Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


-bob. KORXONALAR IQTISODIY NOCHORLIGI (BANKROTLIGI)NI BAHOLASH VA TAHLIL QILISH



Download 6,96 Mb.
bet243/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

12-bob. KORXONALAR IQTISODIY NOCHORLIGI (BANKROTLIGI)NI BAHOLASH VA TAHLIL QILISH




12.1.Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari.
12.2.Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari.
12.3.Iqtisodiy nochorlik tahlilining axborot manbalari
12.4.Bankrotlikni aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili.
12.5.Iqtisodiy nochorlikni baholashning milliy va xalqaro tajribalari.
12.6.Iqtisodiy nochorlik xavf-xatarlarini aniqlashda moliyaviy holat tahlili. Bankrotlikni aniqlashning turli modellari.
12.7.Bankrotlik taomillari: kuzatuv, tashqi boshqaruv, sanatsiya, tugatishda moliyaviy holat tahlili.
12.8.Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
12.9.Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish chora-tadbirlari.
12.10.Bankrotlikni oldini olishda moliyaviy menejmentdan foydalanish.


12.1. Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarishga buyurilgan holat kishilik jamiyatining shakllanishining ilk davrlariga borib taqaladi. Shu sababli‚ ham bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)ning tarixini o‘rganishda uning yuzaga kelgan davri sanasini aniq belgilash doimo muammo bo‘lib kelgan.


Jumladan “Yangi ahd”da yaxudiylarning har yetti yilda bir marta barcha majburiyatlaridan kechish urfi belgilangan. Har ellik yilda bir marta etnik tarkibidan qat’iy nazar barcha millat vakillarining majburiyatlaridan kechish, qullarni ozod qilish shartlari belgilangan80.
Qadimgi Gretsiyada oila boshlig‘i o‘z majburiyatlarini to‘lay olmasa, uning barcha oila a’zolari majburiyatlarni to‘liq qoplagunga qadar, o‘z kreditor qarzini va zararini qoplagunga qadar qullikka mahkum qilingan. Ko‘pgina shaharlarda uning muddati 5 yil qilib belgilangan.
Qarzdorning kreditor oldidagi shaxsiy majburiyatlarini belgilashning huquqiy normalari ilk bor Rim qonunlarida uchraydi. Qarzdorlik majburiyatining yuzaga kelganligi va uning muddatining 90 kundan oshganligi ilk bor ushbu qonunlarda aks etgan.
Rim imperiyasi qo‘llagandan keyin iqtisodiy nochorlik normalarini belgilash va ularni rasmiy jihatlari Italiyada rivojlana boshlandi. Bu bevosita Italiyada savdo faoliyatining keskin rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ham ushbu jarayon birinchi navbatda savdo faoliyatida qo‘llanila boshladi. Iqtisodiy nochorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi savdo sudlarining vujudga kelishiga ham ushbu jarayonga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy nochorlikni e’lon qilish tartiblarida ilk bor qarzdor yoki kreditorlarning murojaati bilan nochorlikni tan olish va belgilash tartiblari qayd etilgan.
Iqtisodiy nochorlikni zamonaviy shakli va jarayonlarini belgilanishida Angliya amaliyoti alohida o‘rin tutadi. 1543-yilda iqtisodiy nochorlikni ko‘rib chiqish muddatlari va nochorlikni tan olish tartiblari aks etgan protsessual amaliyotga o‘tila boshlandi. Uning rivojlanish davri XVII-XIX asrlarga to‘g‘ri keladi.
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) tushunchalarining odatda sinonimlari nihoyatda ko‘p. Ularning aniq sonini keltirish (odatda o‘zbek tilida 20 dan ortiq sinonimlari mavjud) qiyin. Milliy qonunchilik xalqaro normalaridagi talablarni o‘rganish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, qarzdorning o‘z majburiyatlarini to‘liq qoplash layoqatiga ega emasligidan kelib chiqadigan iqtisodiy, moliyaviy qiyinchilikni bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) deb nomlash juda to‘g‘ri belgilangan.
Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligidir.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotida ishtirokchilarning to‘lov majburiyatlarini to‘lashga qodir emasligini tan olish orqali uni tartibga solishni muhim normalarini belgilamasdan uning rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Negaki, ikkita subyekt o‘rtasidagi o‘zaro qarzdorlik bu shunchaki, qarzdorlik emas. Bu majburiyatlar butun bir iqtisodni, jamiyatning majburiyatidir. Ya’ni, qarzdorlik faqat ularning o‘zigagina tegishli muammo emas.
Iqtisodiy nochorlik, bankrotlik tushunchalari odatda bir mazmunda qaraladi. Ularni yuzaga keltiruvchi sabablar nihoyatda ko‘p. Lekin sabablarning ildizida albatta kuchli raqobat, iqtisodiy resurslar va moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan holda, raqobat kurashiga tortiladilar. Bu kurash kimnidir bor, kimnidir yo‘q qiladi. G‘olib korxonalar o‘zining moliyaviy ahvolini mustahkamlagan holda bozorda muqim o‘ringa ega bo‘la boradilar. Mag‘lub korxonalar esa sinadilar yoki o‘z faoliyatini to‘xtadilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu g‘oliblik yoki bu mag‘lublik muqarrar narsaki, uni to‘xtatib qolish mumkin emas.
Aytish mumkinki, uzluksiz davom etuvchi raqobat kurashi doimo iqtisodiy nochorlik yoki bankrotlik holatiga tushish xavfini tug‘diradi.
Bankrotlik tushunchasi italyancha «banco-rotto» degan so‘zdan olingan bo‘lib, aslida kursi (o‘rindiq)ning sinishini anglatsada, bu so‘z aslida qarzdorning to‘lov majburiyatlarini to‘la qoplashga qodir emasligini izohlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunida bankrotlik alomatlari yuridik shaxslar uchun alohida, jismoniy shaxslar uchun alohida tartiblari belgilangan.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi81.
Xo‘jalik subyektlari va ularning ayrim toifalari (banklar, qishloq xo‘jaligi subyektlari, sug‘urta tashkilotlari va h.k.), yakka tadbirkorlarning bankrotligini tan olish va uni belgilash tartiblari bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda aniq belgilab berilgan.
Bankrotlikning korxona faoliyatiga nisbatan qo‘llanishini tushunish uchun uning siklik jarayonini tushunish muhim masala hisoblanadi. Ya’ni har qanday korxonaning manzil yakuni hisoblangan bankrotlik quyidagi jarayonlarning uzviy ketma-ketligidan tashkil topadi.



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish