O‘o‘-O‘o‘ harfi. Bu harf “o” harfi ko‘rinishiga ega bo‘lib uning yuqori o‘ng tomoniga
o‘tish belgisi teskari holatdagi vergul (‘) shaklida qo‘yiladi. Bu harf katta “O‘” va kichik “o‘”
harflari singari tutashtiriladi: O‘ O‘ o‘ o‘
o‘zbek, o‘ta muhim, o‘lcham, o‘n, o‘ttiz, o‘simlik, to‘qson, do‘ppi, noo‘rin, gulko‘rpa,
ko‘paytuvchi kabi so‘zlarda orqa qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
Ee-Ee harfi. Bu harfning kattasi ham, kichigi ham pastki tutash qismidan tutashtiriladi: E
E e e
eksport, ehtiyoj, evrovaluta, ekvivalent, depozit, kredit, teatr, kategoriya, resurs,
investisiya, e’lon, atelye, ne’mat, she’r kabi so‘zlarda old qator o‘rta-keng unlini ifodalash uchun
yoziladi.
Yonma-yon keladigan unlilar imlosi:
1) unlilar orasiga ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi:
a)
ia: milliard, tabiat.
b)
io: inflyasiya, million.
c)
ai: maishat.
d)
ea: laureat.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |