Bank mahsuloti - bu konkpet bank xujjati (yoki guvoxnomasi) bo‘lib, bank tomonidan mijozga xizmat ko‘psatish va opepatsiyani o‘tkazish uchun tuziladi. Bu veksel, chek, bank foizi, depozit, istagan septifikat (investision) va x.k. bo‘lishi mumkin.
Mahsulot baxosini belgilashda yana bir muxim ko‘rsatkich — bu mahsulotning hayot davri muxim o‘rin tutadi. Mahsulot va xizmatlar inson kabi o‘z hayot davriga ega. Mahsulotning hayot sikli to‘rt bosqichdan iborat.
Mijozning hayotiylik davrini toifalashning quyidagilardan iborat:
1. «Potensial mijoz – kishi ushbu do‘konga tashrif buyurishga ehtiyoj sezmaydi ѐki raqobatchining do‘koniga tashrif buyuradi. sodiqlik haqida gapirishga hali erta.
2. Yangi ѐki tasodifiy mijoz –do‘konga o‘zi shundoq, bir ko‘rish uchun kiradi ѐki qaysidir sabablarga ko‘ra odat bo‘lib qolgan do‘koniga yetib bora olmagan bo‘ladi.
3. Mijoz – ushbu do‘kondan mahsulotlarni tez-tez xarid qilib turadi, biroq boshqa do‘konlarni ham faol ravishda ko‘rib chiqadi. Bu soxta sodiqlikning ѐki xarid jaraѐni va tovardan qoniqqanlikning namoѐn bo‘lishi bo‘lib chiqishi mumkin.
4.Doimiy mijoz – ushbu mahsulotlarni ko‘proq do‘kondan xaridqiladi, chunki tovardan va xarid jaraѐnidan qoniqqan bo‘ladi.
5. Muxlis, «tarafdor – ya’ni, eng sodiq mijoz».
Ta’kidlash joizki, mijozning yuqorida aytib o‘tilgan haѐtiylik davri bosqichlarini uning bankdan ketib qolishi va kelgusida qaytib kelishiehtimoli bilan bog‘liqbosqichlar bilan to‘ldirish o‘z iste’molchilari bilan maksimal darajada samarali o‘zaro maqsadli aloqalar o‘rnatuvchi bankning operasion imkoniyatlari doirasini ancha kengaytiradi.
Maxsulot baxosi tushishi bosqichda bozor ushbu mahsulotga to‘yinib, sotish xajmining pasayishi boshlanadi. Bu bosqichning boshlanishida xam korxona ma’lum foyda olishi mumkin va odatda ushbu foyda yangi maxsulot turlarini ishlab chikashga sarflanadi. Mahsulot savdo xajmining bozorda tushish bosqichi ushbu mahsulotning xayot sikli nixoyasiga yetganini va korxona menejerlarini investisiyalarni amalga oshirishning boshqa imkoniyatlarini kidirish zarurligini anglatadi. Xozirgi raqobatli iktisodiyot sharoitida maxsulotlarning xayot davri tobora qisqarmokda, lekin shunga karamay, xayot davri va xar bir bosqichning davomiyligi mahsulotlar turiga bog‘liq bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatida ularning xizmatlarini o‘rganish masalasi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Har qanday bank hozirgi moliyaviy bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan iqtisodiy barqarorlik bo‘lganda ham ma’lum jiddiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Lekin inflyatsiya darajasi yuqori va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu tashqi omillar tijorat banklari moliyaviy tarkibiga ta’sir qilib, xizmatlarini sifatli tashkil etishni birinchi darajaga qo‘ymoqda.
Odatda, tijorat banklarini ko‘rsatadigan xizmatlarining turlari bo‘yicha quyidagilar kiradi:
- iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, jismoniy shaxslarni kreditlash;
- iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish;
- davlat qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshiriladigan xizmatlar;
- korxona va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari bilan oshiriladigan xizmatlar;
- milliy va xalqaro valyuta bozorlaridagi xizmatlar, mijozlarga hisob-kitob va kassa xizmati ko‘rsatish;
- tijorat banklarining trast xizmatlari;
- banklarning konsalting xizmatlari;
- lizing, faktoring, forfeyting xizmatlari.
Tijorat banklarining asosiy funksiyalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarini kreditga bo‘lgan talabini qondirish va shu orqali yuqori daromad olishdan iborat. Banklarning an’anaviy mahsulotlaridan biri, kredit xizmatlari tijorat banklari aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi.
Bank xizmatlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin:
Jumladan:
a) mijozlar ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishi jihatidan:
- to‘g‘ri xizmatlar (direct dervices), bevosita mijozlarning jhtiyojlarini qondiradi masalan, to‘lovlarni o‘tkazish, hisobvaraq ochish, investision xizmatlar;
- bilvosita xizmatlari (related services), mijozlarga taqdim etilishi bilan ularga qulaylik tug‘diradigan va foydali bank xizmatlari bo‘lib, ularga (kliringovie xizmatlari, xom banking, konsultasion xizmatlar, plastik kartochkalar),
Nazariy jihatdan murakkablik darajasi bo‘yicha bank xizmatlari va mahsulotlarini quyidagi darajalarga bo‘lish mumkin:
1- darajali mahsulotlar va xizmatlar – ko‘pchilik iste’mol qiluvchi va foydalanuvchi bank xizmatlari ( kreditlash, depozitlar jalb qilish, kliring xizmatlari va boshqalar),
2- darajali mahsulotlar va xizmatlar – maxsus tayorgarlikka ega bank xodimlarini talab qiluvchi xizmatlar (aktivlarni boshqarish, investision xizmatlar);
3- darajali mahsulotlar va xizmatlar, professional bilimlar va tajribani talab qiluvchi xizmatlar bo‘lib, ularga korporativ moliya, turli aktivlarni boshqarish.
4 - darajali mahsulotlar va xizmatlar, moliyani rejalashtirish, moliya injeneriyasi sohasidagi maxsus bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar hisoblanadi.
Bank xizmatlari bozori – mijozlar talabini qondirishga qaratilgan bank xizmatiga bo‘lgan talab va taklifning shakllanish sohasi.
Har qanday holatda mijoz nafaqat bank xizmatlaridan foydalanuvchi, balki unga xaq to‘lovchi shaxsdir.
Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlarini tashkil etish tamoyillari:
1. O‘zaromanfaatdorlik tamoyili: bitim ishtirokchilarining real imkoniyatlari asosida imtiyozlar va yengilliklar berish.
2. To‘lov tamoyili: bank ham, mijoz ham ushbu tamoyilga to‘liq amal qilishlari lozim. Chunki, har biri o‘zining xizmatiga haq olishga harakat qiladi. Masalan, bank kredit berishi yoki maslahat berishi, shuningdek, depozitga mijozning pul qo‘yishi, bularning har biri ma’lum haq evaziga amalga oshiriladi.
3. Oqilona faoliyat tamoyili: bank xizmatlaridan foydalangan mijoz ssuda foizini to‘laganda zarar ko‘rmasdan, balki o‘z kapitali aylanmasini uzuluksizligi va tezlashishini ta’minlashi kerak.
4. Likvidlilikni ta’minlash tamoyili: o‘zaro munosabatga kirishgan bank to‘lov vositalari orqali mijozining likvidliligini ta’minlashi shart.
5. O‘zaro majburiyatlarni olish tamoyili: qarama – qarshi tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda kelishilgan shartlarni bajarish.
6. Ishonchli munosabatga kirishish tamoyili: kelishilgan shartlarni bajarishda xar ikkala tomon bir-birdan ko‘ngli to‘q bo‘lishi shart.
7. Mas’uliyatlilik tamoyili: kelishilgan shartlarni bajarish mas’uliyatini olish.
8. Aralashmaslik tamoyili: bank va mijoz bir-birining har kunlik ish faoliyatiga aralashmasligi kerak.
9. Hamkorlik munosabatlari tamoyili: Mijoz, hududiy joylashuvidan qat’iy nazar, hohlagan bankini tanlaydi; shuningdek, har qanday bank o‘zi hohlagan mijozga xizmat ko‘rsatadi.
10. Differensiiyalanganlik tamoyili: mijozlar talabiga ko‘ra munosabatlarni individuallashtirishga, har bir mijozning spesifik xususiyatlaridan kelib chiqishga harakat qilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |