Pul oqimi
|
Tarkib qatorlari
|
1
|
Shakllanish doirasi bo‘yicha
|
Korxona bo‘yicha umumiy pul oqimi
|
Tarkibiy bo‘limlar, filiallar bo‘yicha pul oqimi
|
Xo‘jalik faoliyati turlari bo‘yicha pul oqimi
|
Alohida xo‘jalik jaryonlari bo‘yicha pul oqimi
|
2
|
Faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha
|
Operatsion faoliyatdan
|
Investitsion faoliyatdan
|
Moliyaviy faoliyatdan
|
3
|
Natijaviyligi bo‘yicha
|
Ijobiy pul oqimi
|
Salbiy pul oqimi
|
4
|
Hajmni hisoblash usuli bo‘yicha
|
Yalpi pul oqimi
|
Sof pul oqimi
|
5
|
Sof qiymati bo‘yicha
|
Ortiqchalik
|
Yetishmovchilik
|
6
|
Davriyligi bo‘yicha
|
Joriy pul oqimi
|
Kelgusi pul oqimi
|
Korxonalarning pul oqimlarini moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida jamlangan qatorlari bo‘yicha tahlil qilish ularning umumiy o‘zgarishlariga gorizontal va vertikal usullarda baho berishdan boshlanadi.
Sof pul oqimining gorizontal va vertikal tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yilning shu davrida
|
Hisobot davrida
|
O‘zgarishi
|
O‘sish darajasi, %
|
O‘sish darajasi, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
1.
|
Asosiy faoliyatdan sof pul oqimi
|
195,0
|
487,5
|
192,0
|
274,3
|
-3,0
|
-10,0
|
98,5
|
-1,5
|
2.
|
Investitsion faoliyatdan sof pul oqimi
|
-115,0
|
-287,5
|
-212,0
|
-302,9
|
-97,0
|
-323,3
|
184,3
|
84,3
|
3.
|
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimi
|
-40,0
|
-100,0
|
90,0
|
128,6
|
130,0
|
433,3
|
-225,0
|
-325,0
|
4.
|
Natijaviy sof pul oqimi
|
40,0
|
100,0
|
70,0
|
100,0
|
30,0
|
100,0
|
175,0
|
75,0
|
Tahlil etishda pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining jamlangan qatorlari har bitta faoliyat turidan pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarini baholash bilan pul oqimining ichki o‘zgarishlari va ularning tendensiyalariga baho beriladi.
Asosiy faoliyatdan pul oqimini tarkibiy tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yilning shu davrida
|
Hisobot davrida
|
O‘zgarishi
|
O‘sish darajasi, %
|
O‘sish darajasi, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i, %
|
1.
|
Asosiy faoliyatdan pul mablag‘lari kirimi:
|
4 426,0
|
100,0
|
5 466,0
|
100,0
|
1 040,0
|
100,0
|
123,5
|
23,5
|
1.1.
|
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan pul mablag‘lari
|
4 342,0
|
98,1
|
5 361,0
|
98,1
|
1 019,0
|
98,0
|
123,5
|
23,5
|
1.2.
|
Boshqa kirimlar
|
84,0
|
1,9
|
105,0
|
1,9
|
21,0
|
2,0
|
125,0
|
25,0
|
2.
|
Asosiy faoliyatdan pul mablag‘lari chiqimi:
|
4 231,0
|
100,0
|
5 274,0
|
100,0
|
1 043,0
|
100,0
|
124,7
|
24,7
|
2.1.
|
Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari chiqimi
|
3 095,0
|
73,2
|
3 796,0
|
72,0
|
701,0
|
67,2
|
122,6
|
22,6
|
2.2.
|
Xodimlar va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari
|
580,0
|
13,7
|
792,0
|
15,0
|
212,0
|
20,3
|
136,6
|
36,6
|
2.3.
|
Dividendlar va foizlar to‘lovi
|
222,0
|
5,2
|
198,0
|
3,8
|
-24,0
|
-2,3
|
89,2
|
-10,8
|
2.4.
|
Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha chiqim
|
210,0
|
5,0
|
284,0
|
5,4
|
74,0
|
7,1
|
135,2
|
35,2
|
2.5.
|
Boshqa xarajatlar
|
124,0
|
2,9
|
204,0
|
3,9
|
80,0
|
7,7
|
164,5
|
|
10.4. Pul oqimlarini bashoratlash
Bashoratlash - (grekcha prgognoses – oldindan ko‘rish) moliyaviy menejmentda uzoq istiqbolga moliyaviy holatni bir butun holda va turli qismlarini o‘zgartirishni ishlab chiqish tushuniladi. Bashoratlash – bu obyektni yoki hodisani kelajakdagi me’yoriy yoki maqbul holatlari, ularga erishish va ularni ro‘yobga chiqarishning alternativ yo‘llari to‘g‘risidagi ehtimolga yaqin tasavvurni ishlab chiqishdir. Bashoratlash – boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri bo‘lib, iqtisodiy tizimning kelgusidagi holatini aniqlab beruvchi rejalar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘llari, usullari va vositalari yig‘indisidir.
Naqd pul oqimining bashorati biznes rejaning muhim jihatlaridan biridir. Bu orqali naqd pul oqimini nazorat qilish, yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olish yoki mavjud imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Naqd pul oqimi bashorati qachon daromad olishni va qachon xarajatlarni qoplash zarurligini ko‘rsatadi.
Naqd pul oqimi bashoratlari o‘z ichiga quyidagilarni olishi shart: sotuvlardan tushgan barcha tushumlar va xaridorlardan olingan naqd pullarni; barcha xomashyo, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqalar uchun to‘lovlarni; boshqa xarajatlar uchun to‘lovlarni; oylik maosh, mukofot va boshqalar bo‘yicha chiqimlarni; uskuna va texnologiyalar xarid qilishni; kredit, grant yoki korxonaga jalb qilinayotgan boshqa resurslarni; kredit bo‘yicha to‘lovlarni; soliqlar va majburiy to‘lovlarni, ular bo‘yicha qarzlarni.
Bashoratlashda o‘ta aniqlikni ta’minlash qiyin jarayon. Lekin bu aniqlikni risklarni to‘g‘ri baholash orqali oshirish imkoni albatta mavjud.
Pul oqimini bashoratlash aniq olingan muddatlarga (kelgusi oylar, choraklar, yillar kesimida amalga oshiriladi. Uning metodik jihatlarini quyida berib o‘tishimiz mumkin:
1. Davr oralig‘ida pul kirimini bashoratlash. Pul kirimini asosiy manbasi bu mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan tushadi. Bu borada tayyor mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan pul kirimini o‘rtacha ko‘rsatkichi (koeffitsiyenti, davri) aniqlanadi. Ushbu birlik orqali yaqin oylarda va yil davomida kelishi kutilayotgan pul mablag‘lari kirimini aniqlash mumkin. Shuningdek, balans usuli asosida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof pul kirimini aniqlash yuzasidan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining davr boshi va oxiriga qoldiqlari farqi sotish hajmiga qayta hisob-kitob qilish orqali naqd pul mablag‘lari kirimi ham aniqlanadi.
Bashoratlashda aniqroq hisob-kitoblarni amalga oshirishda debitorlik majburiyatlarining oldingi chorakliklar bo‘yicha o‘zgarishlarini ham asos sifatida olish mumkin.
Boshqa faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari kirimi oldingi oylar va choraklar natijasiga qarab belgilanadi va asosiy faoliyatdan pul mablag‘lari kirimiga qo‘shiladi.
2. Davr oralig‘ida pul mablag‘lari chiqimini bashoratlash. Birinchi navbatda naqd pul chiqimi belgilanadi. Uning muhim tarkibiy birligi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan kreditorlik majburiyatlarini qoplash hisoblanadi.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga bo‘lgan kreditorlik majburiyatlarining to‘lov muddatlarini kechiktirilishi korxona uchun boshqa moliyalashtirish manbasi ham bo‘lishi mumkin. Shu sababli‚ ko‘pincha xo‘jalik subyektlari ushbu majburiyatlarni imkon qadar kechiktirishga harakat qiladilar.
Kreditorlik majburiyatlarining salmoq ulushi ish haqi bo‘yicha majburiyatlarga, soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar qatoriga ham to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |