Qo‘llash sohasi: “Odilona baholash”ning qo‘llanish sohasi cheklangan. Ushbu usul aniq mulkiy birliklarga nisbatan (investitsion mulkka, biologik aktivlarga, moliyaviy instrumentlarga, aktivlarning alohida tarkiblari)ga nisbatan yoki jarayonlarning ayrim turlariga (biznesni birlashtirish, asosiy vositalarni qayta baholash, tekinga olinadigan qiymatliklarni baholash va h.k.) nisbatan qo‘llaniladi.
Hisoblash tartibi: xaqqoniy baholash xo‘jalik faoliyatining aktivlari va jarayonlariga nisbatan farqlanadi.
Aktivlarni odilona baholash korxonalarning moliyaviy natijaviyligiga, jarayonlarni odilona baholash esa kapitallashuv jarayoniga ta’sir etadi. Biologik aktivlarning (boquvdagi va o‘stiruvdagi jonivorlar, o‘simliklar) odilona baholanishidagi o‘zgarishlar foyda va zararlarga, asosiy vositalarni qayta baholanishi esa korxona kapitalining o‘zgarishiga olib boriladi.
Biologik aktivlar “odilona baholash” kabi hisobning yangi tushunchasidir. MHXSga muvofiq biotransformatsiyalashuvni boshqarishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jalik faoliyati biologik aktivlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratishni yoki qo‘shimcha biologik aktivlarni etishtirishni nazarda tutadi.
Baholash tartibi.Odilona baholash aktivlarning turiga va ular qiymatining o‘zgarish darajasiga bog‘liq.
Odilona qiymat raqobatbardosh bozor baholariga (sotuvchi va oluvchilarning axborotlar to‘liqligiga tayangan holda dallolsiz kelishuvlarga) tayangan holda aniqlanadi. Agar aktivning bozor bahosini aniqlash imkoni bo‘lmasa, ulardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish muddatlarida keltiradigan daromadligiga qarab aniqlanadi. Agarda, aktivlarning kelgusida, daromad keltirishini aniqlash imkoni bo‘lmasa, qayta tiklash qiymati bo‘yicha baholanadi. Ayrim va juda kam kuzatiladigan hollarda, ya’ni yuqorida keltirilgan usullardan birontasi odilona qiymatni aniqlash imkonini bermasa, u holda dastlabki qiymat bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Moliyaviy holatni reyting baholash orqali turli tashkilot va korxonalarning o‘zaro bir-biriga nisbatan faollik darajasiga baho beriladi. Ushbu jarayonni, bir tizimga, tarmoqka kiruvchi korxonalarga nisbatan makro ko‘lamda o‘rganish masalasi sifatida qarash mumkin.
Ushbu masala ikkita jihat bilan xarakterlanadi. Birinchi jihat bir nechta korxonalarning faoliyatini kompleks baholashning tahlil etuvchi tomonidan tarkiblangan muxim ko‘rsatkichlar tizimiga tayangan holda taqqoslashni va ularni darajalar bo‘yicha ketma-ketligini belgilashni nazarda tutadi.
Ikkinchi jihati korxonalar o‘rtasida etalon sifatida olingan bir nechta natijaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash asosida o‘tkaziladigan jarayonlar nazarda tutiladi.
Birinchi jihatda reyting baholash yuzasidan ko‘rsatkichlar tizimi turlicha tanlanishi, ikkinchi jihatda esa rasmiy belgilangan ko‘rsatkichlar tizimiga tayaniladi.
Alohida moliyaviy hisobot tuzuvchi, tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini reyting baholash orqali tarkiblash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning kapitallashuv darajasi bo‘yicha raqobatdoshligini aniqlashning muhim vositasi hisoblanadi.
Reyting baholash maqsadini korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash orqali ularning raqobatchilar va boshqa subyektlarga nisbatan qiyosiy o‘rnini belgilab berish tashkil etadi.
Reyting baholashning quyidagi xususiyatlari tarkiblanadi.
- baholashda ishlatiladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar rasmiy chop etiladigan moliyaviy hisobotlarda aks etgan bo‘lishi lozim;
- reyting baholashning ko‘rsatkichlar tizimini tarkibiga: foydalilik ko‘rsatkichlari, boshqaruvning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ish aktivligi ko‘rsatkichlari, likvidlilik darajasi va baqarorlik ko‘rsatkichlari kiritiladi. Har bitta tarkibda uchtadan ettitagacha ko‘rsatkich qatnashadi;
- reyting baholashda barcha tarkib ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori darajaga ega bo‘lgan etalon korxona ko‘rsatkichi asos qilib olinadi;
- reyting baholash asosida chikariladigan xulosa moliyaviy holat tahlili xulosalaridan keskin farq etadi va bunda korxonani iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Reyting baholashda katnashuvchi koeffitsiyent quyidagi talabalarga javob berishi lozim
- maksimal darajadagi axborotlikka ega bo‘lishi;
- bir tomonlama xarakterga ega bo‘lishi (masalan koeffitsiyent o‘sishi moliyaviy holatni yaxshilanishini xarakterlashi lozim)
- barcha ko‘rsatkichlar miqdoriy minimal normalarga ega bo‘lishi lozim
- rasmiy, chop etiladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanishi lozim.