Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,96 Mb.
bet240/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

Ssa = SF / SA * 100
Bu yerda:
Ssa – sof aktivlar samaradorligi;
SF – sof foyda;
SA – sof aktivlar summasi.
Sof aktivlar aylanuvchanligi sotishdan tushumni sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali topiladi.
Ksa = SST / SA
Aylanish davri quyidagicha hisob-kitob qilinadi:
Kad = SA / SST * 360 yoki 360 / Kad
Bu yerda:
Ksa – sof aktivlar aylanuvchanlik koeffitsiyenti;
SST – sotishdan sof tushum.
Taqsimlanmagan foyda ta’sischilar o‘rtasida dividend sifatida taqsimlangandan keyin ta’sischilarning qo‘shimcha kiritgan hissalari sifatida ustav kapitalini ko‘paytirishi mumkin:
Sof aktivlar tahlili

Ko‘rsatkichlar

Balans qatori

Davr boshiga

Davr oxiriga

Farqi (+,–)

A

B

1

2

3

1. Jami aktivlar

400

13 198 104 658

24 276 893 065

+11 078 788 407

2. Majburiyatlar

770

5 452 310 192

14 152 659 989

+8 700 349 797

3. Ustav kapitali

410

614 384 306

828 202 670

+213 818 364

3. Sof aktivlar (1-2)

*

+7 745 794 466

+10 124 233 076

+2 378 438 610

4. Sof aktivlarning jami aktivlardagi salmog‘i

*

58,7

41,7

-17,0

5. Sof aktivlarning ustav kapitalidagi hissasi

*

12,6

12,2

-0,4

Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning summasi davr boshida 7 745 794 466 ming so‘mni, davr oxiriga kelib 10 124 233 076 ming so‘mni tashkil etgan. Sof aktivlarning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 378 438 610 ming so‘mni, o‘sish darajasi (10 124 233 076 / 7 745 794 466 *100) 30.7 % ni tashkil qilgan. Sof aktivlarning jami aktivlardagi salmog‘i davr boshiga nisbatan 17 %ga kam bo‘lgan. Bunga asosiy sabab sifatida majburiyatlarning davr boshiga nisbatan 8 700 349 797 ming so‘mga (yoki 2.6 baravarga) ortganligi bilan izohlash mumkin. Sof aktivlarning ustav kapitalidagi hissasi davr boshida 12.6 baravarga, davr oxirida 12.2 baravarga ortiq bo‘lganligini, davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 0.4 baravarga yoki 40 % ga kamayganligini kuzatish mumkin.


Tahlil yakunida albatta sof aktivlarning samaradorligi baholanadi va uning o‘zgarishlari omilli tahlil etiladi. Samaradorlikni baholashda sof aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sotishdan sof tushum, sof foyda ko‘rsatkichlari o‘rganiladi.

Sof aktivlardan foydalanish samaradorligining tahlili



Ko‘rsatkichlar

Hisobot shakli

O‘tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+,-)

O‘sishi, %

A

B

1

2

3

4

1. Sof aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘m

1-shakl

7 745 794 466

10 124 233 076

+2 378 438 610

+130,7

2. Sotishdan sof tushum, ming so‘m

2-shakl

3 362 225 550

5 180 801 340

+1 818 575 790

+154,1

3. Sof foyda, ming so‘m

2-shakl

507 693 607

974 038 284

+466 344 677

+191,2

4. Sof aktivlarning aylanuvchanligi (2/1)

*

0,434

0,511

+0,077

117,7

5. Sof aktivlarning aylanish davri, kun (360/Ksa)

*

829,4

704,5

+124,9

84,9

6. Sof aktivlar rentabelligi, % (3/1*100)

*

6,5

9,6

+3,1

147,7

Aksionerlik jamiyatida sof aktivlarning samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yaxshilangan. Jumladan sof aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan sof tushum summasi 0.434 tiyindan, 0.511 tiyinga ortgan. Bu o‘zgarish asosan sof tushumning o‘tgan yilga nisbatan 1 818 575 790 ming so‘mga ortishi tufayli ro‘y bergan. Sof aktivlarning aylanish davri 829.4 kundan 704.5 kunga qisqargan. Aylanish davri 84.9 kunga tezlashgan. Bu yil taqvimi bo‘yicha bir chorakka tezlashish demakdir. Sof aktivlarning rentabelligi mos ravishda o‘tgan yilda 6.5 %ni, joriy yilda 9.6 %ni tashkil qilmoqda. Rentabellikning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi 3.1 %ga ortgan.


Sof aktivlar tahlili, ularning samaradorligi baholash amaliyoti xorij tajribasidan kirib kelgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxona to‘lovga qobilligini baholashning umumiy ifodasi ham hisoblanadi. U aktivlarning majburiyatlardan ortgan summasini aniqlash orqali sof kapitalni shakllantirish strategiyasini ham belgilab olish mumkin.
Zanjirli bog‘lanish usulida xususiy kapital samaradorligi, rentabelligini omilli tahlilini amalga oshirish mumkin va bu jarayon ichki imkoniyatlarni aniq va to‘g‘ri baholash imkonini beradi.



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish