O‘zbekiston temir yo‘llari AJning jamlangan buxgalteriya balansi
Ko‘rsatkichlar
|
2017 -2018 yy.
|
AKTIV
|
01.01.2017 y.
|
01.04.2017 y.
|
01.07.2017 y.
|
01.10.2017 y.
|
01.01.2018 y.
|
1. Uzoq muddatli aktivlar
|
10 219 731 945
|
11 151 959 813
|
11 195 178 476
|
11 778 032 823
|
12 593 199 960
|
Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati
|
10 527 417 487
|
11 341 824 771
|
13 056 620 251
|
13 186 532 286
|
14 773 593 626
|
Asosiy vositalar eskirish qiymati
|
3 423 307 367
|
3 788 793 507
|
3 945 211 086
|
4 125 679 858
|
4 320 658 666
|
Asosiy vositalar qoldiq qiymati
|
7 104 110 120
|
7 553 031 264
|
9 111 409 165
|
9 060 852 428
|
10 452 934 960
|
Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati
|
417 151
|
335 519
|
526 894
|
435 179
|
345 379
|
Kapital qo‘yilmalar
|
2 834 711 892
|
3 308 810 890
|
1 783 170 063
|
2 396 325 565
|
1 572 602 311
|
Boshqa uzoq muddatli aktivlar
|
280 492 782
|
289 782 140
|
300 072 354
|
320 419 651
|
567 317 310
|
2. Joriy aktivlar
|
2 978 372 713
|
3 522 490 664
|
4 234 880 927
|
10 571 776 648
|
11 683 693 105
|
Ishlab chiqarish zaxiralari
|
819 530 511
|
761 929 334
|
807 974 274
|
805 958 807
|
1 047 437 972
|
Kelgusi davr xarajatlari
|
1 366 091 169
|
1 926 260 257
|
2 439 824 162
|
8 466 493 743
|
8 441 062 224
|
Pul mablag‘lari
|
171 917 383
|
167 990 329
|
198 395 625
|
199 248 750
|
468 669 767
|
Boshqa joriy aktivlar
|
117 495 315
|
114 011 429
|
118 290 042
|
112 380 694
|
160 480 738
|
Debitorlar, jami
|
503 338 335
|
552 299 315
|
670 396 824
|
987 694 654
|
1 566 042 404
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar
|
163 855 350
|
162 134 584
|
179 194 017
|
304 669 491
|
268 038 094
|
Byudjetga avans to‘lovlari
|
7 740 384
|
6 510 004
|
8 801 153
|
5 388 750
|
5 252 951
|
Aktiv bo‘yicha jami
|
13 198 104 658
|
14 674 450 477
|
15 430 059 403
|
22 349 809 471
|
24 276 893 065
|
PASSIV
|
01.01.2017 y.
|
01.04.2017 y.
|
01.07.2017 y.
|
01.10.2017 y.
|
01.01.2018 y.
|
1. O‘z mablag‘lari manbasi
|
7 745 794 466
|
8 567 616 791
|
8 644 944 914
|
8 963 743 430
|
10 124 233 076
|
Ustav kapitali
|
614 384 306
|
614 384 306
|
614 384 306
|
614 384 306
|
828 202 670
|
Rezerv kapitali
|
5 737 851 427
|
6 360 555 463
|
6 480 827 061
|
6 590 488 428
|
8 121 422 920
|
Taqsimlanmagan foyda
|
507 693 607
|
416 753 023
|
344 928 794
|
160 996 840
|
223 400 675
|
Boshqa manbalar
|
885 865 126
|
1 175 923 999
|
1 204 804 753
|
1 597 873 856
|
951 206 811
|
2. Majburiyatlar
|
5 452 310 192
|
6 106 833 686
|
6 785 114 489
|
13 386 066 041
|
14 152 659 989
|
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari
|
4 675 490 146
|
5 329 297 527
|
5 927 142 095
|
12 154 367 349
|
12 304 013 149
|
Boshqa majburiyatlar
|
14 744 216
|
12 729 877
|
10 091 394
|
9 142 953
|
8 878 479
|
Kreditorlik majburiyatlari, jami
|
762 075 830
|
764 806 282
|
847 881 000
|
1 222 555 739
|
1 839 768 361
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga majburiyatlar
|
219 818 890
|
177 094 949
|
250 590 908
|
306 494 641
|
514 650 184
|
Byudjetga majburiyatlar
|
20 798 130
|
35 632 293
|
40 718 997
|
40 080 238
|
62 317 043
|
Balans passivi bo‘yicha jami
|
13 198 104 658
|
14 674 450 477
|
15 430 059 403
|
22 349 809 471
|
24 276 893 065
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (2016-2017 yy.)
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2017 yil
|
2016 yil
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof
|
5 180 801 340
|
3 362 225 550
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
3 191 287 162
|
2 474 622 038
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
1 989 514 178
|
887 603 512
|
Davr xarajatlari
|
752 744 444
|
568 302 199
|
Boshka operatsion xarajatlar
|
178 630 359
|
135 306 333
|
Asosiy faoliyatning foydasi
|
1 415 400 093
|
454 607 646
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
|
833 455 050
|
159 047 300
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari
|
506 789 162
|
269 112 080
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
1 088 734 205
|
564 672 426
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
0
|
0
|
Daromad (foyda) solig‘i
|
30 730 577
|
16 304 363
|
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
|
83 965 344
|
40 674 456
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
974 038 284
|
507 693 607
|
Nazorat uchun savollar
Raqobatdosh iqtisodiyotda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini reyting baholashning zaruriyatini tushuntiring?
Reyting baholash amaliyoti qaerlarda ko‘llanilmoqda va uning amaliy tajribalari?
O‘zbekistonda korxonalar faoliyati reytingini baholash nazariyasi, metodologiyasi va amaliyotini tushuntiring?
Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi qanday ko‘rsatkichlar kiradi?
Reyting baholashda qo‘llaniladigan usullarni tushuntiring?
Korxonalar moliyaviy holatni va samaradorligini ifodalovchi kompleks ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingini aniqlash va ularning qiyosiy tahlilini tushuntiring?
Reyting baholash amaliyotida qanday kamchiliklar mavjud?
Korxona iqtisodiy va moliyaviy salohiyati samaradorligi bo‘yicha reyting ko‘satkichlarining qiyosiy tahlilini amalga oshirishda axborotlar qanday olinadi?
Reyting baholash bo‘yicha korxonalarni ranjirlash nima degani?
Moliyaviy holatni reyting baholash bo‘yicha xalqaro tajribalar va ulardan mamlakatimiz tahlil amaliyotida foydalanish imkoniyatlarini izoxlang?
14-BOB. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash
14.1. Moliyaviy hisobot elementlarini ahamiyati, maqsadi va tahlil vazifalari.
14.2. Aktivlar, kapital va majburiyatlarni bashoratlash.
14.3. Daromadlar va xarajatlarni bashoratlash: sotish hajmi, mahsulot tannarxi, operatsion daromad va xarajatlar, foyda hajmi va rentabellik darajalarini bashoratlash.
14.4. Pul mabalag‘lari naqdligini bashoratlash.
14.5. Bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)ni bashoratlash.
14.6. Bashorat ko‘rsatkichlariga ichki va tashqi omillar ta’siri. Bashorat ko‘rsatkichlariningehtimolligi va ishonchliligini baholash. Bashoratlashdagi kamchiliklar.
14.1. Moliyaviy hisobot elementlarini ahamiyati, maqsadi va tahlil vazifalari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar maqsadi foyda olishga qaratilgan va bu jarayon yakunidagina sarhisob qilinadi. Shunday ekan kelgusida iqtisodiy naf olish maqsadida aktivlardan foydalanish masalaning asosiy sharti hisoblanadi. Kelgusidagi naflik aktivlarning turlariga qarab farqlanishiga ahamiyat qaratsak, bu uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarda turlicha kechishini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga faoliyat turiga qarab ham bu jarayonning davriyliklari turlicha bo‘ladi.
Qo‘yilgan mablag‘larning qanchalik naf keltirishi albatta ma’lum bir muddat, vaqt oralig‘ini talab etishi ham ularni oldindan bashoratlashni talab etadi. Bashoratlash orqali aktivlar, kapital va majburiyatlar, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar, kelgusidagi pul oqimlari, aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan qo‘shimcha mablag‘lar manbasiga zaruriyat sezilishi hamda ularni hal etish imkoniyati yuzaga keladi.
Kelgusidagi kutilishlarni bashoratlash faqat korxonaning o‘zigagina tegishli omillar ta’sirida o‘zgaradigan jarayon emas, unga ko‘proq tashqi omillar ham ta’sir etadi. Kelgusida erishilishi kutilayotgan natijaga erishish risklarini kamaytirish orqali aniqlikni yuqori normasiga chiqish imkoniyati mavjudligini hisobga olsak, bashoratlash korxonalarning kelajakdagi moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini, foyda va zararlarini to‘g‘ri aniqlash va boshqaruvni shunga mos ravishda tashkil etish imkonini beradi.
Korxonalar moliyaviy holatini bashoratlash moliyaviy hisobotning quyidagi birliklari yuzasidan tuzib chiqiladi.
Aktivlar va passivlar balansi bo‘yicha;
Daromadlar va xarajatlar balansi bo‘yicha;
Pul mablag‘lari kirimi va chiqimi balansi bo‘yicha.
Moliyaviy holatni bashoratlash uchun asos bo‘luvchi manba bu moliyaviy hisobotlardir. Joriy yildagi moliyaviy hisobot ma’lumotlari yaqin va uzoq davriylikda bashoratlash uchun iqtisodiy va moliyaviy jihatdan asos vazifasini bajaradi. Korxonaning kelgusidagi rivojlanishi yuzasidan belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning barcha elementlari qayta korrektirovkalash asosida tuzib chiqiladi. Bashoratlash yakunida bashoratlangan buxgalteriya balansi, bashoratlangan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti, bashoratlangan pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotlari tuzib chiqiladi va ushbu manbalar moliyaviy starategiyani belgilashda muhim manba sifatida qaraladi.
Moliyaviy holatni bashoratlash tahlili mazmunini korxonalarning kelgusidagi moliyaviy ahvoli va undagi o‘zgarishlarni, moliyaviy natijalarni va pul oqimlarini oldidan aniqlash, kelgusidagi iqtisodiy naflikka yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan.
Moliyaviy holatni bashoratlash tahlilining muhim vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
- korxona moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, foyda va zararlari, pul mablag‘lari kutilishi yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- korxonaning aktivlar, kapitali va majburiyatlarining kelgusidagi kutilishlarini bashoratlash orqali buxgalteriya balansini tuzish va korxonaning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlarni baholash;
- korxonaning daromadlari va xarajatlari, foyda va zararlarini kelgusidagi kutilishlarini bashoratlash orqali moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va uning muhim birliklari o‘zgarishiga baho berish;
- pul oqimlarining kelgusidagi kirimi va chiqimi yuzasidan mablag‘larga zaruriyatni va ortiqchalikni aniqlash orqali pul mablag‘lari balansini tuzish va uni baholash.
Bashoratlash kelgusida korxona moliyaviy holatini yaxshilash, iqtisodiy naflikni o‘stirish, pul mablag‘lari doimiy oqimini optimal boshqaruvini yo‘lga qo‘yishda muhim masala hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash uning muxim elementlari bo‘lgan aktivlar, kapital va majburiyatlar, moliyaviy natijalar, foyda va zararlarni prognozlashni nazarda tutadi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash asosida korxonaning kelgusidagi aktivlari, kapitali va majburiyatlari, moliyaviy natijalari, foyda va zararlarini oldindan kutilishini aniqlash va shunga mos ravishda ularning faoliyat va biznes rejasini belgilash, byudjetini shakllantirish imkoni tug‘iladi. Moliyaviy hisobot elementlarini bashoratlash quyidagi muhim savollarga javob topishg imkonini beradi:
- korxonada nimalardan va qachon pul mablag‘lari keladi?
- ular nimalarga ishlatiladi?
- ijobiy pul oqimlariga chiqish yuzasidan korxonaga kancha pul mablag‘lari zarur?
- ushbu pul mablag‘lariga qachon zaruriyat seziladi?
- pul mablag‘lari qaysi shaklda korxonalarga jalb qilinadi (xususiy kapital ko‘payishi shaklida yoki qarz kapitali shaklida)?
- keyingi davrlar bo‘yicha korxonaning moliyaviy holati qanday holati kuzatiladi?
Moliyaviy hisobot elementlarini mohirona bashorat qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- bashorat qilinadigan davrni belgilab olish;
- moliyaviy bashoratlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
- hisob-kitob jadvallarini shakllantirish;
- foyda va zararlarni bashoratlash;
- pul mablag‘lari harakatini bashoratlash;
- moliyalashtirishning talab qilingan qiymatini shakllantirish;
- iqtisodiy nochorlikni bashoratlash;
- balans hisobotini bashoratlash;
- yakuniy xulosa va tavsiyalarni tayyorlash.
Tobora rivoj topayotgan va raqobatdoshlik kuchayotgan sharoitda bashoratlangan moliyaviy hisobotlarni talab qiluvchilarning doirasi kengayadi. Shu sababli, bashoratlangan moliyaviy hisobotlarga tayangan holda yaqin va uzoq davriylikdagi xamkorlik aloqalari, sherikchilik, aksiyalarni sotish olish yuzasidan ularning ahamiyati oshib bormoqdi. Ayniqsa, kredit institutlarining berilgan kredit muddatlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy holati va natijalarining kutilishlarini bilishga zaruriyati yanada oshmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, banklar birinchi navbatda korxonalarning tarixi bilangina emas, balki iqtisodiy jihatdan asoslangan faoliyatning uzluksizligi va davomiyligi, moliyaviy ahvol va natijalarning kelajakdagi kutilishlarini bilish bilan ham qiziqadilar. Shu bilan birga, esdan chiqarmaslik lozimki, kelajakda kutiladigan natijalarning eng ishonchli manbalari ham ma’lum bir taxminlardan, kamchiliklardan albatta holi bo‘la olmaydi. Bu esa risklarni baholash ularni kamaytirish choralarini ko‘rish bilan hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |