O‘zbekiston temir yo‘llari AJning jamlangan buxgalteriya balansi
Ko‘rsatkichlar
|
2017-2018 yy.
|
AKTIV
|
01.01.2017 y.
|
01.04.2017 y.
|
01.07.2017 y.
|
01.10.2017 y.
|
01.01.2018 y.
|
1. Uzoq muddatli aktivlar
|
10 219 731 945
|
11 151 959 813
|
11 195 178 476
|
11 778 032 823
|
12 593 199 960
|
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati
|
10 527 417 487
|
11 341 824 771
|
13 056 620 251
|
13 186 532 286
|
14 773 593 626
|
Asosiy vositalar eskirish qiymati
|
3 423 307 367
|
3 788 793 507
|
3 945 211 086
|
4 125 679 858
|
4 320 658 666
|
Asosiy vositalar qoldiq qiymati
|
7 104 110 120
|
7 553 031 264
|
9 111 409 165
|
9 060 852 428
|
10 452 934 960
|
Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati
|
417 151
|
335 519
|
526 894
|
435 179
|
345 379
|
Kapital qo‘yilmalar
|
2 834 711 892
|
3 308 810 890
|
1 783 170 063
|
2 396 325 565
|
1 572 602 311
|
Boshqa uzoq muddatli aktivlar
|
280 492 782
|
289 782 140
|
300 072 354
|
320 419 651
|
567 317 310
|
2. Joriy aktivlar
|
2 978 372 713
|
3 522 490 664
|
4 234 880 927
|
10 571 776 648
|
11 683 693 105
|
Ishlab chiqarish zaxiralari
|
819 530 511
|
761 929 334
|
807 974 274
|
805 958 807
|
1 047 437 972
|
Kelgusi davr xarajatlari
|
1 366 091 169
|
1 926 260 257
|
2 439 824 162
|
8 466 493 743
|
8 441 062 224
|
Pul mablag‘lari
|
171 917 383
|
167 990 329
|
198 395 625
|
199 248 750
|
468 669 767
|
Boshqa joriy aktivlar
|
117 495 315
|
114 011 429
|
118 290 042
|
112 380 694
|
160 480 738
|
Debitorlar, jami
|
503 338 335
|
552 299 315
|
670 396 824
|
987 694 654
|
1 566 042 404
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar
|
163 855 350
|
162 134 584
|
179 194 017
|
304 669 491
|
268 038 094
|
Byudjetga avans to‘lovlari
|
7 740 384
|
6 510 004
|
8 801 153
|
5 388 750
|
5 252 951
|
Aktiv bo‘yicha jami
|
13 198 104 658
|
14 674 450 477
|
15 430 059 403
|
22 349 809 471
|
24 276 893 065
|
PASSIV
|
01.01.2017 y.
|
01.04.2017 y.
|
01.07.2017 y.
|
01.10.2017 y.
|
01.01.2018 y.
|
1. O‘z mablag‘lari manbasi
|
7 745 794 466
|
8 567 616 791
|
8 644 944 914
|
8 963 743 430
|
10 124 233 076
|
Ustav kapitali
|
614 384 306
|
614 384 306
|
614 384 306
|
614 384 306
|
828 202 670
|
Rezerv kapitali
|
5 737 851 427
|
6 360 555 463
|
6 480 827 061
|
6 590 488 428
|
8 121 422 920
|
Taqsimlanmagan foyda
|
507 693 607
|
416 753 023
|
344 928 794
|
160 996 840
|
223 400 675
|
Boshqa manbalar
|
885 865 126
|
1 175 923 999
|
1 204 804 753
|
1 597 873 856
|
951 206 811
|
2. Majburiyatlar
|
5 452 310 192
|
6 106 833 686
|
6 785 114 489
|
13 386 066 041
|
14 152 659 989
|
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari
|
4 675 490 146
|
5 329 297 527
|
5 927 142 095
|
12 154 367 349
|
12 304 013 149
|
Boshqa majburiyatlar
|
14 744 216
|
12 729 877
|
10 091 394
|
9 142 953
|
8 878 479
|
Kreditorlik majburiyatlari, jami
|
762 075 830
|
764 806 282
|
847 881 000
|
1 222 555 739
|
1 839 768 361
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga majburiyatlar
|
219 818 890
|
177 094 949
|
250 590 908
|
306 494 641
|
514 650 184
|
Byudjetga majburiyatlar
|
20 798 130
|
35 632 293
|
40 718 997
|
40 080 238
|
62 317 043
|
Balans passivi bo‘yicha jami
|
13 198 104 658
|
14 674 450 477
|
15 430 059 403
|
22 349 809 471
|
24 276 893 065
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (2016-2017 yy.)
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2017 yil
|
2016 yil
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum
|
5 180 801 340
|
3 362 225 550
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
3 191 287 162
|
2 474 622 038
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
1 989 514 178
|
887 603 512
|
Davr xarajatlari
|
752 744 444
|
568 302 199
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
178 630 359
|
135 306 333
|
Asosiy faoliyatning foydasi
|
1 415 400 093
|
454 607 646
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
|
833 455 050
|
159 047 300
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari
|
506 789 162
|
269 112 080
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
1 088 734 205
|
564 672 426
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
0
|
0
|
Daromad (foyda) solig‘i
|
30 730 577
|
16 304 363
|
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
|
83 965 344
|
40 674 456
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
974 038 284
|
507 693 607
|
Nazorat uchun savollar
Iqtisodiy nochorlik, bankrotlik nima?
Iqtisodiy nochorlik instituti maqsadi?
Iqtisodiy nochorlikni yuzaga keltiruvchi sabablar, omillarni tushuntiring?
Iqtisodiy nochorlik kimlarga nisbatan qo‘llanilmaydi?
Iqtisodiy nochorlikni davlat tomonidan belgilanishi, tartibga solinishini sabablarini tushuntiring?
Korxonalarning moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlariga nimalar kiradi?
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi nimada?
Iqtisodiy nochorlikni tahlil qilish maqsadi va vazifalarini tushuntiring?
Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalariga nimalar kiradi?
Iqtisodiy nochorlik tahlilining axborot manbalariga nimalar kiradi?
Iqtisodiy nochorlikni aniqlashda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimiga qaysi ko‘rsatkichlar kiradi?
Iqtisodiy nochorlikni aniqlashning va baholashning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini tavsiyalab bering?
Iqtisodiy nochorlikni baholashning milliy va xalqaro tajribalarini tushuntiring, qiyosiy farqini aytib bering?
Iqtisodiy nochorlik xavf-xatarlarini aniqlashda moliyaviy holat tahlili?
Bankrotlikni aniqlashning turli modellari va ularning farqlanishini tushuntiring?
Bankrotlik taomillariga nimalar kiradi?
Kuzatuv nima?
Tashqi boshqaruv nima?
Sanatsiya nima?
Tugatishda moliyaviy holat tahlili qanday amalga oshiriladi?
Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirga nimalar kiradi?
Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish chora-tadbirlariga nimalar kiradi?
Bankrotlikni oldini olishda moliyaviy menejmentning o‘rni qanday?
13-BOB: Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash va tahlil qilish
13.1. Raqobatdosh iqtisodiyotda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini reyting baholashning zaruriyati, tahlil maqsadi, mazmuni va vazifalari.
13.2. Korxonalar faoliyati reytingining turlari, mohiyati va baholash usullari.
13.3. Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash usullari.
13.4. Korxonalar moliyaviy holatini va samaradorligini ifodalovchi kompleks ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingini aniqlash va ularning qiyosiy tahlili.
13.5. Reyting baholash amaliyoti.
13.6. Korxona iqtisodiy va moliyaviy salohiyati samaradorligi bo‘yicha reyting ko‘satkichlarining qiyosiy tahlili. Reyting baholash bo‘yicha korxonalarni ranjirlash.
13.7. Moliyaviy holatni reyting baholash bo‘yicha xalqaro tajribalar va ulardan mamlakatimiz tahlil amaliyotida foydalanish imkoniyatlari.
13.1. Raqobatdosh iqtisodiyotda xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini reyting baholashning zaruriyati, tahlil maqsadi, mazmuni va vazifalari
Reyting so‘zi amaliyotga ingliz tilidagi “rating” so‘zidan kirib kelgan bo‘lib, “baholash, baho qo‘yish” ma’nosini anglatadi. Umumiy mazmunda reytingni ikki xil mazmunda mashhurlik va liderlik ma’nosida ishlatish mumkin. Mashhurlik, liderlik faqat subyektlargagina emas, balki korxonalarga, hududlarga va davlatlarga ham xos tushunchalardir.
Masalan, har yili turli xalqaro tashkilotlar, fondlar, institutlar ekspertlar guruhi tomonidan 100 dan ortiq ko‘rsatkichlar bo‘yicha alohida subyektlar, korxonalar va davlatlarning reytingi e’lon qilinmoqda. Ular qatoriga BMT, Jahon banki, turli jamoat tashkilotlarini, mashhur reyting agentliklarini kiritish mumkin.
“Mudis” xalqaro reyting agentligi, “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi; “Standard & Poor's”, “Forbes” va h.k. reyting agentliklar eng mashhur reyting agentliklari hisoblanadi.
Jumladan, “Moody's” va “Standard & Poor's”larning har biri jahon bozori reytingini 40 % ini nazorat qiladilar.
Jumladan, makro ko‘lamda davlatlarning reytingini aniqlash yuzasidan har yili turli ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha baholashlar amalga oshirilmoqda va natijalari e’lon qilinmoqda.
- ijtimoiy rivojlanish darajalarini o‘zida aks ettiruvchi; (baxtli hayot indeksi, inson rivojlanish indeksi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi, aholining o‘sish darajasi, insonlarning baxtlilik darajasi, ijtimoiy rivojlanish darajasi, ta’lim darajasi, meditsina xizmatini ko‘rsatish darajasi, ekologik samaradorlik, yashash uchun eng qulay imkoniyatlar darajasini aks ettiruvchi);
- iqtisodiy rivojlanish darajalarini aks ettiruvchi (YaIM darajasi, aholi jon boshiga YaMM darajasi, biznes yuritishga qulay shart-sharoitlarning yaratilishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish darajasi, oziq-ovqat xavfsizligi darajasini aks ettiruvchi);
- siyosiy rivojlanish darajalarini aks ettiruvchi (tinchliksevarlik, qonun ustuvorligi, terrorizm xavfining yo‘qligi darajasini aks ettiruvchi);
- ilmiy texnikaviy rivojlanish darajasini aks ettiruvchi (ilmiy tadqiqot faolligi, patentlar olish, innovatsion rivojlanish darajalarini aks ettiruvchi);
- axborot kommunikatsion rivojlanish darajalarini aks ettiruvchi (elektron hukumatning rivojlanishi, internet tizimining joriy etilishi va uning tezligi, mobil aloqa tizimidan foydalanish darajalarini aks ettiruvchi);
O‘zbekiston dunyo davlatlari qatorida, biznes yuritishga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha, qonun ustuvorligi bo‘yicha, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha, patentlar olish darajasi bo‘yicha, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi.
Jumladan, Jahon banki hamda uning bo‘linmasi bo‘lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi “Biznesni yuritish” hisoboti (Doing Business-2016-2017) natijalariga ko‘ra O‘zbekiston, biznesni yuritishga qulay imkoniyatlarning yaratilishi bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori o‘sish darajalariga erishayotgan, TOP-10 talik davlatlar qatoriga kiritilgan. Bu bevosita korxonalarning, iqtisodning ham rivoj topayotganligidan dalolat beradi.
“Biznesni yuritish”ga qulay shart-sharoitlarning yaratilishi bo‘yicha, tadqiqot natijalarida 10 ta muhim ko‘rsatkich, indikator sifatida tanlab olingan. Ushbu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi: korxonaning ruyxatga olinishi; qurilishga ruxsatnoma berilishi; energiya ta’minotiga ulanish darajasi; mulkga huquqni ro‘yxatga olinishi; kredit olish; minoritar investorlar himoyasi; soliqqa tortish darajasi; xalqaro savdo; shartnoma majburiyatlarini bajarilishi; to‘lovga noqobillikka ruxsat berilishi darajasi.
Bugungi kunda reyting amaliyotidan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholashda, banklar reytingini chiqarishda, aktsionerlik jamiyatlarida, auditorlik tashkilotlari, sug‘urta agentliklari reytingini aniqlashda keng foydalanib kelinmoqda.
Reyting baholash korxonalar o‘rtasida turli belgilar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Masalan, aktivlar hajmi bo‘yicha, tushum, foyda hajmi bo‘yicha, eksport hajmi va ishlovchilar soni bo‘yicha va h.k. Lekin korxonalar iqtisodiy va moliyaviy salohiyatida ushbu ko‘rsatkichlarning barchasi qamrab olinganligi sababli ularning moliyaviy holatini reyting baholash amaliyotidan keng foydalaniladi.
Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashning juda ko‘p metodik ishlanmalari tuzib chiqilgan. Albatta bu tabiiy xol. Negaki, barcha soha va bo‘g‘inlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudki, ular uchun yagona normani belgilash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Korxonalar moliyaviy holatini baholashda qiymat, miqdor va boshqa birliklarni ajratish qiyin bo‘lganligi sababli ularni yagona bitta jihatga keltiruvchi nisbiy ifodalar asosida tasniflash mumkin bo‘lgan koeffitsiyentlar usulidan keng foydalanish mumkin.
Moliyaviy koeffitsiyentlar asosida moliyaviy holatning reyting bahosini aniqlash va uning natijalarini qiyosiy o‘rganish asosida nimaga erishish mumkin?
Bu jarayon birinchi navbatda hech bir tahlil turi beraolmaydigan natijani bilishga va undan korxonaning taktik va strategik boshqarishda foydalanish uchun zarur. Shu bilan birgalikda uning natijalari faqat ichki boshqaruv xodimlari uchungina emas balki ko‘proq tashqi qiziquvchilarning keng doirasi uchun ham ahamiyatlidir.
Reyting baholash korxonalarning reyting baholash mezonlari bo‘yicha bir-biriga nisbatan ustunligini belgilab beruvchi va o‘sib boruvchi yoki kamayib ketuvchi tarkibda ularning joylashgan o‘rnini ko‘rsatib beruvchi tartiblashdir. Bu baholash bir tizimga kiruvchi korxonalarning bo‘limlari o‘rtasida, alohida olingan korxonalar o‘rtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Bu borada albatta reyting bahosini aniqlashning etalon birliklari tanlab olinishi lozim.
Moliyaviy holatni reyting baholashda eng muhim manba uning axborot ta’minoti masalasidir. Bunday axborot manbalari sifatida moliyaviy hisobotlar, statistik hisobotlar, soliq va bojxona hisobotlari va boshqa hisobot ma’lumotlari olinishi mumkin.
Reyting baholashlar mutlaq ko‘rsatkichlar orqali ham nisbiy ko‘rsatkichlarini jamlash orqali ham aniqlanishi mumkin.
Mutlaq ko‘rsatkichlar sifatida ko‘pincha mahsulot (ish va xizmat)lar hajmi, sotish hajmi, sof foyda, aktivlar hajmi, xarajatlar sarfi ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu ko‘rsatkichlarni jamlash, ranjirlash, ketma-ketlikda tuzib chiqish korxonalarning reyting bahosini chiqarishning umumbelgilangan tartib taomillari asosida amalga oshiriladi.
Bu holatlar turli faoliyat sohasiga tegishli bo‘lgan korxonalarni, ishlar mazmuni turlicha bo‘lgan korxonalarni taqqoslash imkonini bermaydi. Shu sababli ham ko‘pincha nisbiy ifodalar asosida aniqlanadigan, moliyaviy manbalari bir xil qoidalarda tuziladigan moliyaviy holatning koeffitsiyentlardagi ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda reyting bahosini chiqarish tartiblaridan foydalaniladi.
Bunday ko‘rsatkichlar qatoriga korxonaning to‘lov layoqati, ish aktivligi, bozor aktivligi, mablag‘lar aylanuvchanligi, kapital tarkibini ifoda etuvchi moliyaviy koeffitsiyentlari kiritiladi.
Bitta ko‘rsatkich yoki belgi bo‘yicha korxonalarning ranjirlash va ularning liderlik va mashhurlik o‘rnini belgilash qiyin jarayon. Negaki, bitta ko‘rsatkichning ta’sir birliklari ikkinchi ko‘rsatkichning ta’sir birliklari hisoblanmaydi. Ya’ni bitta ko‘rsatkich bo‘yicha yaxshi natija ikkinchi ko‘rsatkich bo‘yicha yomon natijani umumiy baholashda hisobga olinmasligiga olib keladi. Shu bilan birgalikda bir necha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ranjirlash qator qiyinchiliklar tug‘diradi.
Bu ta’sir birliklarini barchasini hisobga olish yuzasidan odatda matematik usullardan foydalaniladi. Ular qatorida eng mashhurlari va ommaviylashganlari taksometrik modellash, summalarni jamlash usuli, etalon usuli, kenglikni belgilash, omadli raqobatchini belgilash va boshqa usullar hisoblanadi.
Moliyaviy holatni reyting baholash maqsadi korxonalar moliyaviy holatini kompleks ko‘rsatkichlari tizimida mutlaq va nisbiy ifodalarda, oshkor etiladigan ma’lumotlar bazasiga tayangan holda davriy o‘rganish hamda ranjirlash orqali tarmoq, soha va xudud bo‘yicha o‘rnini belgilashdan iborat.
Moliyaviy holat bo‘yicha reytingni aniqlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Ranjirlash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar tizimini tanlash. Moliyaviy hisobot shakllari asosida aniqlanadigan va korxonaning turli faoliyat natijaviyliklarni aks ettiruvchi bunday ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mulkiy holatni baholash imkonini beruvchi koeffitsiyentlar; likvidlik ko‘rsatkichlari, ish aktivligi, rentabellik ko‘rsatkichlari, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari.
2. Reyting baholash yuzasidan iqtisodiy birliklarni tanlab olish. Agar korxonalarning soha va tarmoq bo‘yicha reytingi aniqlash tahlil maqsadi qilib belgilangan bo‘lsa, bitta tarmoqqa va soha tegishli bo‘lgan turdosh korxonalargina tanlab olinadi.
Agar hudud va davlat bo‘yicha korxonalar reytingini aniqlash talab etiladigan bo‘lsa, bunda bir-biriga to‘la mos tushuvchi metodik yondashuvlardan foydalaniladi va bu jarayon bir qadar qiyin jarayon hisoblanadi. Bunda ko‘pincha ularni ish hajmi bo‘yicha joylashuviga muhim ahamiyat qaratiladi.Tanlov doirasi qanchalik kengayib borsa, ranjirlash va reytingni aniqlash qiyinlasha boradi.
3. Koeffitsientlarni tanlash. Koeffitsientlar barcha korxonalarda bir xil metodik asosda hisob-kitob qilinadi va ularning taqqoslash shartlariga to‘la amal etish lozim. Shuningdek ko‘rsatkichlarning faoliyat va tarmoq turlari bo‘yicha muhimlik darajasiga ham alohida ahamiyat qaratish va ularning muhimlik darajasiga ahamiyat qaratish zarur.
Masalan, savdo korxonasida ish aktivligini baholashda tovar oborot ko‘rsatkichi, xizmat ko‘rsatuvchi bo‘g‘in uchun rentabellik ko‘rsatkichi muhimligi kabi.
4. Tanlangan usullar asosida reyting baholashni amalga oshirish.
Moliyaviy holatni reyting baholash oldiga qo‘yiladigan vazifalar quyidagilardan iborat:
Analitik balans ma’lumotlari asosida korxonaning umumiy moliyaviy holatini baholash;
Qarz mablag‘laridan foydalanish samaradorligini moliyaviy leviridj asosida baholash;
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq ko‘rsatkichlarda tahlil etish;
Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash va tahlil etish;
Moliyaviy natijalarni tahlil qilish;
Xulosa va takliflar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |