyatlarning aktivlarga nisbati darajasida ham o‘sish kuzatilgan. Bu albatta salbiy holat deb baholanishi ham mumkin. Ya’ni majburiyatlarning jami kapital tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yillarga nisbatan keskin ortib ketmoqda. O‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat 2017-yilda eng yuqori natijani qayd etgan, quyi natija 2014-yilda kuzatilgan.


6.7. Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ichki imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash


Raqobatdosh iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlik korxona yashovchanligini ta’minlashning bosh omili hisoblanadi.


Moliyaviy barqarorlikni o‘stirishning muhim omillari sifatida aktivlarni moliyalashtirish manbalaridagi nisbatni to‘g‘ri tanlash, uni o‘stirib borish, moliyalashtirish samaradorligi, to‘lovga qobillik, likvidlikni, ish va bozor aktivligini o‘stirish choralarini ko‘rish hisoblanadi.
Aktivlarning va foydaning o‘sishida to‘lovga qobillikni ta’minlash masalasi moliyaviy barqarorlikda markaziy o‘rinda turadi. Shu sababli‚ aktivlarning - tushumning - foydaning o‘sishiga, ularning o‘sishidagi uzviy bog‘liqlik va aloqadorlikka alohida ahamiyat qaratiladi.
Aktivlarning optimal darajasi va tarkibini shakllantirish, ularni moliyalashtirishning maqbul yechimiga chiqish, aktivlardan samarali foydalanish va faoliyat natijaviyligini to‘g‘ri baholashga moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim e’tibor qaratiladi.
Moliyaviy barqarorlikka ega bo‘lmaslik juda ko‘p muammolar va tahlikalar paydo qiladi. Bu tahlikalar moliyaviy ahvolning nobarqarorligiga, iqtisodiy nochorlikka, raqobatdoshlikning tushib ketishiga olib keladi.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning tashkiliy, texnik, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlariga muhim ahamiyat qaratish lozim.
Iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlar juda murakkab jarayonlar tizimini tadqiq etishni talab etadi. Bunda ayniqsa moliyalashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat qaratish lozim. Korxonaning yashovchanlik darajasini o‘stirishda moliyaviy imkoniyatlar birinchi o‘rinda turadi. Ularning yechimi esa iqtisodiy hodisa va jarayonlar, ularning samarasida va natijasida paydo bo‘ladi. Shu sababli‚ birinchi navbatda resurslarning muqobil tarkiblanishiga, ulardan samarali foydalanishga, faoliyat natijaviyligiga tahlilda alohida urg‘u beriladi.
Shu bilan birga moliyaviy ahvol va uning kelajakda o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar bazasi bilan nafaqat korxona boshqaruvchi xodimlarini, balki tashqi subyektlar (sheriklar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va axborot foydalanuvchilarning keng doirasini ham) axborotlar bilan ta’minlash masalasiga alohida ahamiyat berish zarur.
Moliyaviy holat, barqarorlik bo‘yicha salbiy holatlar immunitetni shakllantirish oson kechadigan jarayon emas.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash faqat korxonadagi holat bilangina o‘nglanadigan holat emas. Buning uchun albatta tashqi omillar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari ham korxonada ijobiy natijaviylikni ta’minlashga yordam berishi lozim.
Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish yuzasidan nimalar qilish lozim:
Birinchidan, balansning chuqur tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirish lozim. Bunda asosiy e’tiborni moliyalashtirish manbalarida o‘z mablag‘lari manbasi, xususiy kapital hajmini o‘stirishga, uning jami moliyaviy salohiyatdagi salmog‘ini imkon darajasida oshirishga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Buning yagona yechimiga dastlabki kapitalni o‘stirish, uning ishchanligi, natijaviyligini ta’minlash asosida erishiladigan qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali va foydani o‘stirish hisobigagina erishiladi.
Ikkinchidan moliyaviy barqarorlikni o‘stirishning muhim imkoniyatlari zaxira va xarajatlarni optimallashtirish, ularning ishlab chiqarish va faoliyat uchun zaruriy qismini shakllantirish, turib qolishlarga, ortiqcha normalarda saqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kiradi.
Moliyaviy imkoniyatlarni o‘stirishda kreditorlar bilan aloqalarning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi ham muhim o‘rin tutadi.
Moliyaviy barqarorlikning balans moddalari orqali baholashda mutlaq moliyaviy barqarorlik, normal moliyaviy barqaror, nobarqaror, kriziz holatidagi moliyaviy ahvolni darajasiga, korxonaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini tarkibiy jihatdan chuqur tadqiq etish va aniq yechimlarga imkon beruvchi xulosalarini shakllantirish menejerlar doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda yana bir muhim jihat debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini oqilona boshqarish imkoniyatlariga qaratilmog‘i lozim. Ularning aylanuvchanligi va aylanish davrini davriy o‘rganish asosida moliyaviy imkoniyatlari hisob-kitob qilinishi zarur.



Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish