5 -mavzu: Gg-Kk, Zz-Ss , Jj-Ch ch harflari imlosi
Gg-Gg harfi. Lotin alifbosidagi katta “G” va kichik “g” harflarining yozma shakli kichik
“g” ga o‘xshash va keyingi harfga o‘rta qismidan tutashtiriladi: G G g g
garov, giperinflyatsiya, grant, ega, katalog kabi so‘zlarda til orqa jarangli portlovchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Kk-Kk harfi. “K” harfi kirill alifbosi hamda lotin alifbosida bir xil shaklda. Katta va
kichik “K”, “k” harflari lotin alifbosida pastki tugallanish qismidan keyingi harfga qo‘shib
yoziladi: K K k k
kompaniya, korxona, kamomad, kredit, kafolat, rekvizit, sindikat, faktura, bank kabi
so‘zlarda til orqa jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |