Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil


Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish, gorizontal, vertikal, trend, qiyosiy, omilli, koeffitsiyentlar tahlili



Download 6,69 Mb.
bet32/296
Sana31.03.2022
Hajmi6,69 Mb.
#520663
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   296
Bog'liq
Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliy

1.6. Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish, gorizontal, vertikal, trend, qiyosiy, omilli, koeffitsiyentlar tahlili.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati yuzasidan obyektiv axborotlarni olish yo‘llarini belgilab beruvchi tahlil usullariga quyidagilarni kiritish mumkin9:



  • moliyaviy hisobotni o‘qish

  • gorizontal tahlil

  • vertikal tahlil

  • trend tahlili

  • qiyosiy tahlili

  • moliyaviy koeffitsiyentlar

  • omilli tahlil

Moliyaviy hisobotlarni “o‘qish” – deganda moliyaviy hisobotni manzilli o‘rganish tartibi tushuniladi. Ya’ni korxonani bilishni dastlabki o‘rganish usulidir.
Gorizontal tahlil-moliyaviy hisobot elementlari va ularning moddalarini mutlaq va nisbiy farqlash orqali o‘zgarishlarini aniqlash usulidir.
Vertikal tahlil-mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalarini, daromad va xarajatlarni, moliyaviy hisobotlarning boshqa elementlarini tarkibiy o‘rganish usulidir.
Trend tahlili – asos ko‘rsatkichiga nisbatan dinamik o‘rganish usulidir.
Qiyosiy tahlil – bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar tizimini, turli obyektlar bo‘yicha taqqoslash usulidir.
Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili – moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini o‘zaro nisbatlash asosida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar asosida baholash usulidir.
Omilli tahlil – natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklarni va hisob kitob qilish mumkin bo‘lgan birliklarda aniqlash usulidir10.
Moliyaviy tahlil usullari qatoriga ayrim manbalarda‚ shuningdek, taqqoslama (solishtirma) tahlil, loyihaviy tahlil, diskontlash usullari ham kiritiladiki ushbu usullar iqtisodchilar guruhiga kiruvchi boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘proq qo‘llaniladigan usullardir.
Yuqorida keltirilgan usullar tahlilchilarning barcha qatlami uchun yagona usullar sifatida foydalaniladi.
Tahlil usullarining sxematik tushuntirish ularni anglashni yanada osonlashtiradi. Shu sababli‚ bir xil holatning har xil jihatlarini aks ettiruvchi moliyaviy hisobot elementlari moddalariga nisbatan, shuningdek‚ moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga nisbatan ushbu usullarning tasnifini berib o‘tamiz.
Moliyaviy hisobotni «o‘qish». Moliyaviy hisobotni «o‘qish» deganda ko‘pincha moliyaviy hisobotning manzilligi (egasi) mulki shakli (xususiy, aksionerlik, h.k.), o‘lchov birligi (milliy va xorijiy valyuta), yuridik manzilli, davriyligi (qaysi davrga to‘zilishi) tasniflash tushuniladi. Aslida o‘qish kengroq tushuncha. Unda mulkning o‘ziga va qarzga olingan qismlarga bo‘linishi, agar korxonada pul mablag‘lari bo‘lsa‚ ular hozirda kimga tegishli ekanligi, agar korxona foydaga ega bo‘lsa‚ ular qaysi aktivlarda shakllanganligi (moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rinishda ekanligi), balansning o‘sishi nimani izohlashi, agar korxona moliyaviy barqaror bo‘lsa yoki nobarqaror bo‘lsa u balansda qanday joylashuvi kabi masalalarni ham qamrab olmog‘i lozim.
Gorizontal tahlil – alohida moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash orqali moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarga baho berish usuli hisoblanadi. O‘zgarishlar, mutlaq va nisbiy ifodalarda aniqlanadi.
Moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini, moliyaviy ko‘rsatkichlarni gorizontal tahlil asosida ularning o‘sish darajalariga baho beriladi.
Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi.
1.Hisobot davri moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘tgan yilning shu davri (dekada, oy, chorak) ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
2.Hisobotning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi bilan taqqoslash (masalan joriy davr 1-choragini o‘tgan yilning 1-choragi bilan taqqoslash)
3-Bir necha yillar bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash.
1.40-jadval

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish